51
TelNet (Telephone Network – telefon tarmog‗i). Tizimga uzoqdagi
terminal ruxsatini ta‘minlaydi, ya‘ni, bitta
kompyuterdan foydalanuvchi
boshqa uzoqdagi kompyuter bilan xuddi qo‗lidagi klaviaturada
ishlayotgandek muloqot qiladi. U uzoqqa uzatish qaydnomasidir.
Shlyuzli qaydnomalar - tarmoq bo‗ylab uzatilayotgan xabarlar
yo‗llari haqida va tarmoqdagi ma‘lumotlar holati,
shuningdek lokal
tarmoqdagi ma‘lumotlarni talqin qilishga yordam beradi.
EGP (Exterior Gateway Protocol). Yo‗llari ko‗rsatilgan ma‘lumotlarni
tashqi tarmoqqa uzatish uchun xizmat qiladi.
GGP (Gateway-to-Gateway
Protocol).
Yo‗llari
ko‗rsatilgan
ma‘lumotlarni uzatish uchun xizmat qiladi.
IGP (Interior Gateway Protocol). Yo‗llari ko‗rsatilgan ma‘lumotlarni
ichki tarmoqlar uchun uzatishda xizmat qiladi.
Boshqa qaydnomalar. Bularga yuqorida keltirilgan kategoriyalarga
tegishli bo‗lmagan, ammo tarmoqlarda
ahamiyati katta qaydnomalar
kiradi.
NFS (Network File System). Lokal kompyuterlarda mavjud bo‗lgan
katalog va fayllardan foydalanish imkonini beradi.
NIS (Network
Information
Servise).
Parollarni
tekshiradi
va
sistemasiga kirishni modellashtiradi. Tarmoqdagi bir nechta kompyuterlar
foydalanuvchilari haqidagi ma‘lumotlarni ko‗rsatadi.
RPC (Remote Procedure Call). O‗chirilgan amaliy dasturlarni bir-biri
bilan sodda va effektiv holatda biriktiradi.
SMTP (Simple Mail Transfer Protocol).
Oddiy pochtani uzatish
qaydnomasi (elektron pochtani kompyuterlarga yuboruvchi qaydnoma).
SNMP (Simple Network Management Protocol). Ma‘muriy qaydnoma
tarmoq holati va unga ulangan boshqa qurilmalarga ma‘lumotlarni uzatadi.
Shunday qilib, servisning barcha turlari majmui
TCP/IP -
kuchli va
effektiv qaydnomalar majmuini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: