TCP/IP ning tashkil etuvchilari. TCP/IP tarkibiga kiruvchi turli
servis va ularning bajaradigan vazifalariga qarab har xil sinflarga
bo‗linadi. Quyida qaydnoma guruhlari va ularning bajaradigan vazifalari
keltiriladi.
TCP (Transmission Control Protocol). Qabul qiluvchi va uzatuvchi
kompyuterlarning
mantiqiy
bog‗lanishiga
asoslangan
ma‘lumotlar
uzatilishini qo‗llab-quvvatlovchi qaydnoma.
UDP (User
Datagram
Protocol).
Mantiqiy
bog‗lanishlar
o‗rnatilmasdan, ma‘lumotlar uzatilishini qo‗llab-quvvatlaydi. Bu
yuboruvchi va qabul qiluvchi kompyuterlar o‗rtasida oldindan bog‗lanish
o‗rnatilmasdan ma‘lumotlarni yuborishni anglatadi. O‗xshashlik keltirish
uchun, qandaydir manzili noma‘lum pochta yuborishni ko‗rish mumkin,
xabarning yetib borish kafolati yo‗q bo‗lganda, agar shunday manzil
mavjud bo‗lsa, qaydnoma yo‗llari ma‘lumotlar manziliga ishlov beradi va
manzilgacha eng yaxshi yo‗lni aniqlaydi. Ular yirik ma‘lumotlarni
bo‗laklarga bo‗lib uzatib, so‗ngra manzilda ularni yana qayta birlashtiradi.
IP (Internet Protocol). Ma‘lumotlar uzatishni ta‘minlaydi.
RIP (Routing Information Protocol). Manzilga xabarlarni yetkazuvchi
eng yaxshi yo‗llarni tanlovchi qaydnomalardan biri.
OSPF (Open Shortes Path First). Yo‗llarni aniqlovchi muqobil
qaydnoma.
ARP (Address Resolution Protocol). Tarmoqdagi kompyuterning sonli
manzilini aniqlaydi.
DNS (Domain Name System). Tarmoqdagi kompyuterlarni nomlari
bo‗yicha sonli manzilini aniqlaydi.
RARP (Reverse
Address
Resolution
Protocol).
Tarmoqdagi
kompyuterning manzilini aniqlaydi, biroq ARPga teskari holatda.
Amaliy servislar - bu shunday dasturlarki, ulardan foydalanuvchi yoki
kompyuter har xil xizmatlar uchun ruxsat oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |