O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti


Download 0.67 Mb.
bet2/54
Sana27.07.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1662985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi j

II- qism. MUSTAQIL TA’LIM






1.

Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari bo’yicha zarur uslubiy ko’rsatmalar




2.

Mustaqil ta’lim mavzulari




III- qism. GLOSSARIY




IV- qism. ILOVALAR




1.

Ishchi o’quv rejasi




2,

Fan dasturi




3.

Ishchi o’quv dasturi.




4

Kalendar –tematik reja.




5.

Testlar




6

Adabiyotlar ro’yxati





O’ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


Jizzax davlat pedagogika instituti


MAKTABGAChA TA'LIM metodikasi KAFЕDRASI


Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish fanidan


ma’ruzalar matni

bilim sohasi: 100000 - gumanitar
ta’lim sohasi: 140000 - Pedagogika
ta’lim yo`nalishi: 5111800 - Maktabgacha ta’lim


1-modul: Maktabgacha ta’lim muassasasida saxnalashtirish faoliyati


Reja:
1. Maktabgacha ta’lim muassasasida badiiy asarlarni sahnalashtirish
2. Rollarga bo'lib o'rganish.
3. Amaliy ish bajarish.
Qo'g'irchoq o'yin xalq og'zaki ijodiga asoslangan ajoyib-g'aroyib san'at. Uning yozma matni bo'lmagan. U uzoq yillar kuzatish, mashq qilish, yodlash, malaka hosil qilish orqali muayyan syujetlar, vosita va uslublar bilan ustozdan shogirdga o'tib kelavergan. Buxoro viloyat G'ijduvon tumanidagi G'ishti qishlog'ida o'z iste'dodi bilan mehnatkashlarni xushnud qilib kelgan Xolmurod bobo (1897 -1967) ning ham ota - bobosi qo'g'irchoqboz o'tgan. Uning otasi Siddiq kalon (1858 - 1940), bobosi Abdukarim (1800 - 1870) lar qo'g'irchoq teatrining yirik namoyondalari hisoblangan. Shu davrda yuqorida nomlari zikr etilgan qo'g'irchoq, san'at sohiblaridan tashqari Zarif misgar Qori hoji, Sharof Chala, Sadriddin Eshon, Rajab Meshkob (Buhoro), Jo'ra qayroq, Hamro mehtar, Aziz bobo (G'ijdivon), Novot lug'takboz, Mahmud Mehtar, Hamro bobo (Samarqand), Tursunboy Abdujabborov (Toshkent) kabi o'nlab usta qo'g'irchoqbozlar o'tganlar. Ular jamiyatdagi yomonlik va illatlarni, zo'rovonlik, tekintomoq amaldorlarni qattiq tanqid qilganlar hamda mehnatkash halqqa kulgi, zavq bag'ishlaganlar. Kezi kelganda shuni ham aytish kerakki bu sanatkorlarning maksadi qancha ulug' va sa'nati qancha mazmundor va yuksak bo'lmasin tengsizlik zulum hukm surgan jamiyatda qo'g'irchoqbozlar eng past tabaqa hisoblangan, tahqirlangan, ho'rlangan, ruhoniylar qo'g'irchoq teatrini «shayton o'yini», narigi dunyoda qo'g'irchoqlar jon talab qiladi, «qo'g'irchoqboz shakkok va diyonatsiz» degan gaplarni halq orasida targ'ib qilib kelganlar. XV- asrda Xuroson va Movarounnahrda boshqa san'atkorlar qatori qo'g'irchoq teatri ham taraqkiy etdi. Bu davrda «Chodir jamol», «Chodir xayol» va «Fonis xayol» deb ataluvchi hamda qo'g'irchoq yasash va uni o'ynatishda, shuningdek, tomosha mazmuniga ko'ra bir­ biridan keskin farqlanib turuvchi uch tur keng tarqalgan. Qo'g'irchoqlar qo'lga kiyib o'ynatiladigan «Chodir jamol»da hayotiy voqyealar, iplar vositasida boshqariladigan «Chodir xayolda» mifologiya, soyasi tushiriladigan «Fonis xayol»da qahramonlik eposi aks etirildi. Ayniqsa, XlX-asr o'rtalarida qo'g'irchoq o'yin satirasining tig'i o'tkirlashdi. Qo'g'irchoqbozlar faollashib, hukmron tabaqalarga nisbatan o'z munosabatlarini va baholarini dadil hamda oshkora ifoda qildilar. Satira tig'iga yirik amaldorlar, sutxo'rlar, o'g'rilar sharmandai sharmisor bo'ldilar.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling