O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan
Bino va inshootlar kadastrini yuritishni tashkil etish
Download 0.81 Mb.
|
Furqat yer kadastiri kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda davlat kadastriga oid kiritiladigan ma’lumotlar tarkibiga qo‘yiladigan
- 2.3.Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash Umumiy qoidalar
Bino va inshootlar kadastrini yuritishni tashkil etish
18. Mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan ma’lumotlar to‘plangan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin bino yoki inshoot kadastr rejasida belgilanadi. Kadastr rejasi avtomatik loyihalashtirish tizimlaridan foydalangan holda elektron shaklda bo‘lib, bu ro‘yxatdan o‘tkaziladigan obyektlarning joylashuvi va asosiy parametrlarining ko‘rgazmali chizma belgilanishini ta’minlaydi. 19. Davlat kadastrlari yagona tizimida bino va inshootlar davlat kadastri tuman (shahar)lar kesimida Davlat kadastrlari palatasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan yuritiladi. Bino va inshootlar davlat kadastri ma’lumotlar bazasida bino va inshootlar tasnifi bo‘yicha obyektlar guruhga bo‘linadi. Bunda bino va inshootlarning hududiyligi, maqsad yo‘nalishi, yuridik va jismoniy shaxslarga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlarda tegishliligi, shuningdek, qurilish-texnik tavsiflariga qarab belgilanadi. Bino va inshootlar yagona klassifikatori Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi. 20. Binolar va inshootlarning holati bo‘yicha kadastr ma’lumotlarining umumlashtirilgan statistik ko‘rsatkichlari Kadastr agentligi tomonidan har yili tuman va shaharlar kesimida ochiq ma’lumot sifatida Internet tarmog‘ida keng yoritilishi tashkil etiladi. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritishda davlat kadastriga oid kiritiladigan ma’lumotlar tarkibiga qo‘yiladigan MINIMAL TALABLAR
2.3.Ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom ko‘chmas mulk obyektlariga kadastr yig‘majildini tayyorlash tartibini belgilaydi. 2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: bino — funksional maqsadiga qarab, odamlar yashashi yoki bo‘lishiga va har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga mo‘ljallangan, yopiq hajmni tashkil etuvchi tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat qurilish tizimi; yer uchastkasi — yer yuzasining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda boshqa xususiyatlarga ega bo‘lgan qismi; inshoot — har xil turdagi ishlab chiqarish jarayonlarini bajarishga, materiallar, buyumlar, asbob-uskunalarni saqlashga, odamlarning vaqtincha bo‘lishiga, odamlar, yuklar va boshqa narsalarni olib o‘tishga mo‘ljallangan, tayanch, to‘sma yoki har ikkala maqsadga xizmat qiluvchi konstruksiyalardan iborat hajmiy, yassi yoki chiziq tarzidagi yer tepasida, yer yuzasida va yer ostida joylashgan qurilish tizimi; kadastr yig‘majildi — obyektning ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni shakllantirish, hisobga olish va keyinchalik davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan kadastr suratiga olish, texnik xatlovdan o‘tkazish va pasportlashtirishning, maxsus tekshirish va izlanishlarning, sifat va qiymat jihatidan baholashning hujjatlari, materiallari va ma’lumotlari jamlamasi; kadastr muhandisi — geodeziya-kartografiya ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot bilan tuziladigan mehnat shartnomasi asosida faoliyat yurituvchi yoki o‘z faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida amalga oshiruvchi va kadastr muhandisi malaka shahodatnomasiga ega jismoniy shaxs; Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling