1-amaliy mashg‘ulot (2 soat)


Download 115.61 Kb.
bet2/3
Sana09.05.2023
Hajmi115.61 Kb.
#1448432
1   2   3
Bog'liq
1-amaliy (1)

1.2 Simlarni ulash.


Simlar, faqat tegishli asbob (pichoq-arra, trosyorgich) yordamida qirqilishi lozim. Simlar va troslarni zubila yordamida uzish taqiqlanadi.
Simlar presslanganidan sо‘ng tutashtiruvchi va tortuvchi qisqichlarda hosil bо‘lgan chiqiqlar egov yordamida albatta olib tashlanishi lozim.
Simlarning uchlari va tutashtiruvchi qisqichlarni yuvish uchun etillashgan benzindan foydalanish taqiqlanadi.
Simlarni tyermit payvandlash amaldagi «Havo elektr uzatish liniyalarining simlarini tyermit payvandlash bо‘yicha yо‘riqnoma»ga muvofiq amalga oshirilishi shart.
Tyermit payvandlash bо‘yicha ishlarni bajarishga maxsus о‘qitilib, ushbu ishlarni amalga oshirish huquqini byeruvchi imtihonni topshirgan shaxslarga ruxsat byerilishi mumkin.
Issiq va quruq ob-havo sharoitida tyermit payvandlash ishlari bajarilganda, yog‘och tayanchlar yoki quruq о‘tning tasodifan tushgan sovimagan chо‘g‘ ta‘sirida yonib ketishining oldini olish choralari kо‘rilgan bо‘lishi shart.
Ishlar dala sharoitida bajarilganda quyidagi yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi
shart:
gulxanni yog‘och inshootlar va engil alangalanuvchi matyeriallardan (xashak va poxol
g‘aramlari) 50 m dan kam bо‘lmagan masafada yoqish;
gulxanlar va olovli ishlar uchun mо‘ljallangan joyni о‘tlar, xas-chо‘p, xashak va boshqa yonuvchi matyerallardan yerning minyeral qatlamigacha tozalangan hoshiyasimon yyer bо‘lagi bilan (bu bо‘lakning eni 1 m dan kam bо‘lmasligi shart) chegaralash;
yonayotgan gugurt chо‘plari, sigaret qoldiqlari, elektrod kuyindilarini faqat maxsus ajratilgan joylarga tashlash;
yonayotgan yoki chо‘g‘lanayotgan gulxanlar, gaz о‘choqlari va h.k.larni doimiy nazoratsiz qoldirmaslik.

1.3 Simlarni tortish.


Simlarni aholi yashash punktlarida osish, vizirlash va mahkamlashda ogohlantiruvchi plakatlar osilishi va kuzatuvchilar qо‘yilishi shart. Katta uzunlikdagi ankyer oraliqlarini vizirlashda, simlarni tortishdan avval bu haqda aholini oldindan xabardor qilish, barcha kesib о‘tuvchi yо‘llarda esa kuzatuvchilarni qо‘yish lozim.
Simlarni taranglash uchun tortuvchi mexanizmlar, blokni mahkamlash nuqtasi balandligining ikki barobaridan kam bо‘lmagan masofada va fazaning о‘qi bо‘yicha aniq joylashtirilishi lozim. Agar joyning sharoitlari bо‘yicha ushbu talablarni bajarish mumkin bо‘lmasa, u holda tarmoqlovchi bloklarni qо‘llash, zarurat bо‘lganda esa – tayanchning travyersini vaqtincha kuchaytirish lozim.
Simlarni g‘ildiratib ochuvchi roliklardan qisqichlarga о‘tkazishda simlarni ushlab turish uchun kо‘taruvchi minoralarning savatlaridan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
Izolyator shodalari, montaj bloklari, simlar, troslar va boshqa jismlarni kо‘tarish vaqtida ularning tagida turish, shuningdek, tyermit payvandlash bajariladigan joyning ostida turish yoki u yerdan о‘tish taqiqlanadi.
Katta uzunlikdagi havo liniyalarini montaj va demontaj qilishda har bir alohida montaj qilingan 3 km uzunlikdagi uchastka simlarining uchlari tutashtirilishi va yerga ulanishi shart.
Ankyer tayanchidagi shleyflarni ulash, faqat ushbu tayanchga tutashgan ankyer oraliqlarida montaj ishlari tugaganidan sо‘nggina amalga oshirilishi lozim. 110 kV va undan yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining shleyflari ular ulanishigacha simlarga yoki tortiluvchi izolyatorlar shodasining travyersadan hisoblanganda tо‘rtinchi izolyatordan yaqin bо‘lmagan joyiga, 35 kV va undan past kuchlanishli liniyalarda esa faqat simlarga mahkamlangan bо‘lishi kyerak.
Momaqaldiroq yaqinlashayotganda va momaqaldiroq vaqtida simlarni montaj qilish bо‘yicha ishlarni bajarish, shuningdek odamlarning simlarni kо‘tarish va tortishda, hamda vizirlash vaqtida tayanchlar yonida bо‘lishi, simlar tagida turishi taqiqlanadi.
Simlarni kо‘tarishni boshlashdan oldin tayanchlar va langarlarning ishonchli mahkamlanganligi, takelajning sozligini tekshirish lozim. Tortishni kuchi tortuvchi mexanizmdan langarga о‘tkazish vaqtida simlarning ishonchli mahkamlanganligiga ishonch hosil qilish va shundan sо‘nggina tortuvchi trdalolatnomaorni ajratish lozim.
Simlarni 10 m/s va undan yuqori tezlikdagi shamolda va quyuq tumanda tortish taqiqlanadi.
Teleskopik minoralardan foydalanib ishlashda, minoralarni qiyaligi 30 dan oshmagan tekis joylarda teleskoplari kо‘tarilgan, biroq surilmagan holatda 20 km/h dan oshmagan tezlikda kо‘chirishga ruxsat etiladi, agar bu teleskopik minorani ekspluatatsiya qilish bо‘yicha zavod yо‘niqnomasiga zid bо‘lmasa.


Download 115.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling