O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. U. Xamidova maxsus pedagogika


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet50/62
Sana18.10.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1707417
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62
Bog'liq
Maxsus pedagogika

Psixologik himoya – har qanday sharoitda ham individning 
o‘zini eng asosiy ehtiyojlarini qondirishi va o‘z huhuqlarini 
ta’minlash imkoniyati borligini anglashi va his qilishi. 
Psixik sog‘lik – o‘z xulq-atvori va faoliyatini tartibga solishga 
yordam beruvchi va psixik kasalliklar yo‘qligi bilan xarakter-
lanadigan qalbning xotirjamlik holati. 
Invalid  turli kasalliklar va jarohatlanish, defektlar natijasida 
hayot faoliyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj odam. 
Invalid bola – bu 18 yoshgacha bo‘lgan tug‘ma, irsiy va 
orttirilgan kasalliklar natijasida jismoniy va psixik rivojlanishda 
orqada qolgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bola. 


147 
Invalidlarning ijtimoiy integratsiyasi - bu imkoniyati cheklan-
gan shaxslarni ijtimoiy hayot va turli sohalarga aktiv ravishda jalb 
etilishi. 
Intellekt – insonning umuman bilish faoliyati; fikrlash 
qobilyati, tafakkuri, aqli. 
Interorizatsiya – tashqaridan ichkariga o‘tish; Vigoskiyning 
fikricha, har qanday inson psixikasi avvalo tashqi, odamlar o‘rta-
sidagi muloqot va mehnat yoki boshqa bir faoliyat kabi hosil bo‘ladi, 
so‘ngra interorizatsiya natijasida individning psixikasi komponentiga 
aylanadi. 
Infantilizm – kattalarda bolalar va o‘smirlarga xos bo‘lgan 
psixik xususiyatlar va xulq-atvorning saqlanib qolishi. 
Jazava – bu nervozlikni bir ko‘rinishi bo‘lib, ichki organlar 
funksiyasi va sezuvchanligi shuningdek harakat sohasi va 
psixikaning turlicha buzilishi bilan xarakterlanadi. 
Kompensatsiya – ta’lim - tarbiya jarayonida sog‘lom sezgi 
a’zolariga tayanish yoki qisman buzilgan funksiyalarni qayta qurish 
orqali me’yordan chiqqan analizator o‘rnini to‘ldirish. 
Ruhni ko‘tarish kompleksi – bu chaqaloqning onasini ovozi 
uning yuzi va silashiga nisbatan hissiy harakatli ijobiy reaksiyasi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling