O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax Politexnika Instituti energetika va radioelektronika fakulteti elektr texnologiyasi kafedrasi elektr mashinalar


Download 1 Mb.
bet1/8
Sana26.01.2023
Hajmi1 Mb.
#1128666
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ENERGETIKA VA RADIOELEKTRONIKA fakulteti


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Jizzax Politexnika Instituti
ENERGETIKA VA RADIOELEKTRONIKA fakulteti
ELEKTR TEXNOLOGIYASI kafedrasi


ELEKTR MASHINALAR fanidanBakalavriat ta’limining «Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiylar» va «Elektroenergetika» ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun
LABARATORIYA DAFTARCHASI

Bajardi:____________________________________________________________


Qabul qildi: ______________ _B.Xoldarov.


JIZZAX-2022yil
Sana ____________
1-Labaratoriya Ishi
Mavzu: Uch fazali ikki chulg‘amli transformatorning salt ishlash, qisqa tutashuv holatlaridagi tavsiflari va parametrlarini tekshirish.
1. ISHNI BAJARISHDAN MAQSAD
1. 1. Uch fazali transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishish.
1.2. Transformatorning salt ishlash holati va uning parametrlarini aniqlash.
1.3. Transformatorning salt ishlash tavsiflarini qurish.
1.4. Transformatorning qisqa tutashuv holati va uning parametrlarini aniqlash.
1.5. Transformatorning qisqa tutashuv tavsiflarini qurish.
2. ISHNI BAJARISH YUZASIDAN TOPSHIRIQLAR
2.1. Transformator tashqi ko‘rikdan o‘tkazilsin va pasportida ko‘rsatilgan malumotlar hamda chulg‘amlar qarshiliklari hisobot daftariga yozilsin.
2.2. Transformasiyalash koeffisienti topilsin, salt ishlash tavsiflari Io,Po,cosφo=f(U0) ni qurish uchun malumotlar yozib (1-jadval) olinsin.
2.3. Tajriba malumotlaridan foydalanib salt ishlash parametrlari Io, Zo, Xo va salt ishlash toki Io aniqlansin.
2.4. qisqa tutashuv tavsiflari Iqt,Pqt,cosφqt=f(Ust) ni qurish uchun malumotlar 2-jadvalga yozib olinsin.
2.5. Tajriba malumotlaridan foydalanib qisqa tutashuv parametrlari Pkt,Zkt, Xkt,Ukt aniqlansin.
3. ISHNI BAJARISHGA OID QISQACHA NAZARIY TUSHINCHALAR
Transformator bu statik elektromagnit uskuna bo‘lib, birlamchi o‘zgaruvchan tok sistemasini ikkilamchi o‘zgaruvchan tok sistemasiga aylantirib beradi. Bunda chastota o‘zgarmaydi. Transformator asosiy va yordamchi qismlardan tuzilgan. Asosiy qismga magnit o‘tkazgich va chulg‘amlar kiradi. YOrdamchi qismlarga bak, kengaytirgich, gaz relesi, idish sopsog‘i, radiatorlar, termosifon filtri, yog‘ sathini ko‘rsatuvchi shisha naycha, ko‘targich halqalar, yuqori va past kuchlanishlar ulanadigan izolyatorlar, tozalagich va boshqalar. Transformatorning ish davrida hosil bo‘ladigan uyurma toklarini keskin kamaytirish maqsadida uning magnit o‘tkazgichi bir-biridan izolyatsiyalangan va qalinligi 0,15-0,5 mm bo‘lgan elektrotexnik po‘lat tunikachalardan yig‘iladi. Transformator chulg‘amlari yasalishida izolyatsiyalangan mis va alyuminiy simlaridan foydalaniladi. Transformatorlarda moy sovutish va izolyatsiya vazifasini bajaradi.

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling