O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
Ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanish
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
Ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanish
Operator yoki provayder “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq abonentlarga oʻzi tomonidan koʻrsatiladigan ma’lumotlar uzatish xizmatlari toʻgʻrisida oʻz vaqtida zarur, toʻgʻri va tushunarli ma’lumot berishi shart. Operator yoki provayder tomonidan abonentga quyidagi ma’lumotlar taqdim etilishi zarur: operator yoki provayderning nomi, pochta manzili, foydalanuvchilar va abonentlar bilan hamkorlik qiladigan filiallarining nomi, ular joylashgan joy, ish tartibi va aloqa telefonlari; operator yoki provayderga berilgan litsenziya raqami va amal qilish muddati; ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish tartibi va shartlari; foydalaniladigan abonent interfeyslari va ma’lumotlar uzatish protokollari; ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatishdagi cheklovlar; tarif rejalari; muayyan tarif rejasi, marketing kampaniyalari doirasida yoki tadbirlar oʻtkazish davrida ma’lumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanish xizmatlarini taqdim etishda imtiyozlar yoki chegirmalar; ma’lumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanishning pulli va pulsiz xizmatlari roʻyxati; 212 ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlariga haq toʻlash muddatlari va shakllari; abonentlarning ariza va shikoyatlarini koʻrib chiqish tartibi; axborot-ma’lumot xizmatining va texnik ta’minlash xizmatining telefon raqamlari (mavjud boʻlganda); axborot-ma’lumot berish boʻyicha xizmat koʻrsatish tizimi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish hududlarida texnik imkoniyatlari mavjudligi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar. Operator yoki provayder bilan abonent oʻrtasida tuziladigan shartnomada quyidagi ma’lumotlar majburiy ravishda koʻrsatilishi shart: shartnoma tuzilgan joy va sana; operator yoki provayderning nomi; operator yoki provayder hisobvaragʻi rekvizitlari; operator yoki provaydyerlarga berilgan litsenziya rekvizitlari; shartnomaning amal qilish muddati; abonent toʻgʻrisidagi ma’lumotlar; hisob-kitob shakli va tartibi; tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi; tarif rejasi, xizmatlarning narxlari; shikastlanishlarni bartaraf etish muddatlari; sifat koʻrsatkichlari (ma’lumotlar uzatishning maksimal tezligi, ma’lumotlar uzatishning minimal kafolatlangan tezligi, ma’lumotlar uzatish kechikishining maksimal vaqti); koʻrsatiladigan xizmatlar roʻyxati (zarur boʻlganda). Shartnomada tomonlar oʻrtasidagi kelishuvga asosan qonun hujjatlariga muvofiq boshqa ma’lumotlar ham koʻrsatilishi mumkin. Abonent operator yoki provayder bilan shartnoma tuzganidan keyin, operator yoki provayder ulanish usuliga bogʻliq holda, abonentga ulanish uchun zarur parametrlarni yetkazadi (IP-adres va boshqa adres rekvizitlari), ma’lumotlar uzatish tarmogʻida ishlash va foydalanish tartibi toʻgʻrisida yoʻl-yoʻriq koʻrsatadi, foydalanuvchining zarur uskunasini (kompyuter, modem, faks) va zarur dasturiy ta’minotni tavsiya qiladi. Internetdan jamoat boʻlib foydalanish punktida bir martalik ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlari foydalanuvchilarga Jamoat 213 foydalanish joylarida internet tarmogʻidan axborot olish imkonini berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq koʻrsatiladi. Operator yoki provayder ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq boʻlgan axborotni abonentlarga taqdim etish maqsadida axborot-ma’lumot berish boʻyicha xizmat koʻrsatish tizimini yaratadi. Quyidagi ma’lumotlar operator yoki provayder tomonidan abonentning soʻroviga muvofiq 24 soat mobaynida hech qanday cheklovlarsiz taqdim etilishi shart: ma’lumotlar uzatish tarmogʻining koʻrsatiladigan xizmatlari toʻgʻrisidagi; ma’lumotlar uzatish tarmogʻidan foydalanish xizmatlariga boʻlgan tariflar toʻgʻrisidagi; abonentga uning shaxsiy hisobvaragʻining holati va ma’lumotlar uzatish tarmogʻi xizmatlaridan foydalanish haqini toʻlash boʻyicha qarzdorlik toʻgʻrisidagi, jumladan abonentga ulangan xizmatlar: ma’lumotlar uzatish vaqti, tezligi, olingan va (yoki) uzatilgan axborot hajmi, shuningdek limitlangan trafikli tariflardagi trafik qoldigʻi toʻgʻrisidagi; texnik nosozliklar toʻgʻrisidagi. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling