O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati G‘allaorol agrotexnologiyalar texnikumi Jizzax 2022-yil
Rele kontaktlarining ekspluatatsion kattaliklari
Download 1.97 Mb.
|
Abdumurodov Jaxongir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Avtomatik xisoblash uskunalari
Rele kontaktlarining ekspluatatsion kattaliklariRelelarning puxtaligi va kontaktlarining kommutatsion xususiyatlari asosan kontaktlarga bog‘lik. Relelarning kontaktlari quyidagi ekspluatatsion ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi. Ruxsat etilgan chegaraviy tok – I r.e. Bu ko‘rsatkich kontaktlar qizib o‘zining fiziko-mexanikaviy xususiyatlarini yo‘qotmaydigan xarorat bilan aniqla- nadi. Ruxsat etilgan chegaraviy tokni oshirish uchun kontaktlarning qarshiligini kamaytirib, ularning sovitish yuzasini oshirish kerak. Ruxsat etilgan chegaraviy kuchlanish-U r.e. Kontaktlar o‘rtasidagi izolyatsi- yani va kontaktlararo masofada teshib o‘tish kuchlanishi bilan aniqlanadi. Ruxsat etilgan chegaraviy quvvat – R r.e. Bu ko‘rsatkich kontaktlar ajralish jarayonida turg‘un - yoyni (dugani) hosil qilmaydigan zanjirning quvvati bilan aniqlanadi. Kontaktlarning ish rejimini yengillashtirish maqsadida kontaktlarga (3.2 - rasm, a, v) yoki cho‘lg‘amga (3.2 - rasm, v, g, d) shunt sifatida qo‘shimcha ele- mentlar ulash maqsadga muvofiqdir. Cho‘lg‘amning induktivligi hisobiga yig‘ilgan magnit energiyasi kon- taktlararo masofada sarflanmasdan, rezistor va kondensator yoki cho‘lg‘amning o‘zida sarflanadi. Rezistor qarshiligi cho‘lg‘amning aktiv qarshiligidan 5-10 baro- bar katta bo‘lishi kerak. Kondensatorning sig‘imi esa S= 0,5 - 2,0 mkf. 3.2.-rasm. Rele kontaktlari ishini yengillashtiruvchi sxemalar. Avtomatik xisoblash uskunalariHozirgi kunda elektromexanik va elektron hisoblash qurilmalari ishlab chiqarish jarayonlarida keng qo‘llanilmoqda. Ular asosan 2 ta sinfga bo‘linadi: analogli va raqamli. Analogli xisoblash qurilmalarida matematik kattaliklar fizik analoglar bilan hosil qilinadi (kuchlanish orqali). Raqamli uskunalarda matematik kattaliklar raqamli formada namoyon eti- ladi. Raqamli uskunalar tuzilishi jixatidan murakkab va kam hisoblash xatolikka ega. Avtomatikada asosan analogli hisoblash uskunalari qo‘llaniladi, ya‘ni kirish va chiqish signalidagi matematik bog‘lanishni hosil qiladi. Bu holatda hisoblash uskunalari (HU) topshirish elementlari (ТO) funksiyasini bajaradi va u taqqoslash organiga (ТO) qo‘shiladi. (5.7-rasm). 5.7-rasm. Тopshirish funksiyasi vazifasini bajaruvchi xisoblash uskunasining sxemasi Bu sxema asosida programmali boshqarish tizimlari ishlaydi. Boshqa hola- tlarda hisoblash qurilmalari (HU) taqqoslash organi (ТO) funksiyala-rini bajara- di.(5.8-rasm). Bu sxemada HU har doim hisoblash jarayonini boshqarib boradi va rostlagich (R) boshqarish obektiga (BO) rostlash ta‘sirini o‘tkazadi. 5.8-rasm. Тaqqoslash funksiyasi bajaruvchi xisoblash uskunasining sxemasi Hisoblash uskunalari teskari aloqada, ya‘ni koorektirovka zvenosida xam ishlaydi (5.9-rasm). 5.9.-rasm. Тeskari aloqa funksiyali bajaruvchi xisoblash uskunasining sxemasi. 5.10 –rasm. Kirish signalini integrallovchi (a) va differensiallovchi (b) kuchaytir- gich sxemalari Asosiy xisoblash uskunalari quyidagilar xisoblanadi: -qo‘shish va ayirish uskunalari, -ko‘paytirish va bo‘lish uskunalari. Bu uskunalarda asosiy qism hal qiluvchi kuchaytirgich hisoblanadi.5.10-rasmda hal qiluvchi kuchaytirgichlarning sxemalari keltirilgan. Kuchaytirish kaskadi sxemada uch burchak shaklida belgilanadi va kirish signali x rezistor R yoki kondensator S orqali uzatiladi, manfiy teskari aloqa chi- qish signalidan kirish signaliga R yoki S orqali uzatiladi. Masalan, ko‘paytirish yoki bo‘lish rejimi: (5.10,b-rasm) Kirish signali bu yerda kuchlanish formasida (Vkir) beriladi va hisoblash na- tijasi ham kuchlanish formasida olinadi.(Vchiq): R1 va Ro rezistorlar orqali deyarli bir xil tok o‘tadi:IR=IRo chunki kuchaytirgichning kirish signali Ic=0. I Download 1.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling