4.5. Avariya va fojiali hodisalarning keltirib
chiqaradigan omillar
Avariya va falokatlar hohlagan paytda turli xil sharoitlarda, masalan,
temir
yo‘l, avtomobil, suv yo‘li, aviatsiya transportlarida sodir bo‘lishi mumkin:
a) temir yo‘l transportida avariya va fojia bo‘lishining
asosiy sababi,
yo‘llarning to‘g‘ri bo‘lmasligi, harakatlanuvchi tarkibning kamchilikka ega
bo‘lishi, ya’ni boshqarishda texnik nosozliklarning mavjudligi (signal bo‘lmasligi
va boshq.) yurish qoidalarini buzilishi va boshqa sabablardir.
Bundan tashqari temir yo‘llarda avariyalar: poezdlarning izdan chiqib
ketishi, bir-biri bilan to‘qnashishi, yong‘in
chiqishi va vagonlarda olib
ketilayotgan portlovchi moddalarning portlashi bilan ham sodir bo‘ladi. Yana
temir yo‘l transportlarida avariya va fojialar tabiiy ofatlar natijasida ham bo‘lishi
mumkin.
Masalan, 1988 yil 4-iyunda Arzamas-1 stantsiyasida Gorkiydan
Qozog‘istonga olib ketilayotgan yuk poezdining 3ta vagonida portlash yuz berib,
natijada 2
ta lokomotiv, 11ta vagon, 250 m temir yo‘li va unga yaqin bo‘lgan
inshoatlar talofat ko‘rgan. Bu voqeadan keyin tezlikda qutqarish ishlari olib
borilib, vagonlar ag‘darilib bosib qolingan joylardan odamlar olib chiqilgan va
ularga darhol tibbiy yordam ko‘rsatilgan. So‘ngra
avariya-texnik, yong‘inga qarshi
kurash bo‘linmalari o‘z vazifalarini bajarishga kiishganlar. Ko‘rinadiki, fuqaro
muhofazasi tizimlarning harakati tufayli avariya oqibatlari
tezlik bilan tugatilgan
va odamlarni halokati ham moddiy zarar qiymati anchagina kamaytirildi.
Temir yo‘l transportida bo‘ladigan avariyalar oqibatini tugatish tartibi,
talofat ko‘rganlar soniga, ularni holatiga, talofot ko‘rgan
transport hajmiga, olib
ketayotgan yuk tavsifiga, joyning relefiga,
ob-havo sharoitiga, kunning vaqtiga va
boshqa omillarga qarab olib boriladi. Shuning uchun favqulodda vaziyat tavsifiga
qarab fuqarolar muhofazasi tizimlari o‘z yo‘nalishlarini olib boradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: