O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan


Download 0.81 Mb.
bet1/22
Sana07.11.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1753283
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Furqat yer kadastiri kurs ishi


O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi
Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika
Universiteti
Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti
Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi
Yer Kadastri fanidan

“Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Oq daryo (6 list) massivi yerlarni xatlovdan o’tkazish va ko’chmas mulk kadastri ob’ektiga kadastr jamlanmasini tayyorlash” mavzusidagi




KURS ISHI

Kurs ishi rahbari: Dotsent To’ychiyeva Ixtibor
Bajaruvchi: 6-21 guruh talabasi Toshmirzayev Furqat

Toshkent - 2022



T/R


MUNDARIJA



Betlar


1


Kirish



2


1-BOB Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani to’g’risida
umumiy malumotlar

2


3

1.1 Tabiati



2


4

1.2 Aholisi



3


5

1.3 Xo’jaligi va iqtisodiyoti



3


6

1.4 Transporti



4


7


2-BOB Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani bo’yicha nazariy qism



5


8


2.1 Davlat yer kadastrini yuritish tartibi



5


9


2.2 Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish tartibi



11


10


2.3 Ko’chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig’ma jildini tayyorlash tartibi



16


11


3-BOB Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Oq daryo (6 list) massivi yerlari bo’yicha bajarilgan ish natijalari

25


12


3.1 Kadastr yig’ma jildi



25


13


3.2 Ko’chmas mulk obektlariga kadastr yig’ma jildini tayyorlash



26


14


Xulosa





15


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati






16


Ilovalar







Kirish
Qashqadaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924-yil 1-noyabrda tashkil etilgan. Respublikaning janubi-gʻarbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-Olay togʻ sistemasining gʻarbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma togʻlari orasida. Shimoli-gʻarbdan Buxoro, janubi-sharqdan Surxondaryo, janubi-gʻarb va gʻarbdan Turkmaniston, sharqdan Tojikiston va Samarqand viloyatlari bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km². Aholisi 3,225,800 kishidan ziyod (3-oʻrin) (2020). Viloyat hokimi Murotjon Azimov (2021-yil 18-noyabrdan).
Tarkibida 14 tuman ( Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Mirishkor, Muborak, Nishon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yak-kabogʻ, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor, Koʻkdala tumani) 12shahar ( Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 4 shaharcha (Yangi Mirishkor, Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabogʻ, Pomuq), 147 qishloq fuqarolari yigʻini, 1064 qishloq bor (2005).
Tabiiy resurslar orasida yer ayniqsa katta axamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Davlat qo‘mitasining ma’lumotlariga asosan mamlakatimizning umumiy yer maydoni 2022 yil 1 yanvar xolatiga ko‘ra 44892,4 ming. ga ni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi 1998 yil 29 apreldagi Oliy Majlis Kengashlarida qabul qilingan "Er kodeksi", "Qishloq xo‘jalik kooperativi (shirkati) to‘g‘risida", "Massiv to‘g‘risida","Dexqon xo‘jaligi to‘g‘risida" gi, 1997 yil 24 apreldagi Soliq kodeksi, 1998 yil 30 avgustdagi "Davlat yer kadastri to‘g‘risida" gi, 2000 yil 31 dekabrdagi” Davlat yer kadastrlari to‘g‘risida” qonunlari xamda Vazirlar Maxkamasining 1996 yil 17 iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasida Davlat kadastrlarining yagona tizimini yaratish to‘g‘risidagi Nizomini tasdiqlash to‘g‘risida", 1998 yil 31 dekabridagi 543-sonli "O‘zbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida"gi qarorlari va boshqa qator me’yoriy xujjatlar yerlardan foydalanishni tashkil etishga yo‘naltirilgan asosiy davlat tadbiri xisoblangan yer kadastriga bo‘lgan munosabatni tubdan o‘zgartirib yubordi.
Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish, yerdan oqilona foydalanish va uni muxofaza qilish, yer tuzish ishlarini tashkil etish, yer tuzish, yer uchun to‘lanadigan xaq miqdorlarini asoslash massiv faoliyatiga baxo berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasini, maxalliy davlat xokimiyati organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer to‘g‘risidagi ma’lumotlar bilan ta’minlashga mo‘ljallangandir. Davlat yer kadastri muxim iqtisodiy va ijtimoiy axamiyatga ega.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling