BITIRUV MALAKAVIY ISH BO’YICHA RAHBARINING
MULOHAZALARI
Talaba: Abduvaitova D.
Bitiruv malakaviy ish mavzusi: XXI asrning global muammolari mavzusini mustaqil o’rganish.
Malakaviy ishining hajmi: 12120 so’zdan iborat.
a) tushuntirish qismi varaqlar soni: 63 sahifadan iborat.
Tushuntirish qismi: Bitiruv malakaviy ish belgilangan talablar asosida yozilgan.
Mavzuning dolzarbligi: Jamiyatning rivojlanishi, iqtisodiyotning aynan sanoatning zamonaviy ishlab chiqarishning hom ashyo talabi va undan chiqadigan chiqindining miqyosi, aynan tabiat holatining yomonlashuvi va suv manbalarining ifloslanishi, o’rmon daraxtlarining kesilishi , katta-katta hududlarning sanoat va maishiy soha chiqindilari bilan axlatxonalarga aylanishi, turli xil ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy urushlarning tobora avj olishi, yadroviy qurollarning ko’plab turlari yaratilayotgani , oxir oqibatda odamlarning tartib asosida boshqarilmaydigan nooqilona va uzoqni ko’ra bilib ish tutilmagan faoliyatining yuzaga kelishi – insoniyatning oldiga murakkab savollarni qo’ymoqda. Demak, mazkur muammolar yechimini kutayotgan dolzarb masalalar hisoblanadi.
Bitiruvchi umumkasbiy va maxsus tayyorgarligining tavsifi: Umumkasbiy fanlarni to’liq o’zlashtirgan.
Bitiruvchi talabaning mustaqil ishni bajarish layoqati, maxsus adabiyotlardan foydalanish qobilyati va shaxsiy xususiyatlari: Talaba o’z oldiga qo’yilgan muammolarni yechish uchun mustaqil fikrlay oladi. Internetdan foydalanishni biladi, bitiruv malakaviy ishni bajarish davomida tirishqoqligi, intiluvchanligi va muomilasi bilan talabalar va ustozlari orasida yetakchilik xususiyatiga ega.
Bitiruv malakaviy ishining ijobiy tomonlari:
Statistik va internet ma’lumotlaridan foydalanib global muammolarning manbasi va yechimi ham inson omili ekanligini ta’sirli ko’rsatib bergan.
Bitiruv malakaviy ishga qo’yilgan talablarning bajarilishi darajasi:
Ish bitiruv malakaviy ishga qo’yilgan talablar asosida bajarilgan.
Bitiruv malakaviy ish rahbari: B.Q.To’xtamishev
4
Jizzax Davlat pedagogika instituti Fizika va texnologik ta’lim fakulteti ,,Fizika va astronomiya o’qitish metodikasi” yo’nalishi talabasi Abduvaitova Durdonaning Bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Do'stlaringiz bilan baham: |