198
Brouzerlar (sharhlovchilar, Web hujjatlarni kо‘rib chiqish vositalari). Bu
toifada HTML kо‘rinishda bajarilgan elektron hujjatlar (bu formatdagi hujjatlar Web
hujjatlar sifatida ishlatiladi)ni kо‘rib chiqishga mо‘ljallangan dasturiy vositalar
kiradi. Zamonaviy brouzerlar faqatgina matn va grafikani
qayta tiklash bilan
cheklanmaydi. Ular musiqani, inson nutqini qayta yozishlari,
Internetda radio
eshittirishlarini eshitib kо‘rishni, video konferensiyalarni kо‘rib chiqishni, elektron
pochta xizmatlari, telekonferensiyalar (yangiliklar guruhlari) tizimi bilan ishlashni
ta’minlashi va kо‘plab boshqa vazifalarni bajarishi mumkin.
Ish
yuritishning
integrallangan
tizimlari.
Rahbarning
ish
joyini
avtomatlashtirish vositalaridan iborat. Bunday tizimlarning asosiy vazifalariga eng
oddiy hujjatlarni yaratish (tuzish), tahrir qilish,
formatlash vazifalari, elektron
pochta, faks va telyefon aloqasi funksiyalarini markazlashtirish,
korxonaning
hujjatlar aylanmasini dispetcherlashtirish, monitoring qilish, ma’muriy xо‘jalik
faoliyatini optimallashtirish hamda tezkor axborotlarni yetkazib berish kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: