Sariyog’ning kislotaliligini aniqlash.
Konussimon kolbaga 5 gramm sariyog’ o’lchab olinadi. Kolba mahsuloti bilan birga issiq suvda sariyog’ eriguncha isitiladi. Unga spirtning efirli neytrallangan aralashmasisidan 20 ml quyiladi. So’ngra 3 tomchi fenolftalein tomizib, NaON ning 0,1 normalli eritmasi bilan binafsha rangga kirguncha titrlanadi.
Hisob. Sariyog’ kislotaliligi gradus Kettstorferda belgilanadi.
Gradus Kettstorfer deganda– 100 gramm sariyog’dagi erkin kislotalarni neytrallash uchun ketgan ishqor eritmasining millilitrdagi miqdoriga tushuniladi.
5 gramm sariyog’ni neytrallash uchun ketgan ishqor eritmasi miqdorini 2 ga ko’paytirib kislotalilik topiladi
K= a . 2
Bunda,
a- sariyog’ni titrlash uchun ketgan ishqor eritmasi miqdori, ml
Kerakli jihoz va reaktivlar: Texnik tarozi, 50-100 ml-li kimyoviy stakanlar, ishqor eritmasi uchun titrlash qurilmasi, 25 ml-li o’lchov tsilindri, kapelьnitsa, shisha tayoqcha, 0,1 normalli ishqor, fenolftaleinning 1 % li spirtli eritmasi.
Sariyog’ tarkibidagi natriy xlor miqdorini aniqlash.
100 ml-li shisha stakanga 5 gramm sariyog’ o’lchab olinadi va unga harorati 40-50 0S bo’lgan suv quyiladi. Stakan mahsuloti bilan birga yaxshilab aralashtiriladi hamda yuza qismidagi yogning qotishi uchun qo’yiladi.
Qotgan yogning yuza qismi shisha tayoqcha bilan teshiladi va pipetka yordamida 100 ml-li konussimon kolbaga 10 ml eritma olinadi. Uning ustiga 5-8 tomchi kaliy bixrom eritmasi tomiziladi va kumush nitrat bilan doimiy aralashtirib turgan holda och- qizgish rangga kirguncha titrlanadi.
Hisob. Titrlash uchun ketgan kumush nitrat miqdori sariyog’ tarkibidagi tuzning foizlardagi miqdorini ifodalaydi. (1 ml AgNO3 0,01 gramm tuzga ekvivalentdir). Masalan, eritmani titrlash uchun 1,8 ml kumush nitrit eritmasi ketgan. Demak, sariyog’ tarkibida 1,8 % tuz bor.
Agar AgNO3 ning 0,1 normalli eritmasi ishlatilgan bo’lsa, u holda titrlash uchun ketgan AgNO3 ning miqdori 0,585 songa ko’paytiriladi va tuzning foizlardagi miqdori topiladi.
0,585 koeffitsient- 0,00585 (1ml 0,1 normalli AgNO3 eritmasi 0,00585 gramm osh tuziga teng)ni 100 ko’paytirib hosil qilinadi.
Kerakli jihoz va reaktivlar: Texnik tarozi, AgNO3 eritmasi uchun 25 ml-li byuretka, 100 ml-li shisha stakan, 100 ml-li konussimon kolba, 10-50 ml-li pipetkalar, isitish jihozi, shisha tayoqcha, harorat o’lchagich, kumush nitratning standartli eritmasi, 10 % li kaliy bixrom eritmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |