O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti


Polyarografik analiz metodi, mohiyati


Download 132.7 Kb.
bet4/6
Sana17.06.2023
Hajmi132.7 Kb.
#1537888
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Bozorboyeva Shoira kurs ishi

1.3 Polyarografik analiz metodi, mohiyati.Polyarografik yacheykada katod vazifasini–tomchi simob, Makroanod esa suyuq simobdan iborat yacheykaga tahlil qilinuvchi eritma solinib,mikrokatodga ortib boruvchi kuchlanish qo‘yiladi. (manfiy kuchlanish).Ko‘pincha idish tubidagi makroanod–suyuq simob o‘rniga kalomel elektrod qo‘llanadi. Unga nisbatan tomchi simob elektrodi potensiali aniqlanadi. Polyarografik tahlil jarayonida, tahlil qilinuvchi eritmada Fon elektroliti qo‘shilgan bo‘lib, ular elektrodda qaytarilmay tahlil qilinuvchi modda ionlari qaytarilmasidan avval eritmada tok tashuvchi sifatida ishtirok etadi. Polyarografik yacheykadan o‘tayotgan tok (I) qiymatini tomchi simob elektrodiga berilgan kuchlanish (E) ni voltamper egrisi yoki polyarogramma quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi (I ~ E) Ish tamoili:
polyarografik yacheyka elektrolit eritmasi solingan shisha stakancha
va unga tushirilgan katod tomchi simob elektrodi xamda yacheykaning tubiga qo‘yilgan simob anod elektrodidan iborat. Kapilyardan chiqayotgan diametri 1 mm simob tomchilari muntazam ravishda kapillyardan uzilib, anodga qo‘shilib turadi.
Bunda tomchi simob elektrodida sodir bo‘ladigan qaytarilish jarayoni tufayli tok kuchi keskin ortadi. Ana shu katoddagi qaytarilish jarayoni sababli tomchi simob elektrodi potensiali, uning muvozanat potensialidan keskin farq qiladi. Bunday hodisa elektrodni qutblanishi (polyarizatsiya) deyiladi. qutblanishini yozuvchi asbob. Aniqlanuvchi ionni qaytarilishi natijasida hosil bo‘lgan tok Faradey toki deyiladi. Faradey toki tomchi simob atrofidagi barcha ionlar qaytarilguncha ortadi. So‘ng ionlar diffuziya tezligiga ko‘ra to‘liq qaytarilgandan keyin
to‘yinish toki hosil bo‘ladi. Titrlash jarayonida modda konsentratsiyasining o‘zgarishi bilan tok kuchi ham o‘zgarib, bog‘liqlik grafigidagi keskin burilish bo‘yicha ekvivalent miqdordagi titrant hajmi topiladi. Titrlanuvchi modda X va titrant T tabiatiga ko‘ra amperometrik titrlash egrilari turli ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Kulonometriya.
Usul elektrokimyoviy jarayon natijasida elektrodda ajralgan modda massasi elektroliz uchun sarflangan elektr miqdoriga to‘g‘ri proporsionaldir. Faradey qonuniga ko‘ra. m = M M –modda mol massasi, n –elektr soni, F-Faradey soni (kl / mol), t –elektroliz vaqti (sekund), J –elektr toki (amper) Qonun tok miqdori 100% tahlil qilinuvchi moddaning o‘zgarishi uchun sarflanganda o‘z kuchiga ega. Ish Tartibi.Elektrolit uchun kerakli potensial tanlanadi. Tok o‘ta boshlagan vaqt belgilanadi. Elektrokimyoviy o‘zgarish tugagan vaqt aniqlanadi.

Analitik kimyo kursi moddalarning tarkibiy qismlarini sifat va miqdoriy jixatdan o`rganadigan mеtodlarni, kimyoning asosiy qonunlaridan massalar ta'siri qonunini gomogеn, gеtorogеn sistеmalardagi muvozanat holatiga tadbiq qilish yo`llarini, gidroliz jarayonining va komplеks birikmalarining miqdoriy ko`rsatkichlarini hisoblashga oid nazariy masalalarni o`rganadi. Shuningdеk miqdoriy analizning gravimеtrik, titrimеtrik usullarini, analizning fizik hamda fizik-kimyoviy usullarini o`z ichiga oladi. Analitik kimyo kimyoviy bilimlarning muhim bir sohalaridan hisoblanadi va u xalq xo`jaligining turli sohalarida katta amaliy ahamiyatga molikdir. Shuning uchun kimyo fani o`qituvchisi analitik kimyoni yaxshi bilishi va undagi ma'lumotlardan o`zining pеdagogik ishida samarali foydalanishi lozim. Аnаlitik kimyo fаnining mаqsаdi- tаlаbаl


аrgа kimyoviy mоddаlаrni аnаliz qilish mеtоdlаrini o`rgаtishdir. Аnаlitik kimyo kimyoviy moddalarning аnаlizi nаzаriyasi vа аmаliyoti hаqidаgi fаn bo`lib, оliy o`quv yurti tаlаbаlаri bu fаnni o`rgаnish оrqаli аnаlizning zаmоnаviy kimyoviy vа fizik-kimyoviy mеtоdlаrining nаzаriy аsоslаri bilаn tаnishаdilаr. Аnаlitik kimyo fаnining vаzifаlari – tаlаbаlаrning аnаlitik kimyodаn аsоsiy tushunchаlаrini chuqurlаshtirish, kеngаytirish vа rivоjlаntirish, kеyinrоq o`rgаnilаdigаn kimyogа оid fаnlаr vа bоshqа fаnlаrni o`rgаnish uchun zаrur bo`lgаn bilim vа ko`nikmаlаrni tаkоmillаshtirishdir.

Download 132.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling