Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti begbutayev a. E., Yusupov r. M


Download 4.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/114
Sana12.08.2023
Hajmi4.97 Mb.
#1666538
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   114
Bog'liq
cisco

“Internet – buyumlar” (baʻzan “buyumlar interneti” yoki “internet 
ashyolari” degan atama ham ishlatiladi) ingliz tilidan olingan Internet of Things
IoT boʻlib—bir-biri bilan yoki tashqi muhit bilan oʻzaro taʻsirlashuv uchun ichiga 
joylashtirilgan texnologiyalar bilan jihozlangan, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarni 
qayta qura oladigan hodisa kabi tarmoqlarni tashkil etishni koʻrib chiqadigan, 
harakat va operatsiyalar ichidan inson ishtiroki zaruriyatini inkor etadigan, fizik 
jarayonlar hisoblash tarmogʻi konsepsiyasi hisoblanadi.[19]
Hozirda buyumlar interneti - IoT multiservisli tarmoqlar konsepsiyasining bir 
boʻlagiga aylandi. Bunday tarmoqlar cheklanmagan xizmatlarni sifatini 
kafolatlagan holda mijozlarga etkazish imkonini beradi. SHuni nazarda tutgan 
holda multiservisli tarmoqlardan foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Aynan 
shunday multiservisli xizmatlar keyingi avlod tarmoqlari (NGN)da amalga oshadi. 
Hozirgi kunda NGNning tarkibiy qismiga ―barcha joylarda sensorli tarmoqlar-
USN (Ubiquitous Sensor Networks) tushunchasi kirib keldi. 
Internet ashyolarni, bizni oʻrab turgan barcha predmetlar va qurilmalar (uy 
asboblari va jihozlari, kiyim-kechak, mahsulotlar, avtomobillar, sanoat qurilmalar 
va boshqalar) miniatyurali (kichik oʻlchamli) identifikatsion va sensorli (sezgir) 
qurilmalar bilan jihozlangan deb tasavvur qilish mumkin. U holda ular bilan zarur 
aloqa kanallari boʻlganida nafaqat bu obʻektlarni va ularning parametrlarini fazoda 
va vaqt boʻyicha kuzatish mumkin boʻladi, balki ularni boshqarish, ular haqidagi 
maʻlumotlarni umumiy ―aqlli planetaga kiritish mumkin boʻladi. Oddiyroq 


201 
aytganda, Internet ashyolar bu kompyuterlar, datchiklar (sensorlar) va ijrochi 
qurilmalarning (aktuatorlarning) IP (Internet Protocol) internet protokoldan 
foydalanish orqali oʻzaro bogʻlaydigan global tarmoq hisoblanadi.

Download 4.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling