O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
“Tasdiqlayman”
Jizzax davlat pedagogika instituti
rektori Sh.S.Sharipov
________________________
2021 yil “____”________
SITOLOGIYA
FANINING O`QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100000 – Ta’lim
Ta’lim sohasi: 110000 – Ta’lim
Ta’lim yo‘nalishi: 60110900 –Biologiya
Jizzax – 2021
Fan/Modul kodi
1.11/ 351SitM1004
|
O`quv yili
2021-2022
|
Semestr
1
|
Kreditlar
4
|
Fan/Modul kodi
Majburiy
|
Ta`lim tili
O`zbek
|
Haftadagi dars soatlari
4
|
1
|
Fanning nomi
|
Auditoriya mashg`ulotlari
(soat)
|
Mustaqil ta`lim
(soat)
|
Jami yuklama
(soat)
|
Sitologiya
|
60
|
60
|
120
|
2.
|
Fanning mazmuni - Sitоlоgiya fаni tаlаbаlаrgа оrgаnizmning аsоsiy tаrkibiy qismi-hujаyrа to’g’risidа hаr tоmоnlаmа vа chuqur bilim bеrishdаn ibоrаt. Ushbu fаn tаlаbаlаrni prоkаriоt vа eukаriоt hujаyrаlаrning tuzilishi аsоslаri, eukаriоt hujаyrа evоlyuiyasi, hujаyrаlаrning tuzilishi vа hususiyatlаri bilаn tаnishtirаdi. Bulаrdаn tаshqаri Sitоlоgiya eukаriоt hujаyrаlаrning kоmpаrtmеntаlizаiya jаrаyonlаri, kоmpаrtmеntlаrning yuzаgа kеlishi vа ulаrning o’zаrо bоg’liqligi, hujаyrаlаrning turli tumаnligi, ulаrning tuzilishi bilаn fаоliyati o’rtаsidаgi bоg’liqlik singаri bilimlаrni umumlаshtirishni ko’zdа tutаdi.
Fanni o‘qitishdan maqsad - Bu kursning asosiy maqsadi talabalarga organizmning asosiy tarkibiy qismi-hujayra to’g’risida har tomonlama va chuqur bilim berishdan iborat. Ushbu fan talabalarni prokariot va eukariot hujayralarning tuzilishi asoslari, eukariot hujayra evolyutsiyasi, hujayralarning tuzilishi va hususiyatlari bilan tanishtiradi. Shunday qilib sitologiya malakali biologlar umumbiologik tayyorgarlikdagi asosiy poydevorlardan biri hisoblanadi.
Fanning vazifasi - Talabalar o’simlik hujayrasi va uning tuzilishi, hujayra sitoplazmasining tarkibi, submikrroskopik tuzilishi, hujayra organellalari, ularning tuzilishi va funktsiyalarini, xromosoma va uning hujayra bo’linishi jarayonida hosil bo’lishi yadro funktsiyasi, interfaza va ishchi holatlari, hujayraning oddiy va murakkab bo’linishlari, hujayraning qayta tiklanishi kabi sitologiya faning mihim qisimlarini bilishlari lozim.
Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
II.I. Fanning tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-Modul. Kirish. Hujayraning o’rganilish tarixi. Xujayraning asosiy biologik xususiyatlari
1-mavzu. Sitologiya faniga kirish
Sitologoya materiyaning elementar birligi bo’lgan hujayralarni strukturasi, funksiyasi, ko’payishi, evolyustiyasi va kelib chiqishini o’rganadi. Hujayra tarixi. R.Gukning kashfiyoti. Hujayra nazariyasining yaratilishi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |