O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Diagnostika vositalari dasturiy va apparat ta’minotlari diagnostika jarayonlarini 
avtomatlashtirish uchun mо‘ljallangan. Ular zarur bо‘lgan tekshirishlarni о‘tkazadi, 
tо‘plangan axborotni qulay va kо‘rgazmali shaklda chiqarib beradi. Ulardan faqat 
nosozliklarni bartaraf etish uchungina emas, balki kompyuter tizimini 
optimallashtirish uchun ham foydalanadilar. 
Nazorat (monitoring) vositalari. Nazoratning dasturiy vositalari monitoring 
deb ataladi. Kompyuter tizimida rо‘y berayotgan jarayonlarni kuzatish imkonini 
beradi. Bunda ikki xil yondashuv bо‘lishi mumkin. Bular: real-vaqt rejimida kuzatuv 
va maxsus-bayon fayli natijalariga yozib borib nazorat qilish. Birinchi 
yondashuvdan, odatda, hisoblash texnikasi ishini optimallashtirish va uning 
samaradorligini kо‘tarish yo’llari izlanayotganda foydalaniladi. Ikkinchi 
yondashuvni monitoring avtomatik va masofadan turib amalga oshirilayotganda 
ishlatadi. Keyingi holda monitoring natijalarini uzoqda joylashgan texnik qо‘llab-
quvvatlash xizmatiga dasturiy va apparat ta’minotlari ishidagi nizolarining 
sabablarini bartaraf etish uchun berish mumkin. 
Real vaqt rejimida ishlaydigan monitoring vositalari kompyuter bilan ishlash 
usullarini amaliy о‘rganish uchun alohida foydalidir, chunki ular, odatda, 
foydalanuvchining kо‘zlaridan pinhon bо‘lgan jarayonlarni kо‘rgazmali ravishda
yaqqol aks ettirish imkonini beradi. 


201 
О‘rnatish monitorlari. Bu toifadagi dasturlar dasturiy ta’minotning о‘rnatilishi 
ustidan nazorat qilish uchun mо‘ljallangan. Ushbu dasturiy ta’minotga zarurat shu 
bilan bog‘liqki, turli toifadagi dasturiy ta’minotlar о‘rtasida aloqalarni о‘rnatishi 
mumkin. Vertikal (darajalar о‘rtasidagi) aloqalar barcha kompyuterlarning ishlashi 
uchun zarur shartdir. Gorizontal (darajalar ichidagi) aloqalar aynan bir xil 
resurslarning turli dasturiy vositalar tomonidan birgalikda ishlatilishi tamoyilini 
qо‘llab-quvvatlovchi amallar tizimi bilan ishlovchi kompyuterlar uchun 
xarakterlidir. U holda ham, boshqa hollarda ham dasturiy ta’minot 
о‘rnatilayotganida yoki olib tashlanayotganida boshqa dusturlarning ish qobiliyatida 
buzilishlar rо‘y berishi mumkin. 
О‘rnatish monitorlari о‘rab turgan dasturiy muhitning holati va unda rо‘y 
berayotgan о‘zgarishlarni kuzatadi, yangi aloqalarning paydo bо‘lishini о‘rganadi 
hamda bayonlashtiradi va dasturlar о‘rnatilishi natijasida yo’qotilgan aloqalarni 
tiklash imkonini beradi. 
Dasturlarni о‘rnatish va olib tashlashni boshqarishning sodda vositalari, odatda, 
amallar tizimi tarkibiga kiradi va dasturiy ta’minotning tizimli darajasida 
joylashtiriladi, ammo ular kamdan-kam hollardagina yetarlicha bо‘ladi. Shuning 
uchun yuqori darajada ishonchlilik talab qilinadigan hisoblash texnikasi vositalarida 
qо‘shimcha xizmat dasturlaridan foydalaniladi. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling