Fondning qaytarilishi va fondning sarflanishi. Bu kо‘rsatkichlar bilan korxona asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish samaradorligi aniqlanadi. Fondning qaytarilishi asosiy fondlarning bir sо‘miga tо‘g‘ri keluvchi ishlab chiqarilgan mahsulot mikdori (summasi)ni kо‘rsatadi.
Fondning qaytarilishi
|
=
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Q)
|
Asosiy fondlarning qiymati (F)
|
Fondning sarflanishi – bu fond qaytarilishining teskari miqdori bо‘lib, mahsulot birligiga asosiy fondlarning qanday summasi tо‘g‘ri kelishini kо‘rsatadi:
Fondning sarflanishi
|
=
|
Asosiy fondlarning qiymati (F)
|
Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori (Q)
|
Fondning qaytarilishining oshishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini kо‘paytirishga, ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini pasaytirishga va asosiy fondlarga ehtiyojni nisbatan qisqar-tirishga imkon beradi.
Fondning qaytarilishi va fondning sarflanishi mikdoriga har xil omillar ta’sir qiladi. Fondning umumiy qaytarilishi asosiy ishlab chiqarish fondlari о‘rtacha yillik qiymatidagi mashinalar va uskunalar о‘rtacha yillik qiymatining bir sо‘miga tо‘g‘ri keladigan mahsulot chiqarishiga bog‘liqdir. Mashinalar, uskunalar qiymatining bir sо‘miga tо‘g‘ri keladigan mahsulot ishlab chiqarish mehnatdan foydalanishning samaradorligini ifodalaydi. Ushbu kо‘rsatkichlarning tahlili 11-jadvalda berilgan.
Jadval ma’lumotlari kо‘rsatishicha, hisobot yilida asosiy fondlardan foydalanishning samaradorligi, ya’ni fondning qaytarilishi о‘tgan yilga nisbatan 0,2 sо‘mga kо‘paygan, bu korxona ishiga ijobiy ta’sir qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |