O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov
Kompyuterlarning klassifikasiyasi
Download 3.68 Mb. Pdf ko'rish
|
kompyuter taminoti daslik 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Katta kompyuter
- Portativ kompyuter
Kompyuterlarning klassifikasiyasi. Kompyuterlar xotirasining hajmi,
amallarni bajarish tezligi va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda 5 guruhga bo`lish mumkin: Super kompyuter. Juda katta tezlikni va katta hajmdagi masalalarni yechish uchun mo`ljallangan kompyuterlar. Ular yordamida ob-havo global prognozi, uch o`lchovli fazoda turli oqimlarning kechishi, global axborot tizimlari va hokazolarni boshqarish masalalari bajariladi. Bunday kompyuterlar soni jahonda 500 ta. Katta kompyuter. Fan texnikaning turli sohalariga oid masalalarni yechishga mo`ljallangan kompyuterlar. Mini kompyuter. Katta kompyuterlardan bir pog`ona past kompyuterlar. PC-Shaxsiy kompyuter. Hozirgi kunda korxonalar, o`quv yurtlar, turli muassasalar va xonadonlarda keng tarqalgan kompyuterlar. Notebook - Bloknot kompyuter. Hajmi ixcham va elektr energiyasi ichiga o`rnatilgan batareya (akumlyator) orqali ta`minlaydigan SHKlar. Portativ kompyuter. kompyuter eng oddiy sondagi elektron qismlardan tashkil topgan bo`lib, bu qismlarga nisbatan bajariladigan eng oddiy vazifalarning turi esa juda ham oz. Kompyuterlarning bunday elementlari va vazifalari o`tgan 45- 50- yillar ichida deyarli o`zgarmadi, ammo bu elementlarning fizik tuzilishida muhim o`zgarishlar yuz berdi. Kompyuterlarning har bir rivojlanish bosqichi kompyuterlarning elementlar majmui bilan, ya`ni elementlar bazasi orqali 11 belgilanadi. EHMning elementlar bazasi o`zgarishi bilan uning xususiyatlari, tashqi ko`rinishi va imkoniyatlari ham o`zgarib bordi. Inson tomonidan shu paytgacha ixtiro qilingan hech bir texnik qurilma EHMlar kabi jadal rivojlanmagan. Har 10-12 yilda EHMning tuzilishi va ishlab chiqarilishida katta o`zgarishlar yuz bergan. Bunday keskin o`zgarishlar natijasida ular eski EHMlarni yangi modellarning qo`llanilish sohalari tobora kengaytirilib borildi va natijada ular eski EHMlarni siqib chiqara boshladi. Hisoblash texnikasining rivojlanish davrida biri o`rniga boshqasi vujudga keladigan EHM avlodlari haqida gapirish o`rinlidir. Shunday qilib, hisoblash texnikasi avlodlarining almashishi asosida EHMning elementlar bazasining yangilanishiga asoslanadi. Ya`ngi elementlar bazasining vujudga kelishi EHM qismlari, ishlashining yangi tamoyillarini, materiallarning yangi xossalarini va ishlab chiqarishning yangi usullarini ochishga olib keladigan fundamental va amaliy fan sohalarining rivojlanishiga bog`liqdir. Elementlar bazaning yangilanishi hisoblash texnikasini ishlab chiqaradigan zavodlarni to`la qayta qurishni, yangi texnologik jarayonlar, jihozlar va boshqa uskunalarni ishlab chiqarishni taqozo etadi. Shuning uchun bunday almashish hisoblash texnikasining xususiyatlarini tubdan yaxshilay olgandagina o`zini oqlaydi. Download 3.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling