Amaliy matematika va informatika” kafedrasi “algoritmlar nazariyasi” fanidan


Download 82.5 Kb.
bet1/6
Sana08.01.2022
Hajmi82.5 Kb.
#250778
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Kurs ishi Algaritm nazariyasi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI

AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA” KAFEDRASI

ALGORITMLAR NAZARIYASI” fanidan

LEVIT ALGORITMI” mavzusidagi



Bajardi: 18.08-guruh talabasi

Nurxon Vaxobjonova

Raxbar: Sh Farmonov

Qabul qildi: ______________________

Farg‘ona – 2020 y

MUNDARIJA


MUNDARIJA 2

KIRISH 2


I-BOB. ASOSIY QISM 4

1.1 Algoritmning asosiy xossalari 4

1.2 Algoritmning tavsiflash usullari va ularga misollar 5

1.3 Algoritmning asosiy turlari. 9

II-BOB LEVIT ALGORITMI HAQIDA 12

Xulosa 14

Foydalanilgan adabiyotlar 15



KIRISH


Mustaqil rivojlanish yo’lidan borayotgan Respublikamizda yangi iqtisodiy sharoitlar ro’yobga keldiki, bu xalq, xo’jaligining barcha soxalarida, xususan, ta’lim tizimida xam qator islohotlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Fan va texnika taraqqiyotining jadal kechayotgani, kompyuter texnikasining keng qo’llanilayotganligi, o’quvchilarga berilishi lozim bo’lgan bilimlar ko’lamining tobora oshib borayotganligi, ta’limni tubdan yaxshilashni, fanlar bo’yicha milliy va maxalliy sharoitlarga mos keladigan hamda malakali mutaxassislarni tayyorlash imkonini beradigan dastur va darsliklar, ta’limning zamonaviy metodlarini ishlab chiqishni talab qiladi.

Axborot texnologiyalari asrida dasturiy ta’minot o’rni beqiyos. Kundalik davomida foydalanadigan texnologiyalarimiz: kompyuter, planshet, uyalitelefon (smartfon) va h.k. lar dasturiy ta’minot asosida ishlaydi. Dasturiy ta’minot bozor iqtisodiyotida katta foyda keltirmoqda. Dasturiy ta’minotlar ichida eng ajralib turadigani bu o’yindir. Sababi boshqa dasturiy ta’minotlardan ko’ra talab v qiziqish ko’proq.

Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko’tarish, unga ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy etish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. «Ta’lim to’g’risida»gi qonun na «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayyorlashning asosi yaratildi

O’zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to’laqonli sheriklik o’rnini egallab borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko’lamlari qanday bo’lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o’ynashiga bog‘liq. Keyingi yillarda mamlakatimiz ilm-fani ham axborotlashtirishning nazariy asoslariga katta hissa qo’shib kelmoqda, shu bilan birgalikda, hodisalar, jarayonlarni yagona axborot asosida tadqiq etishning ilmiy yo’nalishlarini tahlil va sintez qilish natijasi bo’lgan fan-informatikaning vujudga kelishiga boshlang‘ich nuqta qo’yildi.



Download 82.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling