O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


-rasm. Tadbirkorlik ekotizimi koʻrinishi


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

2.2.-rasm. Tadbirkorlik ekotizimi koʻrinishi 
Olimlar oʻzida ichki raqobat va kooperasiyani tashkil qiluvchi oʻzaro 
hamkor tashkilotlarning (kichik korxonalar, korporatsiyalar, universitetlar, 
ilmiy muassasalar, notijorat sektori tashkilotlari va b.) dinamik tarkibini 
EKOTIZIM deb atay boshlashdi. 
R.W.Ayres ekotizimning maqsadi kompaniyalarining oʻz sheriklari 
bilan oʻzaro aloqalarini takomillashtirish, oʻzaro etakchi boʻladigan 
innovatsion 
mahsulotlarni 
yaratishda 
ifodalangan 
raqobatbardosh 
ustunliklarni rivojlantirish ekanligini ta’kidlaydi
41
. Uning fikricha, 
kompaniyalar uchun “sogʻlom” ekotizimni qaror toptirish uchun 
innovasiyalar joriy etish va yangi aloqalarni oʻrnatishi kerak. 
41
Yakovleva A. Yu. Faktori i modeli formirovaniya i razvitiya innovatsionnix ekosistem.Dissertatsiya na 
soiskanie uchenoy stepeni kandidata ekonomicheskix nauk Natsionalniy issledovatelskiy universitet «Visshaya 
Shkola Ekonomiki». M., 2012. [Elektronniy resurs]. – Rejim dostupa: 
https://search.rsl.ru/ru/record/01005472744. http://dlib.rsl.ru,http://libed.ru/knigi-nauka/98679-l-faktori-modeli-
formirovaniya-razvitiya-innovacionnih-ekosistem.php 


89 
“Ekotizim” atamasi biznes aylanmaga nisbatan yaqinda kirib keldi. 
Ilmiy adabiyotlarda biznes ekotizimiga quyidagi ta’rif berilgan. Bu 
tabiat xilma-xilligi boʻlgan atrof-muhit elementlarining barqaror ochiq 
tizimidir, ular oʻrtasida doimiy ravishda resurslar almashinuvi jarayonlari 
boʻlib turadi, bu ham korporativ, ham mintaqaviy, milliy va integratsion 
darajalarda ishlashning barqarorligini ta’minlaydi.
42
Umuman olganda, “ekotizim” atamasini ilmiy adabiyotlarda 
qoʻllashning ma’nosi innovasiyalarni faol yaratish va amalga oshirish 
maqsadida tashkilotlar oʻrtasida yaqin hamkorlik aloqalari va oʻzaro 
aloqalarni oʻrnatishga qaratilgan. Zamonaviy sharoitda chet ellik 
mutaxassislar oʻzaro hamkorlik va sheriklikni afzal koʻrishadi. Darhaqiqat, 
raqamli iqtisodiyotning ekotizimi – intellektual, ishlab chiqarish, axborot 
va boshqa resurslarni birgalikda ishlatadigan va ularga kirish imkoniyatini 
beruvchi kompaniyalar toʻplamidir. Resursni baham koʻrish barcha 
manfaatdor tomonlarga ekotizim miqyosidagi imtiyozlardan foydalanish 
imkoniyatini beradi. Hamkorlik va oʻzaro aloqalardan tashqari, 
ekotizimdagi tashkilotlar oʻrtasida raqobat mavjud, bu raqamli 
iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlari tufayli ob’ektiv hodisadir. 
Elektronika va dastur ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi (ARPE – 
Assotsiatsiasiya 
razrabotchikov 

proizvoditeley 
elektroniki) 
mutaxassislarining fikriga koʻra, raqamli iqtisodiyot narxlar raqobatini 
kuchayishiga va faoliyat koʻlamiga talablarning oshishiga olib keladigan 
texnologiyalarni, dizaynlarni, jarayonlarni keng standartlashtirish bilan 
tavsiflanadi. Keng miqyosli va takrorlanadigan muvaffaqiyatli echimlarni 
yaratadigan kompaniyalar bozorni oʻrta va eng yomon ishlab 
chiqaruvchilar bilan boʻlishmaydilar, uni butunlay egallab olishadi. Har bir 
segmentda bozorning 40 foizini boshqaruvchi etakchi daromadning 80 
foizidan 
koʻprogʻini 
oladi. 
Yetakchi 
kompaniya 
va 
qolgan 
ishtirokchilarning investitsiya imkoniyatlarida ulkan, tobora kengayib 
borayotgan boʻshliq paydo boʻlmoqda. Bozorlarni monopollashtirish 
42
Goloxvastov D.V. Ekosistema kak instrument sbalansirovannoy integratsii interesov ekonomicheskix agentov 
v usloviyax tsifrovoy ekonomiki. [Elektronniy resurs]. – Rejim dostupa: 
http://izron.ru/articles/sovremennyy-vzglyad-na-problemy-ekonomiki-i-menedzhmenta- 
sbornik-nauchnykh-
trudov-po-itogam-mezhduna/sektsiya-2-ekonomika-i-upravlenie-narodnym-khozyaystvom-spetsialnost-08-00-
05/ekosistema-kak-instrument-sbalansirovannoy-integratsii-interesov-ekonomicheskikh-agentov-v-usloviyakh/ 


90 
jarayoni, oligopolistik tuzilmalarning paydo boʻlishi, mamlakatlarning 
jahon bozoridagi ixtisoslashuvini mustahkamlaydi
43

Ekotizim 
murakkab 
tuzilishga 
ega. 
Ekotizimning 
tarkibiy 
elementlarini tushunishda turli xil yondashuvlar mavjud. 
Ekotizimni qator quyi tizimlar toʻplami sifatida tasavvur qilish 
mumkin:
 
texnologik quyi tizim (kichik innovatsion korxonalar, startaplar, 
texnoparklar, biznes-inkubatorlar, akseleratorlar, klasterlar, assotsiatsiyalar 
va boshqalar);
 
moliyaviy quyi tizim (rivojlanish institutlari, venchur investorlar, 
venchur fondlari, biznes farishtalari, kraudfanding saytlari, banklar va 
boshqalar),
 
ilm-fan va ta’limning quyi tizimi (universitetlar, ilmiy-tadqiqot 
institutlari, ilmiy laboratoriyalar, yirik kompaniyalar tadqiqot boʻlimlari);
 
axborot 
quyi 
tizimi 
(axborot 
markazlari 
va 
portallari, 
konferentsiyalar, yarmarkalar, konsalting agentliklari va boshqalar);
 
kadrlarni qayta tayyorlash quyi tizimi;
 
innovatsiyalar 
transferi 
quyi 
tizimi 
(texnologiyalar 
uzatish 
markazlari, 
muhandislik 
markazlari, 
eksperimental 
konstruktorlik 
byurolari, patentlash, ekspertiza va sertifikatlashtirish tashkilotlari va 
boshqalar) va boshqalar.
Mualliflar 
ushbu 
yondashuvni 
oqilona 
va 
har 
qanday 
infratuzilmaning mohiyatini aks ettiruvchi deb bilishadi. 
RAEK tahlilchilarining fikriga koʻra, raqamli iqtisodiyotning 
ekotizimi –raqamli (axborot) texnologiyalar yordamida qoʻshimcha qiymat 
yaratiladigan bozor segmentlaridir. Ekotizim uning xablarga ajralishi orqali 
koʻrib chiqiladi. Hab (inglizcha, hub, soʻzma-soʻz - gʻildirak uyasi, 
markaz), umumiy ma’noda, qandaydir tarmoqning tuguni degan ma’noni 
beradi.
44
43
ARPE rasskazala o tsennosti ekosistem dlya razvitiya tsifrovoy ekonomiki v Rossii. [Elektronniy resurs]. — 
Rejim dostupa: 
http://arpe.ru/news/ARPE_rasskazala_o_tsennosti_ekosistem_dlya_razvitiya_tsifrovoy_ekonomiki_v_Rossii/ 
44
[Электронный ресурс].— Режим доступа: https://ru.wikipedia.org/wiki/%D0%A5%D0%B0%D0%B1 


91 
Olimlar 7 ta xabni ajratib koʻrsatadilar: davlat va jamiyat; marketing 
va reklama; moliya va savdo; infratuzilma va aloqa; media va koʻngil 
ochish; kiberxavfsizlik; ta’lim va kadrlar
45
(2.3.-rasm.).

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling