Viewmenyusi – darcha elementlarni sozlash. Viewmenyusi buyruqlari
2-rasmda ko„rsatilgan.
Insert menyusi – MathCAD hujjatga grafik ma‟lumotlar, matritsalar,
funksiyalar, gippersilkalar, komponentalarni qo„yish va obyektlarni
sozlash imkonini beradi.
Format menyusi – sonlar, formulalar, tekstlar, abzatslar, kolontitullar
va boshqalarga turli ko„rinishdagi parametrlarni belgilovchi buyruqlarni
o„z ichiga oladi.
Math menyusi– hisoblashlarning rejim va parametrlarni o„rnatadi.
Symbolic menyusi – simvol ma‟lumotlarni hisoblaydi.
Window menyusi – bir necha darchalarni o„zaro ketma-ket va ulardan
birini aktivlashtirishga hizmat qiladi .
Help menyusi – ma‟lumot markazi va ma‟lumotnomalar. Help
buyrug„i darchani ochadi.
Math paneli tugmalari
MathCADning kuchli tomoni bu matematik simvollar, ularni ifodalash
va kiritish insonga odatiy holatda berilgan. Ushbu instrumentlar panaleni
bosh menyuning buyruqlari orasidagi View →Toolbars orqali ishga
tushiriladi. Math panelida ishning qulayligi uchun ssilkalarning yig„indisi
birlashtirilgan.
Math panelida 9ta tugma joylashtirilgan. har bir tugma o„z navbatida,
maxsus vazifaga biriktirilgan instrumentlar panelini ishga tushiradi. Ular
quyidagi tugmalar.
Calculator. Bu panelda matematik topshiriqlar buyruqlari, hamda
ko„pincha foydalaniladigan funksiyalar joylashtirilgan. Bu tugmadan
kalkulyator sifatida foydalanish mumkin.
Boolean – taqqoslash operatorini va mantiqiy amallarini kiritish.
Evaluation
– o„zgaruvchilar qiymatlarini va funksiyalarini
o„zlashtirish operatori kirituvchi tugmasi bor.
Graph – grafika tuzish instrumenti.
Vector and Matrix – vektorlar va matritsalar bilan ishluvchi
instrumentlar.
Calculus – integrallashgan elementlarning matematik ifodalar
ko„rinishini differensiallashgan usulda ko„rsatadi. Bu paneldagi tugmalar
qiymatlar summasi va ko„paytmalarini hisoblashga ijozat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |