O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Hisobchilik (bug’alterlik) tizimlari


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Hisobchilik (bug’alterlik) tizimlari. Bu о‘zida matn va jadval muharrirlarini, 
elektron jadval bazalarini boshqarish tizimlarining vazifalarini birlashtirgan 
ixtisoslashgan tizimdir. U korxonaning birlamchi (boshlang‘ich) bug’alteriya 
hujjatlarini tayyorlash va ularni hisobga olishni avtomatlashtirish, shuningdek
ishlab chiqarish, xо‘jalik, moliyaviy faoliyat yakunlari bо‘yicha soliq idoralari 
byudjetidan tashqari jamg‘armalar va statistika hisobi idoralariga taqdim etish uchun 
belgilangan shakllardagi muntazam hisobotlarni avtomatik tarzda tayyorlash uchun 
mо‘ljallangan. Garchi nazariy jihatdan olganda bug’alteriya tizimiga xos bо‘lgan 
hamma ishlarni yuqorida sanab о‘tilgan boshqa dasturiy vositalar bilan ham bajarish 
mumkinligiga qaramay, turli xil vositalarning bir tizimga integrallashganligi tufayli 
bug’alteriya tizimlardan foydalanish qulayroqdir. 
Korxonada bug’alteriya hisobining avtomatlashtirishgan tizimini joriy qilish 
masalasi hal qilinayotgan paytda unga meyoriy hiquqiy baza о‘zgarganda bunga 
moslashish vositalari mavjud bо‘lishi zarurligini hisobga olish kerak. Rossiyada 
meyoriy-hiquqiy baza haddan tashqari nomо‘tadilligi bilan ajralib turishi va tez-tez 
о‘zgarishlar bо‘lishi munosabati bilan, garchi bu tizimdan foydalanuvchilardan 


199 
yuqori malaka talab qilsa ham, tizimni moslanuvchan tarzda qayta sozlay olish 
imkoniyati majburiy vazifa hisoblanadi. YA’ni bug’alteriya tizimida uni qayta 
sozlash imkoni kо‘zda tutilishi shart. 
Moliyaviy tahliliy tizimlar. Bu toifa dasturlari bank va birja tuzilmalarida 
ishlatiladi. Ular moliya, tovar va xom-ashyo bozorlaridagi vaziyatni nazorat qilish, 
rо‘y berayotgan hodisalarni tahlil qilish, ma’lumotlar va hisobotlar tayyorlash 
vazifasini bajaradi. 
Geoaxborot tizimlari (GAT) kartografiya va geodeziya ishlarini tipografik 
hamda aerokosmik usullardan olingan axborot asosida avtomatlashtirishga 
mо‘ljallangan. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling