O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Videomontaj tizimlari. Video materiallarga ratsiya orqali ishlov berish, ularni 
montaj qilish, video effektlarni yaratish, materiallardagi nosoz joylarni tuzatish, 
tasmaga ovoz, titr va subtitrlarni tushirish uchun mо‘ljallangan. 
О‘zining rivojlangan ichki tasniflash tizimlariga ega bо‘lgan amaliy-dasturiy 
vositalarning ayrim toifalari о‘rgatuvchi, rivojlantiruvchi, ma’lumotlar beruvchi va 
kо‘ngilochar tizimlar hamda dasturlarni taqdim etadi. Dasturiy ta’minotning ushbu 
sinflarining о‘ziga xos tomonlari tarkibidagi mul’timediya qismiga talabning 
(musiqaviy kompozitsiyalardan foydalanish)da yuqoriligida. 
Fayllar dispetcherlari (fayl menejerlari). Ushbu sinfga mansub dasturlar 
yordamida fayllar tuzilmasiga xizmat kо‘rsatish bilan bog‘liq bо‘lgan amallar: nusxa 
kо‘chirish, fayllarning joyini kо‘chirish, qayta nomlash, kataloglar tuzish, fayllar va 
kataloglarni chiqarib tashlash, fayllarni izlash, fayllar tuzilmasida turli amallarni 
bajarish va hokazolar bajariladi. Bu maqsadga mо‘ljallangan bazaviy dasturiy 
vositalar, odatda, tizimli darajadagi dasturlar tarkibiga kiradi va amallar tizimi bilan 
birga о‘rnatiladi. Ammo kompyuter bilan ishlash qulayligini oshirish uchun 
foydalanuvchilarning kо‘pchiligi qо‘shimcha xizmat dasturlarini о‘rnatadilar. 
Ma’lumotlarni hajmini kamaytirish vositalari (arxivatorlar). Arxivlar fayllar 
yaratish uchun mо‘ljallangan. Ma’lumotlarni arxivlash, ularni fayllar va 
kataloglarning katta guruhlari bir arxiv fayliga keltirilishi hisobiga saqlashni 
soddalashtiradi. Bunday arxiv fayllarida, odatda, axborot yozish yuqori zichlikda 


200 
bо‘lishi 
hisobiga axborot tashuvchidan foydalanish samarasi oshadi. 
Arxivatorlardan kо‘p hollarda qimmatli ma’lumotlardan zaxira nusxalari yaratish 
uchun foydalaniladi. 
Kо‘rib chiqish va qayta tiklash vositalari. Odatda, ma’lumot fayllari bilan 
ishlash uchun ularni bu fayllar yordamida tuzilgan "ota-ona" amaliy tizimga yuklash 
kerak. Bu esa hujjatlarni kо‘rib chiqish va ularga о‘zgartirishlar kiritish imkonini 
beradi. Ammo tahrirsiz faqat kо‘rib chiqish talab qilingan hollarda turli tipdagi 
hujjatlarni kо‘rib chiqish imkonini beruvchi ancha sodda va universal vositalarni 
ishlatish qulaydir. 
Ovozni yoki tasvirni yozish hamda ayrim hollarda esa kо‘rib chiqish termini 
о‘rniga hujjatlarni qayta tiklash termini qо‘llaniladi. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling