O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Tojiev, I. Ne’matov, M. Ilxomov


Oddiy saqlovchi boshpana - erto‘la


Download 0.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/92
Sana11.03.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1258873
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92
Bog'liq
13177d8e08ecc2e9870b1cddc6da9b6c Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi (1)

 
Oddiy saqlovchi boshpana - erto‘la. Fuqarolarni muhofaza qilishda oddiy 
saqlovchi boshpanalar, (erto‘lalar) alohida o‘rin tutadi. Erto‘lalar qurilish 
konstruktsiyasiga ko‘ra oddiy himoya inshoatlari qatoriga kiradi, chunki uni 
qurish juda qiska vaqtda amalga oshiriladi. Ular ochiq va yopiq ko‘rinishda 
bo‘ladi. Ochiq erto‘lalarda odamlar radioaktiv shikastlanishdan ikki-uch marta 
kam zararlanadi (agar erto‘la dezaktivatsiya qilinmasa) va 20 barobarigacha (agar 
erto‘la dezaktivatsiya qilinsa) kam nurlanish dozasini oladi. Yopiq erto‘lalar esa 
radioaktiv zararlanishni 40-50 marta kamaytiradi. Erto‘lalar chuqurligi 200 sm., 
kengligi 120 sm., pastki qismi esa 80 sm., uzunligi esa odamlar soniga qarab 
tayyorlanadi.
 
o’rindiq 
Er 
o’rindiq 
Tuproq, poxol, qamish 
ochiq erto‘la
 
 
yopiq erto‘la 
Ochiq erto‘lada fuqarolar himoya vositalaridan foydalangan holda 
saqlanadilar.
Yopiq, erto‘lalar, radioaktiv changlarni, biologik tumanlarni, kimyoviy 
qurollarni kiyim-kechaklarga, terilarga tushishidan saqlovchi boshpana 
hisoblanadi. 
 


6.6. Fuqarolarni xavfsiz xududga evakuatsiya qilish 
 
Qirg‘in qurollari ta’siridan saqlash usullaridan yana biri - bu fuqarolarni 
falokat yuz bergan joydan vaqtinchalik uzoqlashtirish yoki butkul evakuatsiya 
qilish hisoblanadi. Ish bilan mashg‘ul bo‘lgan odamlarni xarbiy vaqtda 
vaqtinchalik shahardan tashqari hududga yoki boshqa qishloqqa ko‘chirishni biz 
uzoqlashtirish deb bilamiz. Lekin bunda ishchi xizmatchilar vaqtincha zararlangan 
hududdan chiqib turadilar. Qaytadan yana ishga kelganlarida hamma ehtiyot 
choralarini ko‘rib, o‘z faoliyatlarini boshlaydilar. Demak, vaqtinchalik 
ko‘chirishda ishlovchi odamlar ma’lum bir vaqt dam olib keladilar. 
Evakuatsiya deganda hammani bir vaqtda bir yashash joyidan ikkinchi 
yashash joyiga doimiy yashash uchun ko‘chirilish tushuniladi (asosan 
ishlamaydigan fuqarolar, nafaqaxo‘rlar, bolalar va kasallar evakuatsiya qilinadi). 
Evakuatsiya qilinganda alohida buyruq bo‘lmaguncha fuqarolar o‘sha joyda 
yashab turadilar. 
Xavfsiz hudud xavfli hududdan bir muncha uzoq masofada joylashgan 
bo‘lishi va xalqqa xech qanday xavf tug‘dirmasligi lozim. Yana xavfsiz hudud 
temir yo‘l, avtomobil yo‘llariga yaqin, ishchi xizmatchilarni ishga olib borib, yana 
qaytib kelishi uchun qulay bo‘lgan joylarda tashkil etiladi. Ishga bog‘liq 
bo‘lmagan ishchilar hududdan uzoqroq erga evakuatsiya qilinadi. 
Ikkinchi jahon urushi davrida O‘rta Osiyo Respublikalari xalqlari, 
evakuatsiya qilinganlarni o‘z bag‘rilariga olganlar. Masalan, Toshkentlik temirchi 
Shomahmudov Shoahmad ota 14 bola asragani hammaga ayon. 
Xavfsiz hududga vaqtinchalik yoki butunlay ko‘chirish ishlari ishlaydigan 
odamlar uchun ishlab chiqarish tamoyiliga ko‘ra, ishlamaydigan xalq uchun esa 
xududiy tamoyilga ko‘ra turar joy boshqarmasi orqali amalga oshirildi. Tadbirlar 
har bir ishlab chiqarish korxonasida yoki turar-joylarda bunday ishlar bilan 
shug‘ullanidigan boshliq o‘rinbosarlari tomonidan rejalashtiriladi va amalga 
oshiriladi. 
 


Ko‘chirish ishlarining hammasi evakuatsiya qilinadiganlarning yig‘iladigan
joyidan tashkillashtiriladi. Yig‘ilish joylari (Evakuatsiya punkti - EP) asosan, 
maktablar, klublar va boshqa jamoat inshootlari bo‘lishi mumkin. Xalqni 
ko‘chirish haqida ma’lumot olganda, darhol ishlab chiqarish korxonasi, o‘quv 
yurtlari, korxonalari, militsiya organlari hamda radio, televidenie orqali xalq 
xabardor qilinadi. Yg‘ilgan odamlar qayta hisobotdan o‘tkazilib, guruhlarga 
bo‘linadi, transport vositalariga taqsimlanib, ko‘rsatilgan vaqt ichida xavfsiz 
hududga etkazaladi. 
Yayov yuradiganlar oldindan tuzilgan mashrut bo‘yicha kolonna bo‘lib 
(kolonnada 500-1000 kishi) harakat qiladi. Bunda, albatta. guruhlarga bo‘linadi va 
har bir guruhda 50-100 kishi bo‘ladi. Kolonna har 1-1,5 soat yurishdan keyin 10-
15 daqiqa dam olib, aytilgan joyga borish bilan hamma kolonna a’zolarn tibbiy 
ko‘rigidan o‘tkaziladi. Bu erda evakuatsiya qilinganlarni qabul komissiyasi kutib 
oladi. Bu komissiyaga o‘sha joyning hokimiyat boshliqlari, korxona rahbarlari, 
oziq-ovqat, tibbiyot xizmatchilari kiradi. Ular odamlarni qabul qilib, hisobotni 
oladi va har birini joylashtiradi. Odamlar asosan, maktablarga, klublarga, 
kinoteatrlarga va shunga o‘xshaganlarga, ba’zan o‘sha erda yashovchi oilaga ham 
ma’lum qism odamlar taqsimlanadi. Joylashtirilgan har bir insonga tibbiy xizmati 
ko‘rsatilib, oziq-ovqat bilan ta’minlanadi. 
Evakuatsiya 
qilingan 
fuqarolar 
o‘sha erdagi ishlab chiqarish 
korxonalarining evakuatsiya qilingan qismida ishlashlari mumkin. 

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling