O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

 
 
 
 
 
 
© M.E. Mamarajabov va bosh., 2019 
ISBN 978-9943-5876-1-8 
© «Nodirabegim» nashriyoti, 2019 



K I R I S H 
Ushbu darslik pedagogika oliy o`quv yurtlari 5110700 – Informatika o`qitish 
metodikasi ta’lim yo`nalishi talabalari uchun kompyuter ta’minoti fani uchun ishlab 
chiqilgan. 
Informatika yo`nalishidagi fanlar qisqa fursatda dunyoga kelib, katta tezlikda 
rivojlanib kelmoqda. U rivojlanish bilan birga boshqa sohalarga ham kirib borib
uning rivojiga hissa qo`shmoqda. Shu bilan birga bu fan bir necha fan sohalariga 
ajralmoqda. Masalan, bugungi kunda har kuni yangidan yangi kompyuter 
qurilmalari, kompyuter dasturlari ishlab chiqarilmoqda. Zamonaviy kompyuter 
bilimlardan boxabar bo`lish, ularning imkoniyatlaridan to`liq va unumli foydalanish 
uchun yetarli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lishlari zamon talablaridan biri 
hisoblanadi.
Darslik bo`lajak fan o`qituvchisi egallashi kerak bo`lgan bilimlar va 
ko`nikmalar majmuini o`z ichiga oladi: 
- Kompyuter avlodlari va ularning klassifikasiyasi, kompyuterning 
arxitekturasi va ishlash prinsiplari, shaxsiy kompyuterlarning ta’minoti va uning 
turlari, kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari, 
kanalli va shinali sistemotexnika, mikroprosessor va kompyuter xotirasi, uzishlar 
tizimi,yarim o‘tkazgichli mikroelektronikaning fizik asoslari, mikroprosessor 
turlari, mikroprosessorlarning ishlash va faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlari, 
mikroprosessorning tuzilishi, xotira va uning ishlash imkoniyatlari, registrlar va 
ularning turlari, tizimli dasturiy ta’minot turlari bilan ishlash, operatsion tizimlar va 
ularning turlari, Windows operatsion tizimi va uni kompyuterga o‘rnatish, 
fayllarga hizmat ko‘rsatuvchi dasturlar, arxivlashtirish dasturlari, antivirus dasturiy 
vositalar, amaliy dasturiy ta’minot va uning imkoniyatlari, ofiss dasturlarining 
ya’ni versiyalar, kompyuterning grafik imkoniyatlari va ularning turlari, amaliy 
dasturlar paketi va ularning kasbiy soxalarda qo‘llanilishi, matematik masalalarni 
yechish va ularning grafiklarini yaratishga mo‘ljallangan dasturlar, bugalteriya, 
iqtisod va boshqa sohalarda qo‘llaniladigan dasturlar, dasturlash texnologiyasi va 
uning imkoniyatlari, Visual Basic dasturlash tili va uning imkoniyatlari, delphi 



dasturlash tili va uning imkoniyatlari, C++ dasturlash tili va uning imkoniyatlari, 
dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari, Elektron va multimediyali 
qo‘llanmalarni yaratishda foydalaniladigan texnologiyalar. 
“Kompyuter ta’minoti” fanini o`qitishdan maqsad – informatika 
o`qituvchisining kasbiy sohasida egallashi lozim bo`lgan bilimlar va amalda 
qo`llash uchun ko`nikma va makalalarni shaklantirish va rivojlantirishdan iborat. 
Unda har bir kasb egasining faoliyatida kerak bo`lgan tayanch nazariy va amaliy 
ma’lumotlarni o`z ichiga oladi.  
Kompyuter ta’minoti fanining vazifasi: 
- kompyuter texnikasi, arxitekturasi tushunchasi, ishlash prinsiplari, asosiy 
texnik vositalari bilan tanishish; 
- mikroprotsessorlar, ularning turlari, fazifalari, imkoniyatlari, ahamiyati, 
ulardan foydalanishni o`zlashtirish 
- chiplar, mikroelektron priborlar va qurilmalarning tuzilish prinsipi, tezkor 
va doimiy hotira qurilmalarini tashkil etish 
- sistemali dasturlash va uning asosiy vazifalari, kompyuter resurslari, 
operasion sistemalar, operasion sistemalarning rivojlanishi va asosiy funksiyalari, 
operasion sistema tarkibi: ichki(o`rnatilgan) va tashqi(utilit–dasturlar), operasion 
sistema buyruqlari, tarmoq operasion sistemalari, zamonaviy operasion sistemalar
- amaliy dasturiy ta’minot, matnlar, grafik va tovushli axborotlar bilan ishlash 
sistemalari, zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemalari, jadval 
prosessorlar, integrallashgan dasturiy vositalarni ishlatish asoslarini bilish. 
«Kompyuter ta’minoti» darsligini o`zlashtirish jarayonida amalga 
oshiriladigan masalalar doirasida: 
Mikroprotsessorlarni, mikroprotsessorlar zamonaviy kompyuterlarning 
mikroelektron asosi sifatida, kompyuter xotirasi, uzishlar tizimi, registrlar va 
xotiraga murojaat etish modeli, prosessorning ish rejimlari, shaxsiy kompyuterning 
tashqi qurilmalarini boshqarish tamoyillarini, ma’lumotlarni kiritish-chiqarishning 
bazaviy tizimi, mashinaga mo`ljallangan dasturlash tili, kompyuter arxitekturasini 



rivojlanishining 
zamonaviy 
tendensiyalarini 
mustaqil 
bajara 
olishi, 
mikroprotsessorlarning ishlash va faoliyat ko`rsatish tamoyilarini, ularning turlarini 
ajrata bilishni, ularni ekspluatasiya qilish, zamonaviy kompyuterlarning 
arxitekturasi va apparat ta’minoti, kompyuterning zamonaviy dasturiy ta’minotlari 
va xizmat ko`rsatuvchi dasturlar ta’minot, operasion tizimlarni o`rnatish hamda 
ularga xizmat ko`rsatish, grafik qobiqlar, matn muxarirlari, jadval dasturlari, kasbiy 
sohasida uchraydigan kompyuter bilan bog’liq turli hil texnik muammolarni hal qila 
olishi, ularning turini farqlay olishi, ularning imkoniyatlarini aniqlashi, baholay 
bilishi, texnik qurilmani tanish, almashtirish, tuzatish, texnik nosozligiga to`g’ri 
tashhis qo`ya olish, kompyuter texnologiyalari bilan ishlash va ularni 
takomillashtirish operasion tizimni o`rnata olishi va yangilariga o`zgartirish, amaliy 
dasturlar paketida ishlash, dasturlash texnologiyalarining uskunaviy vositalarida 
ishlash kabi bilim, ko`nikma va malakalariga ega bo`lishadi. 




Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling