O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
D. korxonaning resurslarini boshqarish uchun
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
D.
korxonaning resurslarini boshqarish uchun 68 5 § Jahondagi raqamli trendlar Reja: 1. Globallashuv sharoitida raqamli tengsizlik. 2. Raqamli texnalogiyalar bozorining tizimi va rivojlanish tendensiyalari. 3. Internet iqtisodiyot. 4. AQSH, Yevropa Ittifoqiga kiruvchi mamlakatlardagi raqamli iqtisodiyot indikatorlari. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng yoyilishi va tarmoqlarning global oʻzaro bogʻliqligi insoniyat taraqqiyotini jadallashtirish, raqamli tengsizlikni bartaraf etish va bilimlashgan jamiyat barpo etish hamda barqaror rivojlanish uchun ulkan imkoniyatlar eshigini ochadi. AKT sohasidagi tartibga solish siyosati zamonaviy sharoitlardan kelib chiqqan holda milliy raqamli infratuzilmani modernizatsiya qilishga, raqobat, investisiya va innovatsiyalarni ragʻbatlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy bazaga asoslangan boʻlishi kerak. Yuqori rivojlanish sur’atlari, infokommunikatsiyalardagi texnologik oʻzgarishlar, foydalanuvchilar sonining misli koʻrilmagan darajada ortib borishi, iqtisodiyotni raqamlashtirish, davlat boshqaruvi va ijtimoiy sohani rivojlantirish, toʻrtinchi texnologik ukladga oʻtish mamlakatlarning 69 barqaror rivojlanishi, fuqarolarning hayot sifatini yaxshilash uchun ushbu sohada maqsadli yoʻnaltirilgan siyosatni talab qiladi. Xalqaro elektraloqa ittifoqining ma’lumotlariga koʻra, dunyodagi aksariyat mamlakatlar oʻz siyosatini Milliy keng polosali rejasi (National Broadband Plan, NBP) orqali amalga oshirmoqda. Hozirda dunyoning 156 mamlakatida bunday rejalar mavjud, ya’ni, jami davlatlar soniga nisbatan 80%. Ularning aksariyati yangi shart-sharoitlarga muvofiq keladigan strategiyasini va NBPni qayta koʻrib chiqmoqdalar. Jumladan, Xitoy uch yilga (2016–2018 yy.) moʻljallangan axborot- kommunikatsiya infratuzilmasi qurilishiga investitsiyalar boʻyicha harakat rejasini qabul qilgan. Loyihaning umumiy miqdori 174,35 milliard dollarni tashkil etib, asosiy yoʻnalishlari zamonaviy yuqori tezlikdagi optik tolali tarmoqlarni, mobil keng polosali kirish tarmoqlarini, global tarmoq ob’ektlarini va ilovalarni rivojlantirishdir. Buyuk Britaniyada Digital Britain rejasi amalga oshirilgan, bu mamlakatning barcha aholisini keng polosali ulanish bilan ta’minladi va keyinroq «5G strategiyasi» chop etilgan. GFRda Germaniyani raqamlashtirish boʻyicha yangi dastur amalga oshirilmoqda. Hindiston hukumati tomonidan hind operatorlari uchun yangi avlod texnologiyalaridan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar ishlab chiqilgan. 2008 yilda Rossiya Federasiyasi ham Axborot jamiyatini rivojlantirish boʻyicha strategiyasini qabul qilgan. Strategiyaning asosiy vazifalaridan biri «zamonaviy axborot–telekommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirish» deb nomlanadi. Buning uchun Rossiya Federatsiyasi hududi boʻylab davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalangan holda, keng polosali ulanishni ta’minlash mamlakatning yagona axborot (raqamli) makonini, shu jumladan milliy xavfsizlik maqsadlarida shakllantirish koʻzda tutilgan edi. Biroq, bu vazifa bajarilmadi. Uni amalga oshirish uchun asos boʻlgan – ishonchli zamonaviy funktsional birlashtirilgan milliy telekommunikatsiya tarmogʻi zarur, lekin u hali toʻliq shakllanmagan. 2017 yil iyulida tasdiqlangan «Rossiya Federatsiyasining raqamli iqtisodiyoti» dasturi (2024 yilgacha), yangidan 70 (2030 yilgacha), avvalgisiga oʻxshash strategiya qabul qilindi, biroq ularda yagona tarmoqni yaratish koʻzda tutilmagan 30 . Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling