O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika


III BOB. INTELLEKTUAL NUQSONLI BOLALAR


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/62
Sana18.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1707417
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62
Bog'liq
Maxsus pedagogika

 
III BOB. INTELLEKTUAL NUQSONLI BOLALAR 
 
1.Oligofren bolalar ta’rifi 
Amaliyotda "aqlan zaif", "oligofren", "demensiya" degan 
atamalar ko‘p ishlatiladi. "Aqlan zaiflik" — bu yig‘ma tushuncha 
bo‘lib, aqliy jihatdan qoloqlikning sodir bo‘lgan vaqti, boshidan 
kechirilgan kasallikning xarakteri, patologik o‘zgarishlarning o‘tishi, 
darajasi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni ko‘zda tutadi. 
Aqliy qoloqlikni belgilashda klinik, psixologik va pedagogik 
mezonlarni tafovut qilmoq kerak. Klinik mezon — aqliy qoloqlik va 
bu markaziy nerv sistemasining qanday organik kasalliklariga 
aloqadorligini, psixologik mezon-bilish faoliyatining turg‘un buzil-
ganligini; pedagogik mezon — o‘zlashtirish qobiliyati past bo‘lib, 
bolaning dastur materiallarini o‘zlashtira olmasligini ifodalaydi. 
Oligofreniya bola markaziy nerv sistemasining ona qornidaligi 
davrida, tug‘ilish vaqtida va tug‘ilgandan to uch yoshgacha bo‘lgan 
davr ichida shikastlanishi, kasallanishi natijasida kelib chiqadi. 
Agarda, turli sabablarga ko‘ra, aqlan zaiflik bolaning uch yoshidan 
keyingi davrida paydo bo‘lsa, buni endi orttirilgan aqliy zaiflik - 
demensiya deb yuritiladi. Demensiya progressiv, ya’ni tabiatan 
kuchayib boradigan bo‘ladi. Oligofreniyada esa nuqsonning 
kuchayib borishi kuzatilmaydi. 
Kelib chiqish sabablariga ko‘ra oligofreniya tug‘ma, hamda 
orttirilgan bo‘lishi mumkin. 
Rezus faktorning to‘g‘ri kelmasligi, xromosom kasalliklari, 
fenilketonuriya va shu kabilar tug‘ma oligofreniyaga olib kelishii 
mumkin. 
Masalan, oligofreniyaning, Daun sindromi deb ataladigan bir 
turli xromosomalar nisbatining buzilishi natijasida 46 ta yoki 23 juft 
xromosoma o‘rniga bitta ortiqcha xromosomaning vujudga kelishi 
natijasida paydo bo‘ladi. Shunisi qiziqki, irsiy hujayralardagi 
patologik o‘zgarishlar Daun sindromli barcha oligofren bolalarning 
tashqi ko‘rinishini bir xil qilib qo‘yadi. Ular kam harakat, ko‘zlari 


50 
qisiq, burni puchuq, tili katta, lablari qalin, shalpangquloq, barmoq-
lari kalta bo‘ladi va hokazo. Millatidan qat’i nazar, ular bir ota-
onaning bolasiga o‘xshab ketishadi. 
Onaning xomiladorlik davrida turli kasalliklar — og‘ir virusli 
gripp, tif, qizilcha bilan kasallanishi, ona organizmidagi turli 
parazitlarning homilaga yuqishi, xomilaning shikastlanishi, ota-
onalarning alkogolizmi, ham oligofreniyaga sabab bo‘lishi mumkin. 
Fransuz olimlari alkogolizmga giriftor oilalarda tug‘ilgan 57 
nafar bolani uzoq muddat kuzatib borib, ularning 25 nafari 1 yoshga 
to‘lmasdan nobud bolganini, 5 nafari tutqanoq 5 nafari gidrotsefaliya 
(bosh miyada istisqosi) kasalligi bilan og‘riganini, 12 nafari aqlan 
zaif bolgani va faqat 10 nafar bola sog‘lom chiqqanini aniqlagan. 
Tug‘ruq vaqtida bolaning ombur yoki vakuum ekstraktor bilan 
olinishi, bola boshining siqilishi, bolaning tug‘ilish yo‘lidan uzoq 
o‘tishi, cho‘zilib ketgan yoki, aksincha, haddan tashqari tez o‘tgan 
tug‘ruq natijasida ham markaziy nerv sistemasi shikastlanib, 
oligofreniya paydo bo‘lishi mumkin. 
Oligofreniya bola uch yoshgacha bo‘lgan davr ichida turli xil 
og‘ir kasalliklar bilan kasallanishi (meningit, meningoensefalit
markaziy nerv sistemasining shikastlanishi) natijasida ham vujudga 
keladi.
Oligofreniya yunoncha oligos — kam, oz, fren — aql 
so‘zlaridan olingan bo‘lib, esi past, aqli past demakdir. Oligofren 
bolalar markaziy nerv sistemasining organik kasalliklari natijasida 
bilish faoliyati pasayib ketishi va bu nuqsonlar umrbod saqlanib 
qolish bilan boshqa alohida yordamga muhtoj bolalardan farq 
qiladilar. Oligofrenopedagogika – bu maxsus pedagogikaning tarki-
biy bo‘limi bo‘lib, intellektida nuqsoni bo‘lgan bolalarning 
rivojlanishi, ta’limi va tarbiyasi haqidagi pedagogik fan.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling