272
Kommentariya dastur matniga tushuncha berish uchun ishlatiladi. Dastur
matniga kommentariya kiritish uchun qatorning boshiga yoki kommentariya
kiritilayotgan matn boshiga (') belgisi kiritiladi. Bu belgidan keyin kelgan ixtiyoriy
mant kommentariya deb qabul qilinadi, ya’ni Visual Basic ularni transliyatsiya
qilmaydi
27-§. Delphi dasturlash tili va uning imkoniyatlari
Delphi dasturlash muhiti
Delphi -Windows operatsion tizimida dastur yaratishga yo’naltirilgan
dasturlash muxitidir. Delphida dastur tuzish zamonaviy vizual loyihalash
texnologiyalariga asoslangan bo’lib, unda dasturlashning ob’ektga yo’naltirilgan
g’oyasi mujassamlashgan. Delphida dastur Turbo Pascal dasturlash tilining rivoji
bo’lgan Object Pascal tilida yoziladi.
Delphi -bir necha muhim ahamiyatga ega bo’lgan texnologiyalar
kombinatsiyasini o’zida mujassam etgan:
yuqori darajadagi mashinali kodda tuzilgan komplyator;
ob’ektga yo’naltirilgan komponentalar modellari;
dastur ilovalarini vizual tuzish;
ma’lumotlar bazasini tuzish uchun yuqori masshtabli vosita.
Delphi o’zida bir qancha zamonaviy ma’lumotlar bazasini boshqarish
tizimlari dasturlash texnologiyalarini ham ma’lumotlar bazasini yaratishda ishlatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: