Uglerod elementining birikmalari.
1. Uglerodning kislorodli birikmalari. Uglerod kislorod bilan uchta oksid xosil qiladi: a) uglerod (II) oksid CO, b) uglerod (IV) oksid CO2 va v) uglerod suboksid C3O2.
Uglerod (II) oksid CO. Rangsiz huda zaxarli gaz (uning qaynash temperaturasi -190oC ga, qotish temperaturasi -205oC ga teng. Uning havoga nisbatan zichligi 0.97kritik temperaturasi -140.2oC, kritik bosimi 3.5*103 KPa ga teng). U uglerodning yetishmaydigan sharoitda yonishi natijasida hosil bo’ladi:C+CO2 2CO
CO muxim qaytaruvchi sifatida reaksiyalatga kirishadi, masalan, CO xona temperaturasida ba’zi asl metallarni ularning birikmalaridan qaytara oladi, masalan:
CO + NiO Ni + CO4
PdCl2 + CO + H2O Pd + 2HCl + CO2
U kislorod, xlor va oltingugurt bilan quyidagi tenglamalarga muvofiq birikadi:
2CO + O2 2CO2 + 564.84 kj
CO + Cl2 COCl2 (Fosgen, juda zaxarli modda)
CO + S COS (Uglerodning tiooksidi)
Vodorod bilan ZnO (katalizaror) ishtirokida, 300oC va 250*105 Pa bosimda CO birikib metanol xosil qiladi:
CO + 2H2 ZnO 300 C CH3OH
Bu reaksiya CH3OH olishda endilikda ustuvor reaksiya hisoblanadi. Nikek (katalizator) ishtirokida esa shu moddalardan CH4 va CO2 xosil bo’ladi:
2CO + 2H2 Ni, 300 C CH4 + CO2
CO bilan NaOH orasida: CO + NaOH = HCOONa
Do'stlaringiz bilan baham: |