202
Passiv himoya qilish vositasi sifatida zaxira nusxalari olishga foydalaniladigan
dasturlar ishlatiladi. Kо‘pincha ular arxiv dispetcherlari (arxivatorlari)ning bazaviy
xususiyatlariga ega bо‘ladi. Faol himoya vositalari sifatida antivirus dasturiy
vositalari qо‘llaniladi. Ma’lumotlarni ruxsat olmay ularga qо‘llash, ularni kо‘rib
chiqish va о‘zgartirishdan himoya qilish uchun kriptografiyaga asoslangan maxsus
tizimlardan foydalaniladi.
20-§.Ofis dasturlarining yangi versiyalari
Microsoft Officeda yangi ofis paketi yaratildi. U avvalgidan ancha qulay,
tо‘liq qayta tuzilgan interfeys mavjud. Odatiy anjomlar paneli mavzu bо‘yicha
buyruqlar tо‘plamiga о‘zgartirilgan, ular
foydalanuvchining u yoki bu
xarakatlariga javoban ekranda paydo bо‘ladi. Microsoft Office 2019 (kod nomi
- Office 17) - Microsoft Office Suitening keyingi versiyasidir. Ushbu Microsoft
Office yangilanishi 2018 yil 24-sentyabrda Windows 10 va MacOS uchun
taqdim etildi. Microsoft Office 2019 paketi ishlashi uchun tezkor xotira kamida
4 GB, protsessor 1.60
MHz takt chastotali, qattiq diskda kamida 4 Gb joy
bо‘lishi kerak.
Microsoft Office 2019 asosan oxirgi uch yil davomida Office 365-ga
bosqichma-bosqich qo'shilgan barcha xususiyatlarni o'z ichiga oldi. Yangilanish
Word, Excel, PowerPoint, Outlook, Project, Visión, Access va Publisher-larga
ta'sir ko'rsatdi. Bundan tashqari, Office 2019 endi Windows 7 va Windows 8.1
ni qo'llab-quvvatlamaydi. Yani endi Microsoft Office 2019
ni kompyuterga
o’rnatmoqchi bo‘lsak OS albatta Windows 10 bo’lishi talab etiladi
Microsoft Officening yangi versiyasida (rasmiy ravishda, bu Office 2016)
nisbatan yangi interfeyslarni ko'rishimiz mumkin Shunday qilib, ofis
dasturlarining
ko'rinishi
soddaligi
va
minimalizmning
zamonaviy
tendentsiyalarini aks ettirish uchun qayta ko'rib chiqildi.
Quyida Microsoft
Officening yangi va eski versiyalarini taqqoslashimiz mumkin