O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


HTML muharrirlari (Web-muharrirlari)


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

HTML muharrirlari (Web-muharrirlari). Bu о‘zida matn va grafik 
muharrirlarining xususiyatlarini birlashtiruvchi muharrirlarning alohida toifasidir. 
Ular Web hujjatlar (Internetning Web-sahifalari) deb ataluvchi hujjatlarni tuzish va 
tahrir qilishga mо‘ljallangan. Web hujjatlar elektron hujjatlar bо‘lib, ularni 
tayyorlashda Internetdan axborotni qabul qilib olish va uzatish bilan bog‘liq bо‘lgan 
amallarni bajaruvchi elektron hujjatlardir. 
Nazariy jihatdan olganda Web hujjatlarni tuzish uchun odatdagi matn 
muharrirlari va protsessorlaridan, shuningdek, vektor grafikasining grafik 
muharrirlarining ayrimlaridan foydalanish mumkin, ammo Web-muharrirlar Web-
dizayinchilarning mehnat unumdorligini oshiruvchi bir qator foydali funksiyalarga 
ega. Bu toifa dasturlarini, shuningdek, elektron hujjatlarni va mul’timediya 
nashrlarini tayyorlashda samarali ishlatish mumkin. 


198 
Brouzerlar (sharhlovchilar, Web hujjatlarni kо‘rib chiqish vositalari). Bu 
toifada HTML kо‘rinishda bajarilgan elektron hujjatlar (bu formatdagi hujjatlar Web 
hujjatlar sifatida ishlatiladi)ni kо‘rib chiqishga mо‘ljallangan dasturiy vositalar 
kiradi. Zamonaviy brouzerlar faqatgina matn va grafikani qayta tiklash bilan 
cheklanmaydi. Ular musiqani, inson nutqini qayta yozishlari, Internetda radio 
eshittirishlarini eshitib kо‘rishni, video konferensiyalarni kо‘rib chiqishni, elektron 
pochta xizmatlari, telekonferensiyalar (yangiliklar guruhlari) tizimi bilan ishlashni 
ta’minlashi va kо‘plab boshqa vazifalarni bajarishi mumkin. 
Ish 
yuritishning 
integrallangan 
tizimlari. 
Rahbarning 
ish 
joyini 
avtomatlashtirish vositalaridan iborat. Bunday tizimlarning asosiy vazifalariga eng 
oddiy hujjatlarni yaratish (tuzish), tahrir qilish, formatlash vazifalari, elektron 
pochta, faks va telyefon aloqasi funksiyalarini markazlashtirish, korxonaning 
hujjatlar aylanmasini dispetcherlashtirish, monitoring qilish, ma’muriy xо‘jalik 
faoliyatini optimallashtirish hamda tezkor axborotlarni yetkazib berish kiradi. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling