O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T normuradov, B. E umirzaqov, A. Q tashatov


Download 4.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/114
Sana03.11.2023
Hajmi4.16 Mb.
#1742786
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
NANOTEXNOLOGIYA ASOSLARI (UMUMIY) 22.06.2020

A.A.Abduvayitov- Toshkent davlat texnika universiteti
«Umumiy fizika» kafedrasining dotsenti, f-m.f.n. 
©  Normuradov M.T. va boshqalar., 2020 
© «YANGI NASHR», 2020 



KIRISH 
 
Hozirgi vaqtda nanoplyonkalar, nanokristallar olish va ularning xususiyatlarini 
o’rganishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bu esa o’z navbatida nanomateriallarni 
o’rganish usullarini kengayishiga va rivojlanishiga olib kelmoqda. 1965-70 yillarga 
qadar qattiq jismning deyarli barcha asosiy xususiyatlari uning hajmi holatiga 
(tarkibi, tuzilishiga) bog’liq deb qaralar edi. Ammo bu davrga kelib jismning juda 
ko’p xossalari uning yuza qatlamlarining holatiga uzviy ravishda bog’liq ekanligi 
aniqlana boshlandi. Masalan, jismlarning emission va optikaviy xususiyatlari, 
korroziyaga va ayrim mexanik ta’sirlarga chidamliligi birinchi holda yuzaning 
tarkibiga va tuzilishiga bogliq ekanligi ma’lum bo’lib qoldi. Hozirgi paytda qattiq 
jismning deyarli barcha fizik xususiyatlari, hattoki ayrim mexanik xossalari va 
ko’pgina kimyoviy xossalari uning yuzasining holati bilan aniqlanishi tajribada 
isbotlangan. Shuning uchun ham 1970-yillardan boshlab yuzalarni tadqiq qilish va 
uni o’rganish uchun yangi maxsus usullar ishlab chiqishga juda katta ahamiyat 
berila boshladi. 
Jismning yuza qatlamlari alohida, o’ziga xos bo’lgan murakkab 
xususiyatlarga ega bo’lib, ular hajmiy xususiyatlardan keskin farq qiladi. Bunday 
farqlarning juda ko’p sabablari bor. Hattoki, ideal holgacha tozalangan va bir xil 
tarkibli kristallarda ham yuza va hajm xususiyatlari farq qiladi. Chunki, masalan, 
hajmda joylashgan atomlar o’zining to’rt tarafidan atomlar bilan bog’langan 
bo’lsa, yuzadagi atomlar faqat uchta tomondan bog’lanib, tepada atomlar yo’q 
bo’lganligi uchun to’rtinchi tomondan bog’lanmagan bo’ladi. Shunday qilib 
yuzadagi kristall tuzulish yoki panjara parametrlari hajmnikidan farq qiladi. Bu 
esa o’z navbatida hajm va yuza elektron tuzilishlarining bir-biridan farq qilishiga 
olib keladi. Yuza qatlamlarga tashqi ta’sir ko’rsatib, uning xususiyatlarini kerakli 
yo’nalishda o’zgartirish mumkin. Buning uchun ionlar implantatsiyasi, lazer va 
boshqa nurlar bilan ishlov berish, aktiv element atomlari va molekulalar o’tkazish 
va boshqa usullardan foydalaniladi. 



Qattiq jismlarning qator xususiyatlari ko’p jihatdan uning yuza qatlamlariga va 
o’lchamlariga bog’liqdir. Jumladan hozirgi zamon texnologiyasida, xususan, mikro- 
va nanoelektronikada, nanoplenkalarni, nanomateriallarni fizikaviy va 
kimyoviy xossalarini o’rganish asosiy o’rinni egallaydi. Bu nanomateriallarning 
tarkibini va tuzulishini o’zgartirish uchun juda ko’p usullar qo’llaniladi: xususan 
qo’llanmada ionlarni implantatsiya qilish, diffuziya, impulsli elektron dastalari 
va lazer nurlari bilan ishlov berish, yuqori haroratda qizdirish va qattiq, jism 
yuzasida atom oqimlardan foydalanib kerakli kristallarning yupqa nanoepitaksial 
qatlamlarini hosil qilish usullari haqida ma’lumotlar berilgan. Shu qatorda 
qo’llanmada qattiq jismlarning yuza va yuza osti qatlamlarini tekshiruvchi an’anaviy 
usullar va zamonaviy usullar haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan. 
Zamonoviy elektronika asbobsozligida ko’p qatlamli nanoplyonkalar 
ketma-ketligidan iborat tizimlar asosiy o’rinni egallaydi. Ular asosida katta va o’ta 
katta integral sxemalar, planar va hajmiy o’ta panjaralar, lazerlar, yuqori va o’ta 
yuqori chastotali rezanotorlar ishlab chiqilmoqda va takomillashtirilmoqda. 
Bunday tizimlar nanoplyonkalar va nanokristallar asosida kvant xususiyatli 
asboblar ishlab chiqarishda ham katta istiqbolga ega.
Bu qo’llanmada qattiq jism
yuzasi va uning xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilgan. Undan 
tashqari bir-biri bilan kontaktga kiritilgan ikki qattiq jism chegarasida zonaviy 
tuzilishning o’zgarishi haqida ma’lumotlar keltirilgan. 

Download 4.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling