1-amaliy mashg‘ulot (2 soat)
Download 115.61 Kb.
|
1-amaliy (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism.
1-AMALIY MASHG‘ULOT (2 soat)Elektr iste’molchilarning turlari, quvvati va ishlash sharoitiga ko‘ra havo liniyalari parametrlarini hisoblash Reja:Nazariy qism. Mаsаlаlаrni yechish uchun misоllаr. Mustаqil yechish uchun misоllаr. Nazariy qism.Havodagi elektr uzatish liniyalari (HL) elektr enyergiyasini о‘tkazgichlar yordamida masofaga uzatish uchun xizmat qiladi. HLning asosiy konstruktiv elementlari bо‘lib о‘tkazgichlar, troslar, tayanchlar, izolyatorlar va uzatish liniyasi armaturalari hisoblanadi. O‘tkazgichlar elektr enyergiyani uzatish uchun xizmat qiladi. Tayanchlarning yuqori qismida HLni atmosfyera о‘ta kuchlanishlaridan himoyalash uchun troslar о‘rnatiladi. Tayanchlar о‘tkazgichlar va troslarni yer va suv sathidan ma‘lum balandlikda tutib turadi. Izolyatorlar о‘tkazgichlarni tayanchdan izolyasiyalaydi. Uzatish liniyasi armaturalari yordamida о‘tkazgichlar izolyatorlarga, izolyatorlar esa tayanchlarga mahkamlanadi. Ayrim hollarda о‘tkazgichlar izolyatorlar va uzatish liniyasi armaturalari yordamida muhandislik inshootlarining kronshteynlariga mahkamlanadi. Bir va ikki zanjirli HL ayniqsa keng qо‘llaniladi. Uch fazali HLning bir zanjiri har xil fazalar о‘tkazgichlaridan tashkil topgan. HLda ikki zanjir birgina tayanchda joylashgan bо‘lishi mumkin. HL konstruktiv qismlarining ishlashiga о‘tkazgichlar va troslarning о‘z og‘irliklaridan, ularda hosil bо‘luvchi muz qatlamlaridan, shamol bosimidan, shuningdek havo haroratining о‘zgarishidan mexanik ta‘sir kо‘rsatiladi. Bundan tashqari, shamol ta‘sirida о‘tkazgichlarning titrashi (yuqori chastota va kichik amplitudada tebranish), shuningdek silkinishi yuz byerishi mumkin. О‘tkazgichlardagi mexanik yuklar, silkinishlar va titrashlar ularning uzilishiga, tayanchlarning sinishiga, о‘tkazgichlarning chalkashib qolishiga, izolyasiya oraliqlarini kamayishi natijasida bu oraliqlarning teshilishi yoki izolyasiya ustida yoy paydo bо‘lishiga olib kelishi mumkin. 1.1-rasm. HL o‘tkazgichlarining tuzilishi. a-ko‘p simli o‘tkazgichning umumiy qurinishi; b- bir simli o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi; v,g-bir va ikki xil metalldan tashkil topgan ko‘p simli o‘tkazgichlarning ko‘ndalang kesimi; d-g‘ovak o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi. Tarmoq kuchlanishi ma‘lum bo‘lganda, simlarning kesim yuzalarini aniqlash uchun oldin maksimal yuklama rejimida oqayotgan quvvat miqdori va shu orqali tokini aniqlash talab etiladi. (1.1) IHL SHL 3U HL Simlar va yashindan himoyalovchi troslarni montaj qilishdan oldin о‘rnatilgan tayanchlar diqqat bilan kо‘zdan kechirilishi va dalolatnoma yoki tayanchlarni montaj qilish jurnali bо‘yicha qabul qilinishi shart. G‘ildiratib ochish jarayonida simli barabanlar, ularni tо‘xtatish (tormozlash) uchun ishonchli qurilmalar bilan jihozlangan maxsus tegishlilamalarga (aylantiruvchi aravachalar yoki yog‘och eshaklar) mustahkam о‘rnatilgan bо‘lishi shart. Simlarni g‘ildiratish yо‘nalishi, ayniqsa tik qiyaliklar va tog‘ yonbag‘rlarida, ish rahbari tomonidan tanlanishi lozim. Sim barabandan tegishlilamalar yordamida g‘ildiratib ochilganda g‘ildiratish trassasida uning tо‘g‘ri ochilayotganligini kuzatib turuvchi shaxslar qо‘yilishi shart. Sim о‘ramlaridan bir qismi barabandan chiqib ketish holati aniqlanganda uni ochish jarayoni tо‘xtalishi kyerak. Simni g‘ildiratib ochish vaqtida barabanni tо‘xtatmasdan turib о‘ramlarni tо‘g‘rilash, mashinistga esa ochuvchi mexanizmning kabinasini qoldirib ketish taqiqlanadi. Simni barabandan g‘ildiratib ochishda oxirgi 5-6 ta о‘ram qо‘lda aylantirib chiqarilishi va bunda chiqarilgan sim eng yaqin joydagi tayanchga mahkamlanishi shart. Simni chuqur jarliklar va daralar orqali g‘ildiratib ochish va uzatish yordamchi tros yordamida amalga oshirilishi lozim. Simlar va troslarni g‘ildiratib ochishda ularni tо‘nka yoki boshqa tо‘siqlarga ilashgan holda qoldirish taqiqlanadi. Ilashib qolgan sim burchagi ichida turish taqiqlanadi. Tashuvchi mexanizmning tezligi joyning relefiga qarab belgilanadi va 5 km/h dan oshmasligi shart. 6 ball va undan kuchli shamolda (tezligi 10-12 m/s) va quyuq tumanda simlarni barabandan ochib tayanchlarga kо‘tarish taqiqlanadi. Download 115.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling