O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar fakulteti
Download 132.7 Kb.
|
Bozorboyeva Shoira kurs ishi
1.2 Kulonometrik analiz metodi aniqlanadigan moddaning elektrokimyoviy o‘zgarishi uchun zarur bo‘lgan elektr miqdorini o‘lchashga asoslangan. Analiz qilinadigan eritmaga maxsus tanlangan yordamchi reagent qo‘shiladi. Undan elektroliz qilinganda analiz qilinadigan eritmaning aniqlanadigan komponenti bilan tez va miqdordan stexiometrik reaksiyaga kirisha oladigan titrlovchi reagent hosil bo‘ladi. Elektroliz o‘zgarmas tok kuchida olib boriladi. Ekvivalent nuqtani vizual yoki indikator yordamida yoki biror fizik-kimyoviy metod yordamida aniqlanadi (fotometrik, amperometrik). Elektroliz boshlanishidan to ekvivalent nuqtagacha bo‘lgan vaqti sekundomer yordamida o‘lchanadi. t q- elektr miqdori (kulonlarda),q = I I-tok kuchi (amperlarda), t-vaqt (sekundlarda). Faradeyning birinchi qonuni: Elektrodlarda ajralib chiqqan moddaning miqdori eritmadan o‘tayotgan elektr miqdoriga to‘g‘ri proporsional. Istagan moddaning elektrodda 1 gekvivalent miqdorini ajratish uchun zarur bo‘lgan elektr miqdori faradey soni deyiladi va u 96500 kulonga teng. Aniqlanadigan moddaning miqdorini Faradeyning birlashgan qonuni formulasi bo‘yicha hisoblab topiladi: m Э q= 96500 m- qaytarilgan yoki oksidlangan moddaning massasi, g. E-moddaning gramm-ekvivalenti. Katodda qaytarilgan hamda anodda oksidlangan har qaysi moddaning miqdori eritmadan o‘tgan elektr miqdoriga va moddaning kimyoviy ekvivalentiga proporsionaldir. Kulonometrik analizda ikkita keng tarqalgan metoddan foydalaniladi. Birinchisi yuqorida keltirilgan usul, u “To‘g‘ri kulonometriya” usuli deyiladi. Bu usulda ishchi elektrodning potensiali o‘zgarmas bo‘lishi kerak (bunda aniqlanadigan modda elektrodlarda oksidlanadi yoki qaytariladi). Yeishchi = const. To‘g‘ri kulonometriyada yonaki jarayonlar bormasligi kerak. Ikkinchi usul “Kulonometrik titrlash” usuli deyiladi. Bu usulning mohiyati quyidagicha: aniqlanadigan modda to‘la hosil bo‘lguncha aniqlanadigan eritmadan doimiy tok (tok kuchi o‘zgarmas bo‘ladi) o‘tkazib turiladi. Reaksiyaning oxiriga yetganligi indikator yordamida t formula yordamida aniqlanadi.aniqlanadi. Reaksiya uchun sarflangan elektr miqdori q = I Kulonometrik titrlashda ekvivalent nuqtani aniqlash uchun quyidagi usullardan foydalaniladi: 1) indikatsiya; 2) amperometrik indikatsiya; 3) konduktometrik indikatsiya. Kulonometrik titrlashda xuddi potensiometrik titrlashdagi kabi 4 xil reaksiyalardan foydalanish mumkin: 1) neytrallanish; 2) oksidlanish-qaytarilish; 3) kompleks hosil qilish; 4) qiyin eruvchan birikma hosil qilish. Kulonometrik analizda reaksiyalarga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat: 1) Reaksiya juda tez borishi kerak 2) Reaksiya oxirigacha borishi kerak 3) Yonaki jarayonlar bormasligi kerak. Kulonometrik analiz metodi quyidagi azalliklarga ega: 1) EritmalapHi standartlash va asbobni kalibrlash shart emas. 2) Tortma va titrimetrik analizga nisbatan aniqlgi katta. 3) Analiz qilinadigan moddaning kam miqdori bilan ishlash imkoniyati. 4) jarayonni avtomatlashtirish mumkinligi. Eritmaga botirilgan elektrod potensiali eritmadagi erigan modda miqdoriga qarab o‘zgaradi. Demak elektrod potensialining o‘zgarishini o‘lchash yo‘li bilan moddaning miqdor analizini o‘tkazish mumkin. Polyarografik tahlil, o‘tkazish shart sharoitlari, avzalligi va kamchiligi. Usul elektrokimyoviy (polyarografik) yacheykaga tashqaridan kuchlanish qo‘yilishi bilan elektrik o‘lchamlar va tahlil qilinuvchi modda eritmasi xossalari orasidagi bog‘liqlikni o‘rganishga asoslangan.
Polyarografik sifat taxlilda–tahlil qilinuvchi modda qaytarilishi (yoki oksidlanishi) uchun mikroelektrodlarga berilgan kuchlanish bilan modda tabiati orasidagi bog‘liqlik o‘rganiladi. Polyarografik miqdoriy taxlilda–Mikro elektrodlarga berilgan kuchlanishning ma’lum qiymatida polyarografik yacheykada xosil bo‘lgan diffuziya elektr tokini tahlil qilinuvchi eritmadagi modda konsentratsiyasiga bog‘liqligi o‘rganiladi. Yacheykaga berilgan kuchlanish va diffuzion tok qiymatlari, volt-amper egrisidan olinadi. Demak yacheykadan o‘tayotgan tok kuchini mikroelektrodga berilgan kuchlanishga bog‘liqligini ifodalovchi usul polyarografiya yoki voltamperometriya deb ataladi. Klassik polyarografik usul, tomchi simob elektrodi bilan 1922 yilda chex olimiyaGeyrovskiy Tomonidan tavsiya etilgan. Download 132.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling