O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti
Download 41.15 Kb.
|
Maxamatova N Usmanova2
- Bu sahifa navigatsiya:
- R = P (U – S)*100 / ( F o + F ob );
R1 = R / Fa , R2 = R / Fz ;
bu yerda, R – foyda; R1 , R2 – foyda meyori (1- va 2-variantlar); Fa, Fz – avanslashgan fondlar va tannarx fondlari. Aylanishlar soni p = Fz /Fa bо‘lganligi uchun R2 = R1 x p. Korxona rentabelligi meyorini quyidagicha hisoblash mumkin: R = P (U – S)*100 / (Fo + Fob); Bu yerda, R – foyda; P – mahsulot hajmi; U – mahsulot birligining narxi; S – mahsulotning tannarxi; Fo – acosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati; Fob – aylanma mablag‘larning hajmi. Korxonalar ish amaliyotida rentabellikning bir qator kо‘rsatkichlari qо‘llaniladi. Mahsulotning rentabelligini sotilgan barcha mahsulotlar bо‘yicha va uning alohida turlari bо‘yicha aniqlash mumkin. Birinchi holda u mahsulotni sotishdan olingan foydaning uni ishlab chiqarish va sotish xarajatlariga nisbati sifatida aniqlanadi. Sotilgan mahsulotlarning rentabelligi tovar mahsulotini sotishdan olingan foydaning mahsulotni sotishdan tushgan tushumga nisbati sifatida; balans foydasining mahsulotni sotishdan olingan foydaga nisbati bо‘yicha; sof foydaning sotilgan mahsulotdan tushgan tushumga nisbati bо‘yicha hisoblanadi. Ishlab chiqarish fondlarining rentabelliligi balans foydasi-ning asosiy ishlab chiqarish fondlari va moddiy aylanma mablag‘-larning о‘rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida hisoblanadi. Bu kо‘rsatkichni sof foyda bо‘yicha ham hisoblash mumkin. Korxona qо‘yilmalarining rentabelliligi uning ixtiyorida bо‘lgan mulkning qiymati bо‘yicha aniqlanadi. Hisoblashda balans va sof foyda kо‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Mulkning qiymati buxgalteriya balansi bо‘yicha aniqlanadi. Bu kо‘rsatkich korxona mulkining bir sо‘m qо‘yilmalariga sotish darajasini ifodalaydi. Korxona shaxsiy mablag‘larining rentabelligi sof foydaning balans bо‘yicha belgilangan, uning shaxsiy mablag‘lariga nisbati bilan aniqlanadi. Uzoq muddatli moliyaviy qо‘yilmalarning rentabelligi qimmat-baho qog‘ozlar va boshqa korxonalarda ulushli ishtirok etishdan daromadlar miqdorining uzoq muddatli moliyaviy kiritmalarning umumiy xajmiga nisbati sifatida hisoblanadi. Quyidagi 10-jad-valda rentabellikning tahlili haqidagi ma’lumotlar kо‘rsatilgan. 4-jadval Sotilgan mahsulotlar rentabelligining tahlili
Jadval ma’lumotlari kо‘rsatishicha, hisobot yilida sotilgan mahsulotlarning rentabelliligi о‘tgan yilga nisbatan 0,4% ga pasaygan. Bu sotishdan sof foyda miqdorini 3645 ming sо‘mga kо‘paygani natijasida sodir bо‘lgan. Download 41.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling