Ushbu turdagi kuchaytirgichning sxemasi 6.10-rasmda ko‘rsatilgan. Mum- dshtukdan 3 tezlik bilan oqib chiqarilgan suyuqlikning bosimi uning holati ney- traldan o‘zgartirilganda 4 va 5 quvurchalarda o‘zgaruvchan bosimga aylantiriladi. Oqim quvurchasi 2 olib beruvchi 1 quvurga ulangan. Mumdshtukdan oqib chiqayotgan suyuqlik quvurchalarni birisiga o‘tib tezlikni bosimga aylantiriladi. Mumdushtukni neytral holatida 4 va 5 quvurchalardagi bosim teng va porshen 7 xarakatlanmaydi. Mumdshukni holati o‘zgarilishi bilan quvurchalarni bittasida bosim oshib, ikkinchisidan kamayib ketadi. Buning natijasida porshen xarakatlanib ijro mexanizmni ishga tushiradi.
6.10.-rasm. Oqim quvurchali gidravlik kuchaytirgichning sxemasi.
Relelar xaqida tushuncha va ularning klassifikatsiyasi
Rele deb ma‘lum bir kirish signali o‘zgarganda chiqish signali sakrashsimon o‘zgaruvchi moslamaga aytiladi. Rele qishloq xo‘jalik avtomatikasida eng ko‘p qo‘llaniladigan elementlardan biri hisoblanadi. Тa‘sir qiladigan fizik kattaliklariga qarab ular elektrik, mexanik, magnit, issiqlik, optik, radioaktiv, akustik va kimeviy relelarga bo‘linadi.
Ish prinsipi bo‘yicha elektrik relelar o‘z navbatida 9-turga bo‘linadi (3.1-
rasm).
3.1-rasm. Elektrik relelarning klassifikatsiyasi.
Elektromagnit relelarida chulg‘amdan o‘tayotgan tok ta‘sirida magnit may- don xosil bo‘lib yakorning va kontaktlarning xolati o‘zgartiriladi.
Magnitoelektrik relelarda chulg‘am ramka kurinishida bajarilib o‘zgarmas magnit maydonida joylashtirilgan. Chulg‘amdan tok utayotganda ramka prujinani kuchini yengib xarakatga keladi va kontaktlarning xolatini uzgartiradi.
Elektrodinamik rele ish prinsipi buyicha magnitoelektrik relega o‘xshash lekin undagi magnit maydoni maxsus uyg‘otish cho‘lg‘ami bilan hosil etiladi.
Induksion relening ish prinsipi relening cho‘lg‘ami hosil qiladigan o‘zgaruvchan magnit oqimi va xarakatlanuvchan diskda hosil bo‘ladigan tok o‘zaro ta‘siriga asoslangan.
Ferromagnit relelar magnit kattaliklari (magnit oqimi, magnit maydoni kuchlanganligi) yoki ferrodinamik materiallarining magnit tavsifnomalari o‘zgarilishi ta‘sirida ishlaydi.
Elektron va ion relelari bevosita kuchlanish yoki tok kuchi natijasida hosil bo‘ladigan sakrashsimon o‘zgarishlar ta‘sirida ishlaydi.
Elektroissiqlik relelari xarorat ta‘sirida ishlaydi. Ularning ish prinsipi yuqorida ko‘rib chiqilgan bimetalik va bilatomitrik datchiklarning ish prinsipiga o‘xshash bo‘ladi.
Rezonans relelari ish prinsipi elektrik tebranish tizimlarda hosil bo‘ladigan rezonasga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |