O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi jizzax politexnika instituti “qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash” kafedrasi «sut va go’sht mahsulotlarini saqlash va dastlabki ishlash texnologiyasi»
Download 2.97 Mb.
|
Sut amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- AMALIY MASHG’ULOT № 17 Parrandaning mahsuldorligi Darsning maqsadi
- Tuxum qilish davrida biologik tsikllar (davrlar)
- Tuxum og’irligi
- Parrandani go’sht mahsuldorligining
1-topshiriq: O’sish jadalligiga qarab xar xil zotlar qoramol buzoqini solishtirma baholashni o’tkazing (jadval-9). O’sishni haqiqiy (absolyut) va nisbiy tezligini, xar xil davrda o’sish koeffitsentini aniqlang.
9-jadval Xar xil zotli ho’kizchalarning tirik vazni, kg.
AMALIY MASHG’ULOT № 17 Parrandaning mahsuldorligi Darsning maqsadi – Parrandaning tuxum, go’sht mahsuldorligi bilan tanishish, uni oziqlantirish. Darsning mazmuni va uni o’tkazish –tuxum mahsulodorligini parranda tomonidan ma’lum davr mobaynida (odatda bir yilda) olingan tuxum soni va tuxum og’irligi bilan aniqlanadi. Go’sht uchun boqilgan parranda zotning tirik vazni va sertuxumligi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Tuxumdorlik – parranda urchitishning fiziologik holatidir. Tuxumdonlarda ovotsitlar (tuxum hujayralar) soni ko’pdir (tovuqlarda odatda faqat chap tuxumdon ishlaydi, unda 2-3 ming tuxum xujayralari saqlanadi. Ovotsitlarning ko’p qismidan tuxum xujayralari yetiladi. Tuxum berishdan yarim soat keyin kelgusi ovulyatsiya jarayoni amalga oshadi. Sariq modda tuxum yo’lida va bachadonda oqsil, oqsil qatlamlar va po’st bilan qoplanadi. Tuxum shakllanishi uchun parrandaga 24 dan 26 soatgacha vaqt talab qilinadi. Tuxum qilish davrida biologik tsikllar (davrlar) kuzatiladi. Tuxum qilishning biologik tsikli deb uni boshlanishidan navbatdagi tullashigacha ya’ni qo’rq bo’lishini ifodalanishi. Tovuq va o’rdaklarning zotlari qo’rq bo’lishni yo’qotganlar. Fiziolgik yetilish (tuxum berishni boshlanishi) har xil turdagi parrandalarda va maxsuldorlik yo’nalishiga qarab quyidagi yoshda (oyda) amalga oshadi: tuxumdor tovuqda – 5-5,5 oyda, umum foydalanuvchi va go’shtdor tovuqlarda 6-6,5, o’rdakda – 6-7, kurka va g’ozlarda 7-9 oyda. Parranda turiga qarab tuxum qilish qobiliyati turlicha. Tuxumdor zotlarning bir tuxum beruvchi tovuqi yilda 240-260 tuxum, umum foydalanuvchilar – 150-200, bir o’rdak 200-220 tuxumgacha, kurka 120-140 va g’oz 60-80 tuxum beradi. Tovuq va o’rdaklarda eng yuqori tuxum berish ko’rsatkichi tuxum qilish birinchi yili bo’ladi. Ikkinchi yili tuxum berish 10-15 % ga kamayadi. G’ozlarda maksimal tuxum qilish 2-3 yili ro’y beradi. Tuxum og’irligi – parrandani baholashdagi muhim ko’rsatkich. Tovuq tuxumining og’irligi o’rtacha 50-60 g, kurka va o’rdaklarda 80- 90 va g’ozlarda 160-180 grammga teng bo’ladi. Voyaga yetgan parranda tuxumining og’irligi yoshiga qaraganda og’irroqdir. Birinchi yil tug’adigan tovuq tuxumi 40-45 g, ikkinchi yili esa – ancha yirik bo’ladi. O’rtacha yillik tuxum qilishni aniqlash uchun fermada yil davomida olingan tuxum sonini tug’adigan parrandaning o’rtacha yillik soniga bo’ladilar. Parrandani go’sht mahsuldorligining ko’rsatkichlari sifatida tirik vazndan, jo’jani o’sish jadalligidan, 1 kg o’sishga sarflangan ozuqa miqdoridan, go’sht sifatidan foydalanadilar. Parrandaning go’sht mahsuldorligi uning turiga, zotiga, yoshiga, jinsiga, oziqlantirish va saqlash sharoitiga bog’liq. O’rdak, kurka va g’ozlar uchun go’sht mahsuldorligi asosiy hisoblanadi, chunki ularning tuxumi oziq-ovqat maqsadida deyarli ishlatilmaydi. SHuning bilan birga go’sht broyler (go’shtdor) jo’jalardan o’rdak, g’oz va kurka hamda tuxumdor zotlarning xo’rozlaridan go’sht olish uchun boqadilar. Voyaga yetgan parrandaning tirik vazni quyidagicha: kurkalarniki 12-16 kg, g’ozlarniki 5-8, o’rdaklarniki 3-4, tovuqlarniki 1,5-3, 2 oylik tez yetiluvchan jo’jalarning go’shti 20% protein va 10-12% yog’dan iborat. Bunday nisbat yuqori maza sifatini va go’shtning to’yimliligini ko’rsatadi. Parranda 3 xilda oziqlantiriladi: quriq, namli va birlashtirilgan (kombinatsiyalangan). Quruq xilda parrandani oziklantirishda to’la ratsionli omixta yemlar bilan (granulalangan yoki sochiluvchan); ularni doim ozuqlar bilan qo’shib beradilar. Oziqlantirishni namli xilida parrandaga maydalangan omixta yemlarni aralashmasi beriladi. Ozuqa namlash uchun suv, sut zardobi, yog’i olingan sut, maydalangan shirali ozuqalar beriladi. Parranda ratsionlariga uglevodli va oqsilli ozuqalar, mineral va vitaminli qo’shilmalar kiritiladi. Uglevodli ozuqalardan boshoqlilar doni (makkajuxori, arpa, bugdoy, suli, tariq) hamda ildizmevalilar va texnikaviy ishlab chiqarishning qoldiqlari - kartoshka, lavlagi, sabzi, jom, melassa- ishlatiladi. Oqsilli ozuqalardan xamirturush, yog’i olingan sut, ayron, pishloq, kazgin, go’sht, go’sht-suyak, qon, baliq va par unlari, hamda (faqat qaynatilgan tarzda) ishlatilmaydigan go’sht, baliq, inkubatsiya chiqindilari, yangi qon, brak kilingan tuxum. Dukkakli don turlaridan ratsionga no’xat, soya, alkalondsiz burilukkak (lyupin) yasmiq qo’shadilar. Parranda uchun zaharli moddalarsiz kunjara, shirot yaxshi oksilli ozuqa hisoblanadi. Vitaminli qo’shilmalar sifatida ko’k o’tni, o’t unini, sabzini, kombisilosni, ozuqaviy achitqini, baliq yog’ini, A. D2, D3, Ye, K, V1, V2, V3, V4, V5, V6, Vs va V12 vitaminlarini ishlatadilar. Mineral qo’shilmalardan osh tuzi, bo’r, chig’anoq, ohaktosh tuxum po’sti, suyak uni. pretsipitat, fosforin, trikalьtsiy fosfat, mikroelementlar tuzlari ratsionlarga qo’shiladi. Undan tashqari, parranda doimiy ravishda muskulli oshqozonda ozuqani ishqalash uchun shag’alni, oyna sinigini iste’mol qilishi kerak. Parrandani to’la qimmatli ratsion bilan oziqlanganligini mahsuldorlik darajasi, mahsulot birligiga ozuqa sarfi, sog’ligining xolati va uning tirik vazni, inkubatsiya natijasi tuxum po’stining zichligi, jigardagi karotin, A. va V2 vitaminining tarkibi va boshqa ko’rsatkichlarga qarab baho beradilar. O’rdaklar uchun quruq, namli va qo’shma tur oziqlantirish qo’llaniladi. O’rdaklarni oziqlantirish mahsuldorli va mahsulot bermaydigan davrlarga bo’linadi. Mahsulot bermaydigan davrda ular asosan suv havzasida oziqlanadilar, shuning uchun ham ularni sutkada bir marta, kechqurun omixta yem yoki don berib boqadilar. Semizligi yetarli bo’lmasa o’rdakni 2 marta – ertalab va kechqurun oziqlantiradilar. Mahsulot davrida ozuqani yeganicha beradilar. Bunda omixta yem doimo oxurda bo’lmoqi lozim. Odatda o’rdaklarga yemni chegaralangan maydonda beradilar. Umumiy ratsionga qo’shilgan mineral qo’shilmalardan tashqari oxurlarda doimo shag’al, bo’r va chig’anoq bo’lmog’i lozim. Kurkalarni oziqlantirish tovuqlarni boqishga ko’proq o’xshaydi. Lekin kurkalar yaylovdan yaxshiroq foydalanadilar. Ularni yeganicha oziqlantiradilar. Kurka yemiga yangi o’tni ko’p (30-40%) qo’shadilar. Download 2.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling