O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‟lim vazirligi jizzax politexnika instituti yuldashev farruxjon murod o‘G‘li quyosh elementlari fizikasi va texnologiyasi
Юлдашев Ф. — копия (1)
Foydalanilgan adabiyotlar .........................................................................
|
178 |
K I R I SH.
Quyosh elementlari (qE), batareyalari va fotoelektrik qurilmalar xaqidagi bugungi tushunchalar tarixan 40 yillar oldin paydo bo’lib, so’nggi 10-15 yil davomida ular energiya manba’i sifatida xalq xo’jaligiga va oddiy kishilar turmushiga kirib keldi. Bu qurilmalarning ishlash mohiyati yarim o’tkazgichli materiallarda quyosh nurlanishining yutilishi va uning natijasida hosil bo’lgan zaryad juftliklarining yarim o’tkazgichda hosil qilingan potensial tusiqlarda ajratilishi va tashqi elektr zanjiriga uzatilish jarayonlariga asoslangan.
Dastlabki davrdagi fundamental tadqiqotlar natijasida quyosh nurlanishi spektrining to’liq yutilishini ta’minlash material xususiyatiga bog’likligi aniqlandi. Material hajmida yutilgan nurlanishning zaryad juftliklari hosil qilishi va ularni ajratish jarayoni yarim o’tkazgichli material ichida hosil qilingan potensial to’siq (r-p o’tish) va material xususiyatlariga bog’likligi aniqlandi. Bu esa quyosh elementlari parametrlarini optimallash imkoniyatini yaratdi.
Amaliy tadqiqotlar esa optimal parametrga ega bo’lgan qE konstruksiyalarini loyihalash, tayyorlash, ular xususiyatlarini o’rganish, qE, batareyalari va fotoelektrik qurilmalar texnologiyasini ishlab chiqish va ular asosida har xil konstruksiyali, turli sharoitda ishlaydigan, har xil quvvatli iste’molchilarga mo’ljallangan elektr manba’lari tizimini ishlab chiqarishni amalga oshirishga bag’ishlandi.
Hozirggi zamon qE qaysi sharitda ishlatilishiga qarab (koinotda, Yer sharoitida, tug’ridan-tug’ri tushayotgan quyosh nurlanishiga, zichlashtirilgan quyosh nurlanishiga, ekstremal hol uchun va boshqalar) qarab turli xil yarim o’tkazgichli materialdan ishlab chiqariladi. Hozirgi davrda ishlab chiqarilayotgan va inson ehtiyoji uchun elektr manba’i sifatida qo’llanilayotgan qE aksariyati kremniy materialidan tayyorlanmoqda. Bunga asosiy sabab, hozirgi zamon xalq xo’jaligi ehtiyoji uchun ko’p qo’llaniladigan mikroelektron asboblarning asosi kremniyligidir. Ikkinchidan, kremniy elementar yarim o’tkazgich bo’lib, uning Yer tarkibida 30 %ga yaqinini tashkil qilishi, hamda texnologiyasining rivojlanganligidadir.
Yuqorida aytilganlardan kelib chiqqan holda biz ushbu o’kuv qo’llanmada, kremniy asosidagi qE, batareyalarining hozirgi zamon texnologiyasiga asosiy ahamiyatni qaratdik.
Ushbu kitob oliy o’quv yurtlarining bakalavr, magistr va aspirantlari uchun mo’ljallangan.
Download 451.36 Kb.
Do'stlaringiz bilan baham:
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling