O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti
- rasm. “Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot tizimi
Download 4.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Iqtisodiyot nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zR AT va KR vazirligi
2.5- rasm. “Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot tizimi
doirasidagi loyihalarni amalga oshirish Vazirlik davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etish, ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zR AT va KR vazirligi davlat organlari va boshqa tashkilotlarning elektron hamkorligini ta’minlash uchun idoraviy va idoralararo ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish va faoliyat yuritish O‘zR AT sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi davlat organlari va boshqa tashkilotlarda axborot tizimlarini nazorat qilish va axborot xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar idoraviy axborot tizimlari va axborot resurslarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish 114 “Elektron hukumat” va raqamli iqtisodiyot tizimini rivojlantirish doirasida idoralararo va idoraviy axborot tizimlari, ma’lumotlar bazalari, dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish boʻyicha qarorlar buyurtmachini majburiy tarzda belgilash, shuningdek, axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarini yaratish va keyinchalik qoʻllab-quvvatlashda moliyalashtirish manbalarini aniq koʻrsatgan holda qabul qilinadi. Davlat organlariga “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish doirasida oʻz ma’lumotlarni qayta ishlash markazlarini tashkil etish va qurish ta’qiqlanadi. Agentlikka xorijiy investitsiyalarni jalb qilish bilan bogʻliq tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan investitsiyalar masalalari boʻyicha xorijiy kompaniyalar vakillari bilan muzokaralar oʻtkazish va hamkorlik qilish huquqi berilgan. Mazkur qaror bilan operator 2022-yil 1-yanvarga qadar: operator zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun olib kiriladigan, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan tovarlar bojxona toʻlovlaridan (qoʻshilgan qiymat soligʻi va bojxona yigʻimlaridan tashqari) ozod etiladi; Vazirlik bilan kelishilgan holda harakatdagi uyali aloqa baza stansiyalarini qurish (oʻrnatish) boʻyicha qurilish-montaj ishlarini parallel ravishda loyihalashtirish bilan birga amalga oshirish, shuningdek, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni foydalanishga qabul qilish va ulardan foydalanish uchun ruxsatnomalar olish dalolatnomalarini parallel ravishda rasmiylashtirgan holda harakatdagi uyali aloqa xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega; eng yaxshi takliflarni tanlab olish orqali summasidan qat’i nazar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotib olish uchun shartnomalar, shu jumladan import shartnomalari tuzishga haqlidir. 2020-yil 28-aprelda qabul qilingan PQ-4699-sonli “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora- tadbirlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida 2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy 115 etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni yanada rivojlantirishning qoʻshimcha vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan: 1) 2023-yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2 baravarga koʻpaytirishni nazarda tutgan holda, shu jumladan ishlab chiqarishni boshqarishda axborot tizimlari kompleksini joriy qilish, moliyaviy-xoʻjalik faoliyatda hisobot yuritishda dasturiy mahsulotlardan keng foydalanish, shuningdek, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish orqali uni jadal shakllantirish; 2) 2020-2021-yillarda barcha sogʻliqni saqlash muassasalari, maktablar va maktabgacha ta’lim tashkilotlarini, shuningdek, qishloqlar va mahallalarni yuqori tezlikdagi Internet tarmogʻiga ulash hamda aloqa xizmatlari sifatini oshirishni koʻzda tutgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini toʻliq modernizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini ta’minlash; 3) 2022-yilga qadar elektron davlat xizmatlari ulushini 60 foizgacha yetkazishni nazarda tutgan holda davlat axborot tizimlari va resurslarini yaratish hamda integratsiya qilish, davlat ma’lumotlar bazalaridagi axborotlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, davlat xizmatlarini koʻrsatish tartibotlarini optimallashtirish va tartibga solish orqali elektron hukumat tizimini rivojlantirish; 4) dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va texnologik maydonchalar yaratish orqali “raqamli tadbirkorlik”ni rivojlantirish, 2023- yilga kelib ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va ularning eksportini 100 million dollarga yetkazish; 5) ta’lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur boʻlgan raqamli bilimlarning darajasini oshirish, ta’lim infratuzilmasini takomillashtirish, shuningdek, “Besh tashabbus” loyihasini amalga oshirish doirasida 2022- yilga qadar respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga oʻqitish markazlarini ochish. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi raqamli iqtisodiyot va 116 elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ hisoblanib, raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish doirasida axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarni yaratish va joriy etish boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarning loyihalari va texnik hujjatlari hamda normativ-huquqiy hujjatlari loyihalarini majburiy ekspertizadan oʻtkazadi. Mazkur qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida kripto-aktivlar va blokcheyn texnologiyasini joriy etish boʻyicha vakolatlar saqlab qolindi. Va “Raqamli iqtisodiyot tadqiqotlari markazi” davlat muassasasi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: 1. iqtisodiyot tarmoqlari va ishlab chiqarishga raqamlashtirish jarayonlarining ta’sirini baholash; 2. ekspertlar hamjamiyati bilan hamkorlikda raqamli iqtisodiyot va elektron hukumat sohasida yangi yoʻnalishlar va zamonaviy texnologiyalarni chuqur oʻrganish orqali ularni davlat organlari va tashkilotlarida keng joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish; 3. iqtisodiyotning turli tarmoqlarida “aqlli” va boshqa istiqbolli texnologiyalarni, shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi texnologiyalarni joriy etishning konseptual va uslubiy asosini shakllantirish. Shuningdek, mazkur qaror bilan 2020 – 2022-yillarda elektron hukumatni yanada rivojlantirish boʻyicha jami 104 ta ustuvor loyihalar roʻyxati ularni amalga oshirishga mas’ul vazirliklar kesimida tasdiqlangan. Download 4.05 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling