O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. E. Mamarajabov, sh sh. Adinayev, R. A. Razzokov


Download 3.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/190
Sana08.09.2023
Hajmi3.68 Mb.
#1674427
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   190
Bog'liq
kompyuter taminoti daslik 2019

Ekspert tizimlari. Bu tizimlar bilimlar bazasida mavjud bо‘lgan ma’lumotlarni 
tahlil qilish va foydalanuvchilarning sо‘rovlariga kо‘ra, tavsiyalar berishga 
mо‘ljallangan. Bunday tizimlarni boshlang‘ich ma’lumotlar yaxshi shakllanayotgan 
(formallashayotgan), ammo qaror qabul qilish uchun keng miqyosdagi maxsus 
bilimlar talab qilingan hollarda qо‘llaniladi. Ekspert tizimlari ishlatiladigan о‘ziga 
xos sohalarga huquqshunoslik, tibbiyot, dorishunoslik va kimyo kiradi. Kasallik 
belgilarini yig‘indisiga kо‘ra, ekspert tizimlarda tashxis qо‘yish, dori-darmonlar, 


197 
ularning dozasi (miqdori)ni va davolash kursining dasturini belgilashga yordam 
beradi. Voqea belgilarining yig‘indisiga kо‘ra, huquqiy tizimlar unga huquqiy baho 
berish, ayblovchi tomonda bо‘lganidek, himoya tomonda ham harakat qilish tartibini 
taklif qilishlari mumkin. 
Ekspert tizimlarining о‘ziga xos xarakterli tomoni, о‘z-о‘zini rivojlantirishga 
qodirligida. Boshlang‘ich (dastlabki) ma’lumotlar bilimlar bazasida faktlar shaklida 
saqlanadi, ular orasida mutaxassis-ekspertlar yordamida munosabatlarning ma’lum 
bir tizimi о‘rnatiladi. Agar ekspert tizimini testdan о‘tkazish paytida aniq masalalar 
bо‘yicha notо‘g‘ri tavsiyalar berayotgani yoki umuman xulosa berolmasligi 
aniqlansa, bu yo uning bazasida muhim omillarning yo’qligini yoki 
munosabatlarning mantiqiy tizimida buzilishlar borligini bildiradi. U holda ham, bu 
holda ham ekspert tizimi ekspertga sо‘rovlarning yetarlicha tо‘plamini 
shakllantiradi va о‘z sifatini о‘zi avtomatik tarzda kо‘tara oladi. 
Ekspert tizimlarini qо‘llash ilmiy-texnik faoliyatning bilimlar muhandisligi deb 
ataluvchi alohida sohasiga bog‘liqdir. Bilimlar muhandislari bular ekspert tizimini 
ishlab chiqaruvchilar (dasturchilar) va fan-texnikaning mukammal sohalaridagi 
yetakchi mutaxassislari о‘rtasidagi bо‘g‘in sifatida qaraluvchi, alohida malakali 
mutaxassislardir. 

Download 3.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling