b) Suv va etanol hajmlarining kengayishini o’lchash.
Diqqat: Qizdirgich o’chirilganidan keyin ham suyuqlikning qandaydir vaqt mobaynida qizishi davom etadi va shu sababli suyuqlik dilatometrdan toshib ketishi mumkin.
Ayniqsa, kolba etanol bilan to’ldirilgan holatda ishlaganingizda, etanol toshib ketishining oldini olish uchun, qizdirgichni ancha ilgari o’chiring. Tajriba qurilmasi 1-rasmda tasvirlangan.
- Dilatometrni qiziyotgan suvli vannaga shunday tushirikki, kapillyar trubka vannadagi suv sathidan chiqib tursin.
- Qizdirgichni eng quyi qadam bilan o’zgaradigan pog’onada ulang va dilatometrdagi suyuqlikning sathi shkaladagi eng yuqoridagi belgiga yetganda uni o’chiring.
- Suyuqlikning sathi o’zining maksimumiga yetguncha kuting va shundan so’ng suvli vannining taxminan 1-2 K ga sovushiga yo’l bering.
- Keyin suvli vannaning sovushi davom etishiga yo’l berib, kapillyar trubkadagi suv sathini h temperatura funksiyasi sifatida aniqlang (2-jadvalga qarang),
- Keyinchalik, to’liq quritilgan dilatometrni etanol bilan to’ldiring va uni suvli vannada qizdirib, suyuqlik sathini h temperatura funksiyasi sifatida o’lchashni takrorlang (3-jadvalga qarang).
Do'stlaringiz bilan baham: |