O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


I BOB. RAQAMLI JAMIYATNING SHAKLLANISHI


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

I BOB. RAQAMLI JAMIYATNING SHAKLLANISHI 
 
§ Raqamli jamiyatning umumiy asoslari 
Reja: 
1. “Raqamli iqtisodiyot” tushunchasining mohiyati va ahamiyati 
2. “Axborotlashgan jamiyat” tushunchasi va uning rivojlanish 
bosqichlari 
3. “Raqamli iqtisodiyot” va “raqamli jamiyat” kategoriyalariga 
nazariy yondashuvlar 
Axborotlashgan jamiyat – bu ishlovchilarning koʻpchilik qismi 
axborot ishlab chiqarish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan 
shugʻullanadigan jamiyatdir, ayniqsa uning eng yuqori shakli – bilim 
hisoblanadi. Jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining ushbu bosqichi 
quyidagilar bilan tavsiflanadi: 

Jamiyatda axborot, bilim va axborot texnologiyalar rolining 
ortib borishi; 

axborot 
texnologiyalari, 
aloqa-axborot 
mahsulotlari 
va 
xizmatlarini ishlab chiqarish bilan shugʻullanuvchilar soni hamda AKTni 
yalpi ichki mahsulotdagi ulushining koʻpayishi; 

telefoniya, radio, televidenie, Internet, shuningdek an’anaviy 
va elektron ommaviy axborot vositalaridan foydalangan holda jamiyatni 
axborotlashtirishni jadallashuvi; 

quyidagilarni ta’minlovchi global axborotlashgan jamiyatni 
yaratish: 
• 
odamlarning samarali axborotlashgan oʻzaro ta’siri; 
• 
jahon axborot resurslaridan foydalanish imkoniyati; 
• 
ularning axborot mahsulotlari va xizmatlariga boʻlgan 
ehtiyojlarini qondirish; 

elektron demokratiya, raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat, 
raqamli bozorlar, elektron ijtimoiy va biznes tarmoqlarini rivojlantirish. 
“Axborotlashgan jamiyat” tushunchasi kibernetika yaratilishi bilan 
1940 yillarda paydo boʻlgan, keyinchalik ushbu atama kompyuterizatsiya, 
axborot va raqamli texnologiyalar faol rivojlana boshlagan paytda keng 
qoʻllanila boshlandi. Ushbu tushuncha amerikalik C. Shennon, N. Viner, 



D. fon Neyman, ingliz logisti va kriptografi A. Tyuring, sovet 
matematiklari maktabi asoschisi A. N. Kolmogorov kabi olimlarning 
nomlari bilan bogʻliq.
“Axborotlashgan jamiyat” atamasining yaponcha versiyasi 1961 
yilda Kisyo Kurokava va Tadao Umesao (ingliz) oʻrtasidagi suhbat paytida 
paydo boʻlgan
1
. Keyinchalik bu atama deyarli bir vaqtning oʻzida 
Yaponiya va AQShda T. Umesao (1963) va F. Maxlup (1962) tomonidan 
ishlatilgan.
2
“Axborotlashgan jamiyat” nazariyasi M. Porat, J. Masuda, T. 
Stounyer, R. Kars va boshqalar kabi taniqli mualliflar tomonidan 
shakllantirilib rivojlantirilgan
3
. Mazkur nazariya zamonaviy jamiyatni 
shakllantirishga e’tibor qaratgan tadqiqotchilar tomonidan muayyan mezon 
asosida axborot texnologiyalari taraqqiyotiga shunchaki e’tibor qaratib 
emas, balki texnologik yoki texnetronik (technetronic — yunoncha techne) 
jamiyatni shakllantirish nuqtai nazaridan yohud «bilimlashgan jamiyat», 
«bilimlar jamiyati» yoki «bilimlarni qadrlaydigan jamiyat» sifatida 
bilimlarning ortib borayotgan yoki oʻsib borayotgan rolidan kelib chiqib 
qoʻllab-quvvatlandi. Bugungi kunda zamonaviy jamiyatning alohida 
xususiyatlarini tavsiflashda oʻnlab tushunchalar mavjud. 
1992 yildan boshlab ushbu atama Gʻarb mamlakatlari tomonidan 
qoʻllanila boshlandi, masalan, AQShda «Milliy global axborot 
infratuzilmasi» tushunchasi Milliy Ilmiy Jamgʻarmaning mashxur 
konferentsiyasidan va B. Klinton hamda A. Gorning mashhur 
ma’ruzasidan soʻng paydo boʻldi. «Axborotlashgan jamiyat» tushunchasi 
Evrokomissiyaning Axborotlashgan jamiyat dasturlari boʻyicha Ekspertlar 
guruhi Evropadagi axborotlashgan jamiyatning eng nufuzli ekspertlaridan 
biri Martin Bangemann rahbarligida olib borilgan tadqiqotlarida; Kanada, 
Britaniya va Amerika nashrlarida axborot magistral va supermagistrallari 
qoʻllanilgan.
XX asr oxirida «axborotlashgan jamiyat» va «axborotlashtirish» 
atamalari nafaqat axborot sohasi mutaxassislarining, balki siyosatchilar
1
Karvalics Information Society — what is it exactly? (The meaning, history and conceptual framework of an 
expression) Архивная копия от 26 февраля 2015 на Wayback Machine, 2007 
2

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling