O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Excel dasturi va uning imkoniyatlari


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Excel dasturi va uning imkoniyatlari 
Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979 yili Visicals 
(Visiblencalculators-ko‘rinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts 
firmasida yaratilgan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va ko‘p 
jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlangan.1981 yili IBM PS kompyuteri 
paydo bo‘lishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila 
boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi ko‘rinishlari paydo bo‘ldi, shu 
bilan birgalikda Microsoft-Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo 
bo‘ldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi. 
Hisoblashlar natijalarini ko‘rgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan 
grafik rejimlarining paydo bo‘lishi bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi 
qadami bo‘ldi.1983 yil LOTUS firmasining 1 – 2 – 3 paketlari chiqib, kutilgandan 
ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi. Ammo 1997 yil Microsoft firmasi tomonidan 
EXCEL dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham o‘z sinfidagi eng kuchli dastur 
hisoblanadi. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) 
qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz 
natijasini bezash, ko‘rgazmaliroq ko‘rsatish va chop etish imkoniyatini beradi. 
EXCELning ommaviy imkoniyatlarini o‘zlashtirish qiyin emas, ammo dasturning 
murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli, ular bilan tanishish uzoq 
davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi - yangi 
imkoniyatlarini ko‘rish mumkin. 
EXCEL bugungi kunda mashhur elektron dasturlash jadvallaridan biridir. 
Undan ishbilarmonlar, o‘qimishli kishilar, hisobchilar va jurnalistlar foydalanadilar. 


209 
Uning yordamida turli xildagi riyxatlar, kataloglar, jadvallar, moliyaviy va statik 
hisobotlar, jamoa fikrini hisobga olish biznes korxonalarini rejalashtirish, ilmiy 
eksperimentlar natijasini ishlab chiqish, prezentasion materiallar tayyorlash 
mumkin. Xullas, EXCEL qulay elektron jadvaldir. 
Jadvallarni jihozlash turli xil bo‘ladi, formatlashda berilgan imkoniyatlar 
xuddi yaxshi matn prosessordek, shriftlarni o‘zgartirish mumkin, rasm chizishni
qatorlar ajratishni, qatorli yoki alohida yacheykalardagi matnni rang bilan ko‘pincha 
(agar sizda rangli printer bo‘lsa) ramkali va chiziqli, oblastlarni ranglash, berilgan 
jadvallarda grafik va diagramalar ko‘rish, jadvallarga rasmlar quya qilish va 
hokazolarni bajarish mumkin.
EXCEL hujjatlari ,ya’ni qayta ishlash obyektlari bo‘lib ixtiyoriy nomli ,.XLS 
kengaytmali fayl hisoblanadi. Bunday fayl ishchi kitob deb ataladi.
MS Excel 2003 dasturida elektron jadval kompyuter xotirasida joylashgan 1 
dan 16384 gacha raqamlangan satrlardan va lotin harflari A, B, ..., Z, AA , AB, ... 
deb raqamlangan 256 ta ustundan iborat edi.
MS Excel 2007 dasturida esa 16,4 ming ustun va 1 mln.dan ortiq satr mavjud 
MS Excel 2013 va unyan yangi versiyalarida esa ustun va satrlar miqdori 
cheklanmagan. 
Ustun va satrlar kesishish joyida yacheyka (katak) joylashgan. Ixtiyoriy 
katakka boshlang‘ich qiymatlar son yoki matn, shuningdek, ixtiyoriy axborotni 
hisoblash uchun formula kiritish mumkin. Ustun kengligi va satr balandligini 
o‘zgartirish mumkin. 
MS Excel dasturida qo‘llash mumkin bo‘lgan asosiy imkoniyatlar: 
- katta hisoblash ishlarini talab qiluvchi masalalarni yechish; (hisobotlar 
yaratish, natijalarni tahlil qilish); 
- diagramma yaratish; 
- ro‘yhatlari tashkil etish (murakkab tuzilishdagi ro‘yhatlarni yaratish va 
foydalanish); 
- boshqa turdagi ma’lumotlar bilan ishlash (har xil turdagi manbalardan 
ko‘plab ma’lumotlarni import qilish); 


210 
- rasmlar va sxemalarni yaratish (SmartArt shakl va obyektlari); 
- murakkab masalalarni bajarishni avtomatlashtirish (makroslar 
yordamida).
Microsoft Excel 2013 jadval prosessori interfeysi 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling