O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


 § Raqamli iqtisodiyotga oid davlat siyosati


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

3 § Raqamli iqtisodiyotga oid davlat siyosati 
Reja: 
1. Raqamli iqtisodiyotga oid me’yoriy-huquqiy asoslar 
2. Davlat xizmatlari agentligining tashkil etilishi va faoliyati 
3. AKT sohasidagi kadrlar siyosati 
4. O‘zbekistonda raqamlashtirishning ustuvor yoʻnalishlari  
2018-yil 5-sentabrda 707-sonli “Butunjahon internet tarmogʻida 
axborot xavfsizligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan. 
“Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni
96
ga 
muvofiq, shuningdek, butunjahon Internet tarmogʻida axborot xavfsizligini 
ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, axborot sohasida shaxs, 
jamiyat va davlat manfaatlarini muhofaza qilish maqsadida veb-saytlardan 
va (yoki) internet sahifalaridan foydalanish maxsus vakolatli organi – 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan quyidagi hollarda 
cheklanishlar oʻrnatilgan: 
 
Oʻzbekiston Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, 
hududiy yaxlitligini zoʻrlik bilan oʻzgartirishga da’vat etish; 
 
urush, zoʻravonlik va terrorizmni, shuningdek, diniy ekstremizm, 
separatizm va fundamentalizm gʻoyalarini targʻib qilish; 
 
davlat siri boʻlgan ma’lumotlarni yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan 
boshqa sirni oshkor etish; 
 
milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qoʻzgʻatuvchi, shuningdek, 
fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obroʻsiga putur 
yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yoʻl qoʻyuvchi 
axborotni tarqatish; 
 
giyohvandlik vositalari, ularning analoglari psixotrop moddalar va 
prekursorlarni targʻib qilish; 
 
pornografiyani targʻib qilish; 
 
qonunga muvofiq jinoiy va boshqa javobgarlikka sabab boʻladigan 
boshqa harakatlarni sodir etish. 
96
http://lex.uz/uz/docs/-83472


340 
Mazkur Qaror ilovalarida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi 
bilan tarqatilishi taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi 
veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan foydalanishni cheklash tartibi 
toʻgʻrisida nizom va cheklash sxemasi tasdiqlangan. 
“Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan 
axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt 
sahifalaridan 
foydalanishni 
cheklash 
tartibi 
toʻgʻrisida” 
NIZOM 
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tarqatilishi taqiqlangan 
axborotga (keyingi oʻrinlarda taqiqlangan axborot deb ataladi) ega 
butunjahon Internet tarmogʻi veb-saytidan va (yoki) veb-sayt sahifalaridan 
(keyingi oʻrinlarda Internet tarmogʻi axborot resurslari deb ataladi) 
foydalanishni cheklash tartibini belgilaydi. 
Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanilgan: 
 
Internet 
tarmogʻi 
barcha 
axborot 
resurslari 
identifikatsiya 
ma’lumotlari –noyob domen nomlari, Internet axborot tarmogʻida 
identifikatsiyalashga imkon beradigan veb-sayt sahifalari koʻrsatkichlari va 
tarmoq manzillari; 
 
foydalanishni 
cheklash – 
foydalanuvchining 
Oʻzbekiston 
Respublikasi hududida muayyan Internet tarmogʻi axborot resursidan 
foydalanishini toʻxtatishga doir tashkiliy va dasturiy-texnik chora-tadbirlar 
majmuasi; 
 
taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan butunjahon Internet tarmogʻi 
axborot resurslari Reyestri (keyingi oʻrinlarda Reyestr deb ataladi) – 
taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi axborot resurslari 
roʻyxati. 
Internet tarmogʻi axborot resurslaridan foydalanishni cheklash 
quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
 
taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi axborot 
resurslarini aniqlash
 
taqiqlangan axborot mavjud boʻlgan Internet tarmogʻi axborot resursi 
identifikatsiya ma’lumotlarini Reyestrga kiritish; 
 
Internet tarmogʻi axborot resursidan foydalanishni cheklash. 
2019-yil 21-oktabrda “Internet jahon axborot tarmogʻida milliy 
kontentni rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 888-sonli Qarori bilan 
2019 – 2021-yillarda Internet jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni 


341 
yanada rivojlantirish boʻyicha kompleks dastur tasdiqlandi. Ushbu 
Dasturning maqsadi Internet jahon axborot tarmogʻida yoshlarda bilimlar 
axborot makonini shakllantirish, dunyoqarashni kengaytirish va ijodiy 
salohiyatni rivojlantirishga qaratilgan ma’rifiy va foydali veb-resurslarni 
yaratishni qoʻllab-quvvatlash boʻlib, u quyidagilarni nazarda tutadi: 
birinchi – milliy veb-resurslar soni oʻsishi, shuningdek, ularni 
Internet jahon axborot tarmogʻida ilgari surish va ommalashtirish uchun 
shart-sharoitlar yaratish; 
ikkinchi – davlat axborot veb-resurslarini, shu jumladan, rasmiy veb-
saytlarni rivojlantirish, Internet jahon axborot tarmogʻida davlat tuzilmalari 
faoliyatiga doir matnli, foto-, audiovizual materiallar bankini tashkil qilish 
va yuritish, davlat ommaviy axborot vositalarining ommaviy ijtimoiy 
tarmoqlar va mobil messenjyerlardagi ishtirokini kengaytirish; 
uchinchi – maktabgacha ta’lim, oʻrta va oliy ta’lim tizimlari uchun 
elektron ta’lim resurslarini yanada takomillashtirish, shuningdek, mahalliy 
va jahon ta’lim resurslariga kirish imkoniyatini ta’minlash; 
toʻrtinchi – Internet jahon axborot tarmogʻida foydalanuvchilarning 
intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantirishga koʻmaklashadigan 
zamonaviy veb-resurslarni shakllantirish, shuningdek, axborot makonida 
Oʻzbekistonning tarixi, fani, madaniyati va san’atini targʻib qilishni 
qoʻllab-quvvatlash; 
beshinchi – axborot-kutubxona muassasalarining faoliyatiga axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish, foydalanuvchilarning 
axborot-kutubxona 
resurslariga, 
mamlakat 
arxiv 
va 
muzeylariga 
masofadan kirishi imkoniyatini, ishlarning samarali tashkil etilishini va 
ularga Internet jahon axborot tarmogʻida xizmat koʻrsatilishini ta’minlash; 
oltinchi – Internet jahon axborot tarmogʻining global va milliy 
segmenti rivojlanishi tendensiyalarini muntazam oʻrganib borish, Internet 
jahon axborot tarmogʻida milliy kontentni rivojlantirish mexanizmlarini 
takomillashtirish boʻyicha takliflarni shakllantirish, davlat-xususiy 
sheriklikni joriy etish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish. 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidenti 
Administratsiyasi 
huzuridagi 
Axborot 
va 
ommaviy 
kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda Dastur ijrosi monitoringi olib 
borilishini ta’minlaydi. 


342 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020 yil 9-
yanvar kuni davlat xizmatlari koʻrsatish samaradorligini oshirish 
masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi. Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston 
Respublikasi Prezidenti sifatidagi faoliyatining ilk kunlaridan “Xalq davlat 
idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan 
gʻoyani ilgari surgan edi. Maqsad odamlarimizning ogʻirini yengil qilish, 
har qanday qulayliklar yaratishdan iborat. 
Buning uchun, avvalo, rasmiy idoralarga u yoki bu yumush bilan 
murojaat qilgan aholining vaqti va mablagʻini tejash, ayniqsa, sarson-
sargardonlikka barham berish, qolaversa, korrupsiyani bartaraf etish 
maqsadlarida davlat xizmatlari koʻrsatishning yaxlit, zamonaviy, ishonchli 
tizimini yaratishga kirishildi. 
Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan 
2017-yil 12-dekabr kuni “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy 
tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmon qabul 
qilindi. Unga muvofiq, Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari 
agentligi tashkil etildi. 
Hozirda mamlakatimiz boʻylab Agentlik tasarrufidagi Davlat 
xizmatlari markazlari faoliyat yuritib kelmoqda. Oddiy odamlar uchun 
qulay, koʻrkam boʻlgan 80 dan ortiq innovatsion binolar jismoniy va 
yuridik shaxslarga xizmat qilib kelayotgan boʻlsa, bugungi kunda yana 94 
ta shunday inshootlarni qurish ishlari olib borilmoqda. 
Bundan tashqari, olis joylarga chiqish orqali (“mobil davlat 
xizmatlari”) qulay va shaffof tarzda sayyor xizmatlar ham koʻrsatilyapti. 
Bugungi kunga kelib, Davlat xizmatlari markazlari orqali “yagona 
darcha” tamoyili asosida 130 turdan ziyod xizmatlar taqdim etilmoqda. 
2017-yilda aholiga koʻrsatilgan xizmatlar soni 12 mingtani tashkil etgan 
boʻlsa, 2019-yilda bu koʻrsatkich 13 milliontadan oshgan. 
Eng koʻp murojaat qilinadigan 36 turdagi xizmatlar boʻyicha 
hujjatlar soni 112 tadan 52 taga kamaytirildi, xizmat koʻrsatish muddati 
280 kundan 126 kunga qisqartirildi. 
Masalan, ilgari haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish 
uchun pasport, tibbiy maʼlumotnoma, imtihon varaqasi, eski guvohnoma, 
rasm va eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida toʻlov talab qilingan. 
Endilikda esa faqat uchta narsa: eski haydovchilik guvohnomasi va uning 
taloni, bazaviy hisoblash miqdorining 70 foizi hajmida toʻlov kerak, xolos. 


343 
Oʻtgan yil 1-iyundan boshlab fuqarolarning yashash joyidan va 
tashkilotlarning manzilidan qatʼi nazar, istalgan markaz orqali davlat 
xizmatlari koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi. Bu esa odamlarga juda katta qulaylik 
yaratib, sarsongarchilikdan xalos etdi. 
Masalan, Toshkentdagi universitetga Nukusdan kelib hujjat 
topshirish uchun kamida 2 million soʻm xarajat qilingan boʻlsa, hozirda 
istalgan markazga murojaat qilish kifoya. 
Joriy yilda ham bu boradagi ishlar davom ettirilib, 94 ta yangi 
markaz barpo etilishini aksar hollarda xususiy sektor bilan sheriklikda 
amalga oshirish rejalashtirilgan. 
Davlatimiz rahbari bu dastlabki qadamlar ekani, aholiga qulayliklarni 
yanada koʻpaytirish zarurligini taʼkidladi. 
Avvalo, “yagona darcha” tamoyili toʻliq ishlashi uchun barcha davlat 
xizmatlari toʻliq elektron shaklga oʻtkazilishi va maʼlumotlar 
raqamlashtirilishi lozimligi koʻrsatib oʻtildi. 
Hozirgi kunda davlat xizmati koʻrsatuvchi 80 ta idoradan atigi 27 tasi 
Davlat xizmatlari agentligi bilan oʻzaro integratsiya qilingan. 53 idorada 
maʼlumotlar raqamlashtirilmagan. Misol uchun, sogʻliqni saqlash, 
ekologiya, qurilish, arxiv bilan bogʻliq davlat xizmatlari sohasida haligacha 
elektron maʼlumot bazasi shakllanmagan. 
Shunday maʼlumot almashinuvi yoʻqligi sababli 2019-yilda qurilish, 
tabiiy gaz, issiq suv va ichimlik suvi taʼminoti borasida xizmat koʻrsatish 
muddatlari buzilgan. 
Shu 
bois 
yigʻilishda 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligiga 
barcha idoralarning davlat xizmatlari bilan bogʻliq axborot tizimlari va 
maʼlumotlar bazasini yaratish boʻyicha manzilli dastur ishlab chiqish 
vazifasi topshirildi. 
Elektron 
davlat 
xizmatlaridan 
foydalanuvchilar 
sonini 
yil 
yakunigacha kamida 5 baravarga oshirish, 2025-yilgacha toʻliq elektron 
xizmat koʻrsatishga oʻtish maqsad qilib qoʻyildi. 
Aholining 75 foizi internetga mobil qurilmalar orqali kirayotganini 
inobatga olib, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil 
versiyasini ishga tushirish muhimligi qayd etildi. Uzoq hududlarda 
yashaydigan aholiga qulayliklar yaratish maqsadida davlat xizmatlari 


344 
markazining 50 dan ortiq filialini tashkil etishni jadallashtirish zarurligi 
taʼkidlandi. 
Xorijiy tajribani qoʻllagan holda, odamlarga bir murojaat asosida 
qoʻshimcha kompleks xizmatlar koʻrsatish hamda fuqaroning murojaatisiz 
ham unga kerakli xizmat turlarini taklif qilish mumkinligi qayd etildi. 
Misol uchun, farzand tugʻilishi bilan unga tugʻilganlikni qayd etish, 
nafaqa belgilash, yashash joyiga roʻyxatga va tibbiyot muassasasiga 
hisobga qoʻyish, bolalar bogʻchasiga navbat kabi xizmatlar biryoʻla taqdim 
etilsa, ota-onalarga gʻoyat qulay boʻladi. 
Yigʻilishda ushbu tizimni eksperiment tariqasida Toshkent shahrida, 
keyinchalik boshqa hududlarda bosqichma-bosqich joriy etish yuzasidan 
topshiriq berildi. 
Prezidentimiz koʻplab xizmatlar uchun elektron raqamli imzo talab 
qilinishi 
odamlarga 
qiyinchilik 
tugʻdirayotgani, 
ayniqsa, 
bu 
tadbirkorlarning eng ogʻriqli nuqtasi ekanini taʼkidladi. 
Elektron raqamli imzodan kompyuter orqaligina foydalanish 
mumkin. Tadbirkor roʻyxatdan oʻtish uchun soliq idorasi kaliti, bojxona 
hujjatlari uchun bojxona kaliti va hisob raqami bilan ishlash uchun 
bankning elektron raqamli imzosini olishi shart. Bu kalitlarni olish uchun 
har bir idoraga alohida-alohida borib, uni xarid qilishi, tagʻin muayyan 
muddatda yana mablagʻ sarflab yangilashi kerak. 
Prezidentimiz 
tomonidan 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga mutasaddi tashkilotlar bilan 
birgalikda elektron raqamli imzo talab etiladigan xizmat turlari uchun 
shaxsni tasdiqlashning muqobil, xavfsiz va sodda usullarini joriy qilish 
vazifasi qoʻyildi. 2020 yil 1-iyulgacha hamma xizmatlar uchun yagona 
boʻlgan elektron raqamli imzo ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berildi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 
2020 yil 8-iyun kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirish borasidagi islohotlar ijrosi boʻyicha taqdimot oʻtkazildi. 
2020 yil 28-aprelda davlatimiz rahbarining “Raqamli iqtisodiyot va 
elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori 
qabul qilingan edi. Qarorda belgilangan vazifalarni sifatli amalga oshirish 
va koordinatsiya qilish uchun Bosh vazir maslahatchisi lavozimi joriy 
etildi. 


345 
Sohadagi 
maqsadlarga 
zamonaviy 
dasturchilar 
tayyorlashni 
jadallashtirish orqali erishish mumkin. “Bir million dasturchi” loyihasining 
dastlabki bosqichida 62 mingdan ziyod oʻquvchi qamrab olinib, ularning 5 
ming 400 nafariga malaka sertifikati berildi. 
2020 yil 100 mingta va 2021-yilning birinchi yarmida yana 150 
mingta oʻquvchini oʻqitish, talabalarning dasturiy taʼminot boʻyicha 
malakasini oshirildi. 5-sinfdan oʻqitib kelinayotgan “Informatika” fanini 
zamonaviy texnologiyalardan kelib chiqib takomillashtirish, ushbu fanga 
“Bir million dasturchi” loyihasiga doir yoʻnalishlarni kiritish boʻyicha 
koʻrsatmalar berildi. 
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, “Elektron hukumat” xizmatlariga 
talab kundan-kunga oshib bormoqda. Lekin hozirda 780 tur davlat 
xizmatidan bor-yoʻgʻi 185 tasidan “elektron portal” orqali foydalanish 
imkoni mavjud. Aksariyat tashkilotlarda ish jarayonini raqamlashtirish 
faqat hujjat almashinuvini elektronlashtirish bilan cheklanib qolmoqda. 
Shu bois “Elektron oʻqitish dasturi” orqali oʻqib, diplom olgan 
dasturchilarni davlat va xoʻjalik muassasalariga IT mutaxassis sifatida 
ishga olish zarurligi taʼkidlandi. Ular tashkilotlarning barcha faoliyatini 
anʼanaviy elektron formatdan raqamli koʻrinishga oʻtkazishga masʼul 
boʻladi. 
Misol uchun, bugungi kunda kambagʻal oilalarga kredit va 
subsidiyalar berish masalasini maxsus elektron dastur aniq mezonlar 
asosida avtomatik ravishda belgilashi kerak. 
Bosh vazir maslahatchisiga xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda
tashkilotlarda ruxsat berish va qaror qabul qilish jarayonlarini elektron 
formatga oʻtkazish boʻyicha konsepsiya ishlab chiqish topshirildi. 
IT infratuzilmasini yaxshilash, aholi, ayniqsa, yoshlarning bu 
boradagi savodxonligini oshirish davr talabidir. 
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish 
vazirligiga barcha hududlarda raqamli texnologiyalar boʻyicha kamida 100 
ta oʻquv markazi ochish vazifasi qoʻyildi. Bu dargohlarda dasturlash 
asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn kabi yoʻnalishlar boʻyicha qisqa 
muddatli oʻquv kurslari tashkil etiladi. 
Soha mutaxassislariga sharoit yaratish masalalariga ham eʼtibor 
qaratilmoqda. Oʻtgan yili Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida 
Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki bunyod etilgan edi. 


346 
Andijon va Margʻilon shaharlarida mazkur IT parkning filiallari tashkil 
qilindi. Poytaxtimizda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot 
texnologiyalari maktabi hududida yana bir filial binosi qurilmoqda. 
Joriy yil yakuniga qadar Guliston, Buxoro, Namangan, Nukus, 
Samarqand, Urganch va Jizzax shaharlarida shunday filiallar tashkil etish 
rejalashtirilgan. 
Taqdimotda mutasaddilar mazkur IT parklar qurilishi, optik tolali 
liniyalar qamrovi, mobil internet tezligi va sifatini oshirish ishlari 
yuzasidan axborot berdi. 
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha 
tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni 
saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar 
amalga oshirilmoqda. 
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy 
mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada 
rivojlantirish, respublikaning barcha hududlarida IT-parklarni tashkil etish, 
shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan ta’minlashni ko‘zda tutuvchi 
220 dan ortiq ustuvor loyihalarni amalga oshirish boshlangan. 
Bundan 
tashqari, 
40 
dan 
ortiq 
axborot 
tizimlari 
bilan 
integratsiyalashgan geoportalni ishga tushirish, jamoat transporti va 
kommunal infratuzilmani boshqarishning axborot tizimini yaratish, 
ijtimoiy sohani raqamlashtirish va keyinchalik ushbu tajribani boshqa 
hududlarda joriy qilishni nazarda tutuvchi “Raqamli Toshkent” kompleks 
dasturi amalga oshirilmoqda. 
Respublikada raqamli industriyani jadal rivojlantirish, milliy 
iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirish, shuningdek, 2017 
– 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va 
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat 
dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Axborot 
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan 
manfaatdor vazirlik va idoralar, biznes hamjamiyati va ilmiy doiralar 
vakillari hamda xorijiy ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan “Raqamli 
O‘zbekiston – 2030” strategiyasi ma’qullanib, 2020 – 2022-yillarda 


347 
hududlarni va tarmoqlarni raqamli transformatsiya qilish dasturlari 
tasdiqlandi. 
Bunda, 2020–2022 yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli 
transformatsiya qilish doirasida: 
 
aholi punktlarini Internet tarmog‘iga ulash darajasi, shu jumladan 
keng polosali ulanish portlarini 2,5 milliongacha ko‘paytirish, 20 ming 
kilometr optik-tolali aloqa liniyalarini qurish va mobil aloqa tarmoqlarini 
rivojlantirish orqali 78 foizdan 95 foizga yetkaziladi; 
 
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 
dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy 
mahsulotlar joriy etiladi; 
 
587 ming nafar kishini, shu jumladan “Bir million dasturchi” loyihasi 
doirasida 500 ming nafar yoshlarni qamrab olish orqali kompyuter 
dasturlash asoslariga o‘qitish tashkillashtiriladi; 
 
iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi korxonalarda boshqaruv, 
ishlab chiqarish va logistika jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha 280 
dan ortiq axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlar joriy etiladi; 
 
hududlarda hokimlar, davlat organlari va tashkilotlar xodimlarining 
raqamli 
savodxonligini 
va 
malakasini 
oshirish, 
ularni 
axborot 
texnologiyalari va axborot xavfsizligi bo‘yicha o‘qitish uchun tegishli oliy 
ta’lim muassasalari biriktiriladi hamda ularning 12 ming nafar xodimi 
axborot texnologiyalari sohasida o‘qitiladi. 
2020 – 2022-yillarda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 
amalga oshirish bo‘yicha tasdiqlangan “yo‘l xarita”si quyidagilarni 
nazarda tutadi: 
a) elektron hukumatni rivojlantirish bo‘yicha: 
 
2021-yil 1-yanvardan boshlab tajriba tariqasida “Raqamli Toshkent” 
kompleks dasturi doirasida jismoniy shaxsga identifikatsiya ID-kartasini 
berishda davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro elektron 
munosabatlarni yo‘lga qo‘yish uchun uning shaxsiy kabineti 
shakllantiriladi; 
 
2021-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ochiq 
ma’lumotlar portalida davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat 
xaridlarini amalga oshirish, patentlar, dori vositalari va tibbiy buyumlarni 
ro‘yxatga olish, jamoat transporti harakati, yer resurslaridan foydalanish va 


348 
boshqa umumfoydalanishdagi statistik ma’lumotlar onlayn rejimda 
joylashtirib borilishi ta’minlanadi; 
 
2021-yil 1-avgustdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga barcha 
belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar, jarimalar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni elektron to‘lov tizimlaridan foydalangan holda onlayn rejimda 
to‘lash imkoniyati taqdim etiladi; 
b) raqamli industriyani rivojlantirish bo‘yicha: 
 
2020-yil 1-noyabrdan boshlab Dasturiy mahsulotlar va axborot 
texnologiyalari 
texnologik 
parki 
rezidenti 
maqomini 
axborot 
texnologiyalariga o‘qitish, apparat-dasturiy vositalarni ishlab chiqish va 
realizatsiya qilish, robototexnika, Internet tarmog‘i orqali axborot 
xizmatlarini eksport qilish, shuningdek, ma’lumotlarni saqlash va hisoblab 
qayta ishlash sohasida xizmat ko‘rsatadigan O‘zbekiston Respublikasi 
rezidenti hisoblangan yuridik shaxslar olishi mumkin bo‘ladi; 
 
2022-yil 1-yanvarga qadar masofadan kredit mahsulotlarini 
realizatsiya qilish, omonatlar va hisob raqamlarni ochishni o‘z ichiga olgan 
keng turdagi onlayn xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlash orqali tijorat 
banklarining raqamli transformatsiyasi yakuniga yetkaziladi; 
v) raqamli ta’limni rivojlantirish bo‘yicha: 
 
2021-yil 1-yanvardan boshlab fuqarolar tomonidan tizim boshqaruvi, 
ma’lumotlar bazasi va “bulutli” platformani boshqarish, axborot 
xavfsizligini ta’minlash va boshqa talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda 
xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini 
qoplash tizimi joriy etiladi; 
 
2021-yil 1-sentabrga qadar har bir tuman va shaharda mavjud 
infratuzilma obyektlari negizida keng aholi qatlamlari, ayniqsa yoshlar va 
ayollar uchun raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari ochiladi; 
 
2023-yil 
yakuniga 
qadar 
barcha 
tuman 
va 
shaharlarda 
o‘quvchilarning ijodiy rivojlanishi va kompyuter dasturlash asoslarini 
o‘rganishi uchun mavjud ta’lim muassasalari negizida 200 dan ortiq 
informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga 
ixtisoslashtirilgan maktablar bosqichma-bosqich tashkil etiladi; 
g) raqamli infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha: 
 
2022-yil yakuniga qadar har bir aholi punkti 10 Mbit/sdan kam 
bo‘lmagan ma’lumotlarni uzatish tezligidagi Internet tarmog‘iga ulanish 
imkoniyati bilan ta’minlanadi; 


349 
 
2022-yil 1-yanvarga qadar barcha mashhur sayyohlik joylari yuqori 
tezlikdagi Internet bilan ta’minlanadi. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling