O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


b) avtomobil transportida bo‘ladigan avariyalar


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

 


b) avtomobil transportida bo‘ladigan avariyalar ham katta fojiali 
hodisalarni keltirib chiqaradi. Bunday ofatlar yuz berishining bir qancha sabablari 
bor: 
• yo‘l qoidalarining buzilishi
• avtomobilni texnik nosozligi; 
• tezlikning xaddan tashqari yuqori bo‘lishi;
• avtomobil xaydovchining etarli malakaga ega bo‘lmasligi. 
Eng yomon sabablardan biri - bu avtomobilni mast holda boshqarilishi. 
Bulardan tashqari avtomobilda xavfli yuklarni tashish va ularni tashish qoidalariga 
rioya qilmaslik oqibatida ham avariya va fojialar ro‘y beradi

Avtomobil transportida bo‘ladigan ofatlarda jabrlanganlarga birinchi 
navbatda tibbiy yordami ko‘satiladi va og‘irlari kasalxonaga yoki tibbiy yordam 
ko‘rsatish shahobchalariga yuboriladi. Avariyaga uchragan avtomobillar tezlikda 
davlat avtomobil nazoratining mahsus joyga eltib qo‘yiladi. 
v) Aviatsiyada avariya - aviatexnikani biror elementlarning ishlamay 
qolishi, bevaqt ob-havoni o‘zgarishi, uchish-qo‘nish qoidalarini noto‘g‘ri 
bajarilishi oqibatida sodir etiladi. 
Ba’zan katta avariyalar ikkita aviatexnikaning bir-biri bilan to‘qnashishi 
yoki erga, qushlarga urilishi oqibatida ham sodir bo‘ladi. Aviatsiyada avariyalar 
ko‘pchilik hollarda fojialar bilan yakunlanadi. 
Aviatsiyadagi avariyalarda qutqarish va tuzatish ishlarini 2 guruhga bo‘lish 
mumkin: 
1) boshqarayotgan ekipaj xodimlari tomonidan kamchilikni tugatish ishlari; 
2) erdagi xizmatchilarni olib boradigan ishlari.
Aviatsiyadagi avariya juda tezlik bilan hal qilinishi lozim. Imkoni boricha 
aviatexnikadagi kamchilikni to‘g‘rilash, iloji bo‘lmasa, darhol erga qo‘ndirish 
maqsadga muvofiqdir. Bunda albatta, ekipaj komandiri va aerodrom boshlig‘i 
butun ma’suliyatni o‘z zimmalariga oladilar.
 


Aviatexnikani qo‘ndirish chog‘ida qidiruv, avariya-qutqaruv, birinchi tibbiy 
yordami ko‘rsatish, evakuatsiya hamda fuqarolar muhofazasining boshqa qismlari 
qatnashadilar.
Bu xildagi avariyalar er yuzida tez-tez uchrab turadi. Jumladan, O‘zbekiston 
aviatsiyasida ham bunday hodisa ro‘y bergan va falokat bilan yakunlangan hollar 
mavjud. Masalan, 1979 yil avgust oyida «Paxtakor» futbol komandasi a’zolari 
tushgan samolyot Minskka ketayotganda osmonda boshqa samolyot bilan 
to‘qnashib, fojia bilan yakunlangan edi. Buni albatta, Respublikada yashovchi har 
bir fuqaro yaxshi biladi. 
Hulosa qilib aytganda, fuqoro muhofazasi tizimlarida xizmat qiluvchilar 
ro‘y beradigan barcha tabiiy ofat oqibatlarini tugatishda hamda avariya va falokat 
bo‘lganda birinchi yordamga keladigan tizimlardan biri hisoblanib, ularning eng 
asosiy vazifasi odamlarni turli xavf-xatarlardan qutqarish hisoblanadi. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling