O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulugʻbek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 4.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/177
Sana03.11.2023
Hajmi4.05 Mb.
#1743996
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   177
Bog'liq
Iqtisodiyot nazariyasi

 
 


104 
§ Jamiyatni raqamlashtirish muammolari va Oʻzbekistonda raqamli 
iqtisodiyotni rivojlantirish xususiyatlari 
 
Reja: 
1. 
Jamiyatni raqamlashtirish muammolari 
2. 
Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyotga o’tishning me’yoriy-huquqiy 
asoslari 
3. 
Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning oʻziga xos 
xususiyatlari 
4. 
2020 – 2022-yillarda elektron hukumatni yanada rivojlantirish 
boʻyicha ustuvor loyihalar 
Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, raqamli iqtisodiyot ob’yektiv 
jarayon boʻlib rivojlanishga cheksiz imtiyozlar berishdan tashqari, bunda 
muammolar ham koʻpchilikni tashkil etadi. 
Raqamli iqtisodiyot deganda odatda raqamli texnologiyalardan 
foydalangan holda tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish, sotish va 
iste’mol qilish bilan bogʻliq har qanday iqtisodiy faoliyat, shuningdek 
elektronikadan foydalanish, tijorat, veb va internet iqtisodiyoti tushuniladi.
Raqamli iqtisodiyotning shakllanishi va rivojlanishi bir qator 
muammolarning 
paydo 
boʻlishiga 
sabab 
boʻlmoqda. 
Avvalo, 
ma’lumotlarga erishish va ularni yaratish bilan bogʻliq muammolarni aytib 
oʻtish kerak. Ma’lumotlarni qayta ishlash va qoʻllash uchun yanada 
tejamkor texnologiyalar talab etiladi. Shuningdek, tranzaktsiya xarajatlarini 
kamaytirish (ma’lumot bilan bogʻliq xarajatlarni kamaytirish), ma’lumotni 
qidirish, 
qayta 
ishlash 
va 
moslashuvchanlik 
hamda 
iqtisodiy 
samaradorlikni oshirish ham muhim hisoblanadi. Ammo, tranzaktsion 
xarajatlar ulushi pasaytirish va axborot texnologiyalari, axborotni himoya 
qilish, uning ishonchliligini baholashni oshirish bir vaqtning oʻzida roʻy 
berishi talab etiladi. Shuningdek, biznes faoliyatini onlayn rejimga 


105 
oʻtkazish vositachilar va agentlarga boʻlgan ehtiyojni pasaytiradi, ba’zan 
hatto yoʻq qiladi. Shuni qoʻshimcha qilish kerakki, onlayn iqtisodiyot 
mijozlar buyurtma beradigan individual buyumlar ommaviy ishlab 
chiqarishga yoʻl beradi. Yana bir muammo shundaki, texnologik 
innovatsiyalar, 
raqamli 
texnologiyalar 
yangi 
layoqatlarga 
ega 
mutaxassislarni talab qiladi. Jumladan, dasturchilar, marketologlar
tahlilchilar va boshqalarga ehtiyoj paydo boʻladi. Oʻz navbatida bunday 
mutaxassislarning yetishmasligi, koʻplab malakasiz ishchi joylarining 
tugatilishi va daromadlarning tabaqalanishiga olib keladi. 
Tashqi 
manbalardan 
olingan 
ma’lumotlarning 
xavfsizligini 
ta’minlash ham muammolar sirasiga kiradi. 
Ma’lumotlar an’anaviy ravishda haqqoniy va ishonchli (agar ular 
uchta mustaqil manbadan tasdiqlansa) turlarga boʻlinadi. Bugungi kunda 
ishonchli ma’lumotlar uchun oʻzaro mustaqil ma’lumot manbalarini 
yaratish texnik muammoga aylandi. Umuman olganda, transformatsiya 
muammolari, mahsulotdan tovargacha boʻlgan jarayonning ijtimoiy-
iqtisodiy natijalariga oid ma’lumotlar alohida tahlil va muhokama qilishni 
talab qiladi. 
Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida raqamlashtirishning poydevori 
boʻlgan aloqa va axborotlashtirish sohasida qator ishlar amalga oshirildi. 
Pochta aloqasini, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni 
boshqarishni 
yanada 
takomillashtirish, 
bozor 
munosabatlarini 
rivojlantirish, 
mulkni 
davlat 
tasarrufidan 
chiqarish 
jarayonlarini 
chuqurlashtirish va shu sohaga xorijiy sarmoyalarni jalb etish maqsadida, 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 23 iyuldagi “Axborot 
tizimlari sohasini qayta tashkil etish va boshqarishni takomillashtirishga 
oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-1823-son farmoni imzolangan.
48
Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va 
jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, 
kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda 
joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib 
borayotgan talab-ehtiyojlarini yanada toʻliqroq qondirish, jahon axborot 
hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot resurslaridan bahramand 
48
 
http://mitc.uz/uz
 


106 
boʻlishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi 
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” farmoni imzolangan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oʻzbekiston Respublikasi 
Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar texnologiyalari davlat 
qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida» 2012 yil 23 oktabrdagi PQ-
1836-son qaroriga muvofiq, shuningdek iqtisodiyot tarmoqlarida axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan foydalanish 
jarayonlarida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish 
jamgʻarmasining rolini oshirish va ishtiroki koʻlamlarini kengaytirish 
maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 19 dekabrda “Axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamgʻarmasini yanada 
rivojlantirish va uning mablagʻlaridan samarali foydalanish toʻgʻrisida”gi 
qarori imzolangan. Mazkur qarorda quyidagilar nazarda tutilgan: 
 
Respublika axborot-kutubxona markazining faoliyatini; 
 
axborot va pochta xavfsizligi, telekommunikatsiya tarmoqlari 
tizimini, axborot tizimlari va resurslarini himoya qilish texnologiyalarini 
joriy etishni, zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq axborot va 
pochta 
xavfsizligini 
ta’minlash 
boʻyicha 
texnik 
infratuzilmani 
rivojlantirishni; 
 
tanlov asosida tanlab olinadigan aloqa, axborotlashtirish va 
telekommunikatsiya texnologiyalari sohasini rekonstruksiya qilish, ularni 
rivojlantirish va kompyuterlashtirish boʻyicha loyihalarni amalga 
oshirishni; 
 
efirga ruxsat berilmagan chiqishlarning va davlat tuzilmalari radio 
vositalariga toʻsqinlik qilishning oldini olish maqsadida radio chastota 
spektridan foydalanish ustidan davlat nazorati uchun maxsus nazorat-
oʻlchov texnikasi sotib olish xarajatlarini qisman qoplashni; 
 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining sifatli vositalarini va 
mahalliy dasturiy mahsulotlarni, shu jumladan, ijtimoiy-koʻngilochar va 
ta’lim 
yoʻnalishidagi 
dasturiy 
mahsulotlarni 
ishlab 
chiqarish 
infratuzilmasini rivojlantirishni; 
 
qishloq joylarda xizmatlar koʻrsatuvchi aloqa, radioeshittirish va 
televideniye tashkilotlariga vaqtincha moliyaviy yordam berishni; 


107 
 
Oʻzbekiston Respublikasining qishloqlari va chekka aholi 
punktlarining 
telekommunikatsiya 
infratuzilmasini 
maqsadli 
qayta 
jihozlash va yanada rivojlantirishni; 
 
operatorlar va provayderlar tomonidan koʻrsatiladigan universal 
aloqa xizmatlarini rivojlantirishni; 
 
dasturlashtirish, tizimli ma’muriyatchilik, kompyuter dizayni, 
animatsiyalar va axborot texnologiyalarining boshqa yoʻnalishlari boʻyicha 
tanlovlar, musobaqalar va bellashuvlar oʻtkazish yoʻli bilan axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mutaxassislar faoliyatini 
ragʻbatlantirishni; 
 
litsenziyalar berilganligi, abonent raqamidan foydalanganlik uchun 
mobil aloqa operatorlari tomonidan toʻlanadigan toʻlov, aloqa sohasida 
faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslardan olingan jarima 
sanksiyalarining undirishdan tushgan mablagʻlar summasining 5 foizi 
miqdorida davlat boji Oʻzbekiston Milliy kutubxonasi huzuridagi 
byudjetdan tashqari Axborot-kutubxona muassasalarini rivojlantirish 
jamgʻarmasiga 
ajratilishi 
boʻyicha 
xarajatlarni 
moliyalashtirishda 
foydalanish. 
Oʻzbekistonda raqamli iqtisodiyot butun jahonda boʻlgani kabi 
yangi soha sanalib, uni rivojlantirish boʻyicha keyingi yillarda bir qator 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilinib, amaliy chora-tadbirlar ishlab 
chiqildi. 2018-yil 3-iyuldagi PQ-3832-sonli “Oʻzbekiston respublikasida 
raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident 
Qarorida Oʻzbekistonda iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish 
borasida davlat tomonidan keng koʻlamli chora-tadbirlar koʻrilayotgani, 
elektron hujjat aylanishi tizimlari joriy etilgani, elektron toʻlovlar 
rivojlantirilayotgani va elektron tijorat sohasidagi normativ-huquqiy baza 
takomillashtirillayotgani 
ta’kidlanadi. 
Shuningdek, 
ushbu 
qarorda 
keltirilganidek, axborot-texnologik platformalarda faoliyat koʻrsatadigan 
raqamli iqtisodiyot jadal rivojlanmoqda, bu esa shunday platformalarning 
yangi modellarini yaratish zaruratini taqozo etmoqda. 
“Blokcheyn” texnologiyalari (ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri 
texnologiyalari), “sun’iy aql”, superkompyuterlar imkoniyatlaridan 
foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar boʻyicha faoliyat jahonning 
koʻplab 
mamlakatlarida 
raqamli 
iqtisodiyotni 
rivojlantirish 


108 
yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. “Blokcheyn” texnologiyalari nafaqat 
iqtisodiyotning koʻplab sektorlariga, balki davlat boshqaruvi tizimiga va 
boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy etilmoqda. 
Davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish, raqamli 
iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, 
investitsiya 
muhitini 
yaxshilash, 
shuningdek, 
2017–2021-yillarda 
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi 
boʻyicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirish maqsadida: 
Quyidagilar raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish boʻyicha eng 
muhim vazifalar hisoblanadi: 
 
investitsiyaviy va tadbirkorlik faoliyatining turli shakllarini 
diversifikatsiya qilish uchun kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi 
faoliyatni, jumladan mayning (turli kriptovalyutalarda yangi birliklar va 
komissiya yigʻimlari formatida mukofot olish imkonini beradigan 
taqsimlash platformasini ta’minlash va yangi bloklar yaratish boʻyicha 
faoliyat), smart-kontrakt (raqamli tranzaksiyalarni avtomatik tartibda 
amalga oshirish orqali huquq va majburiyatlar bajarilishini nazarda 
tutuvchi elektron shakldagi shartnoma), konsalting, emissiya, ayirboshlash, 
saqlash, taqsimlash, boshqarish, sugʻurtalash, kraud-fanding (jamoaviy 
moliyalashtirish), shuningdek, “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish va 
rivojlantirish; 
 
“blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish 
sohasida 
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalaridan 
foydalangan holda amaliy ish koʻnikmalariga ega malakali kadrlarni 
tayyorlash; 
 
kripto-aktivlar boʻyicha faoliyat va “blokcheyn” texnologiyalari 
sohasida xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni har tomonlama 
rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotda loyihalarni birgalikda amalga oshirish 
uchun “blokcheyn” texnologiyalarini ishlab chiqish sohasida faoliyat 
koʻrsatadigan yuqori malakali xorijlik mutaxassislarni jalb qilish; 
 
xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini hisobga olgan xolda 
“blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish uchun zarur huquqiy bazani 
yaratish; 


109 
 
raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion 
gʻoyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat 
organlari va tadbirkorlik subyektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi 
milliy agentligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasidagi 
vakolatli organ hisoblanadi. “Blokcheyn” texnologiyalari joriy etiladigan 
aniq faoliyat sohalari manfaatdor vazirlik va idoralarning takliflari 
boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha 
boshqaruvi milliy agentligi tomonidan belgilanadi. Raqamli iqtisodiyotni 
rivojlantirishni va “blokcheyn” texnologiyalarini joriy etishni nazarda 
tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligida majburiy 
tartibda ekspertizadan oʻtkazilishi lozim. Kripto-aktivlar aylanmasi maxsus 
normativ-huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Yuridik va jismoniy 
shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻliq operatsiyalari, 
jumladan norezidentlar tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalar soliq 
solinadigan obyekt hisoblanmaydi, mazkur operatsiyalar yuzasidan olingan 
daromadlar esa soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq 
solinadigan bazaga kiritilmaydi. Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi 
faoliyatni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziya olgan 
shaxslar tomonidan oʻtkaziladigan kripto-aktivlar aylanmasi bilan bogʻlik 
valyuta operatsiyalariga valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun 
hujjatlari normalari tatbiq etilmaydi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi 
milliy agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini 
rivojlantirish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “2018–2020-yillarda 
“Blokcheyn” texnologiyalarini rivojlantirish dasturi” quyidagilarni nazarda 
tutadi:
a) kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan mazkur 
faoliyatni tashkil etishning huquqiy asoslarini yaratish orqali joriy etish va 
rivojlantirish, bunda kripto-aktivlarni mahalliy va xalqaro kripto-birjalarda 
realizatsiya qilish imkoniyatini nazarda tutishni; 
b) 2021-yil 1-yanvardan boshlab “blokcheyn” texnologiyalarini: 
 
davlat organlari faoliyatiga, jumladan boshqa davlat organlari va 
tashkilotlari bilan hamkorlik qilishda, davlat xaridlarini amalga oshirishda, 


110 
davlat xizmatlarini koʻrsatishda, shaxs toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni 
verifikatsiyalashda tatbiq etishni; 
 
davlat reyestrlari, klassifikatorlari va boshqa ma’lumotlar bazalarini 
yuritishda, jumladan ularga kiritilgan axborotni yangilash va undan 
foydalanishda joriy etishni; 
 
ustav fondida davlatning ishtiroki ustuvor boʻlgan yirik tijorat 
tashkilotlarining korporativ boshqaruvi tizimiga, jumladan biznes-
jarayonlarni takomillashtirish, ishlab chiqarish, ma’muriy va operatsion 
jarayonlarni maqbullashtirish, shuningdek, zamonaviy menejmentni tatbiq 
etish va resurslarni boshqarish uchun tatbiq etishni; 
 
kliring operatsiyalarida, toʻlovlarni amalga oshirishda, savdoga oid 
moliyalashda, shuningdek, loyihalarga kredit berishda joriy etishni. 
Keyingi vaqtda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha izchil 
chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, davlat organlari va boshqa 
tashkilotlarda elektron hujjat almashinuvi hamda jismoniy va yuridik 
shaxslarga xizmat koʻrsatish uchun elektron tijorat tizimlari bosqichma-
bosqich joriy etilmoqda. Shu bilan birga, sohadagi ishlar haqiqiy 
ahvolining tahlili markazlashgan ma’lumotlar tizimiga integratsiyani 
ta’minlaydigan yagona axborot-texnologik platformaning mavjud emasligi 
natijasida joriy etilayotgan dasturiy hujjatlar tarqoq ekanini koʻrsatmoqda”, 
deya ta’kidlanadi 2018-yil 21-noyabrda qabul qilingan PQ-4022-sonli 
“Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida raqamli infratuzilmani 
yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident 
Qarorida. Shuningdek, mazkur qaror bilan raqamli iqtisodiyotni jadal 
rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, davlat boshqaruvi tizimini 
yanada takomillashtirish, undan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, 
zamonaviy infratuzilmani qoʻllash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi 
Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli 
iqtisodiyotni joriy etish va rivojlantirish sohasida vakolatli organ 
hisoblanib, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sohasidagi, shu jumladan, 
“blokcheyn” texnologiyalarini joriy etish bilan bogʻliq loyihalarni davlat-
xususiy sheriklik shartlarida amalga oshirish uchun investorlarning 
mablagʻlarini jalb etish va birlashtirish asosiy vazifalaridan biri 
hisoblangan davlat muassasasi shaklidagi “Raqamli ishonch” raqamli 


111 
iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil 
etilgan. 
Agentlik va Jamgʻarma tomonidan yuqori malakali xorijiy 
mutaxassislarni jalb etgan holda samaradorlikning asosiy koʻrsatkichlari 
(KPI) va mamlakatda raqamli iqtisodiyotni joriy etish uchun zarur texnik 
bazani yaratish bilan bir qatorda quyidagilarni nazarda tutuvchi 2019-
2021-yillarda “Universal Mobile Systems” MChJni rivojlantirish 
Konsepsiyasi ishlab chiqildi: 
 
operatorning boshqaruv tizimiga, shu jumladan, mobil xizmatlar 
koʻrsatish sohasida yetarli tajribaga ega malakali mutaxassislarni jalb etish 
orqali innovatsion menejmentni joriy etish; 
 
ichki kuch va mablagʻlarni safarbar etish, telekommunikatsiya 
uskunalarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash; 
 
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlangan mamlakatlar 
darajasida internet global tarmogʻiga ulanish imkoniyatlari bilan imkon 
qadar toʻliq qoplashni bosqichma-bosqich ta’minlash; 
 
barcha davlat xizmatlarining faqatgina operatorning ma’lumotlarga 
ishlov berish markazlari orqali koʻrsatilishini ta’minlash. 
Operatorga: 
 
faqat oʻz tijorat ehtiyojlari uchun, boshqa operator va provayderlarga 
ovozli telefoniya va internet trafigi xalqaro kanallarini tashkil etish 
boʻyicha xizmatlar koʻrsatish huquqisiz xalqaro telekommunikatsiya 
tarmoqlariga (ma’lumotlar va ovoz uzatish tarmoqlariga), shu jumladan, 
“IP-telefoniya” texnologiyasidan foydalangan holda toʻgʻridan toʻgʻri 
ulanish; 
 
zimmasiga yuklatilgan vazifalarni sifatli bajarish maqsadida 
Jamgʻarma bilan kelishilgan holda shartnoma asosida mustaqil xorijiy, 
milliy konsultant va ekspertlarni jalb etish huquqi berildi. 
2018-yil 13-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-
5598-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli 
iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish 
boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni tasdiqlandi. 
Unda qayd etilishicha, mamlakatimizda ma’muriy tartibotlardan oʻtishni 
soddalashtirish, aholi turmushi sifatini oshirish, investitsiya va 
ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga qaratilgan elektron hukumatni, shu 


112 
jumladan davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini modernizatsiya qilish va 
rivojlantirish borasida izchil choralar koʻrilmoqda. Shu bilan birga, 
raqamlashtirishni ta’minlashga va raqamli iqtisodiyotga oʻtishga toʻsqinlik 
qilayotgan qator hal qilinmagan muammo va kamchiliklar saqlanib 
qolinmoqda. Xususan, davlat axborot tizimlarini rivojlantirishning yagona 
prinsiplari ishlab chiqilmagan, ushbu sohadagi tadbirlar esa oʻzaro va 
boshqa axborot tizimlari bilan uzviy bogʻlanmagan holda amalga 
oshirilmoqda. “Elektron hukumat” tizimi infratuzilmasi lozim darajada 
rivojlanmayapti, bu davlat xizmatlarini koʻrsatishda va idoralararo elektron 
hamkorlik qilishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 
keng qoʻllashga oʻz ta’sirini koʻrsatmoqda. “Elektron hukumat” tizimini 
joriy etishda ta’sirchan muvofiqlashtiruv va yagona texnologik 
yondashuvning mavjud emasligi resurslarning nooqilona foydalanilishiga 
olib kelmoqda hamda tadbirlarning samaradorligini pasaytirmoqda. 
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, “Elektron hukumat” tizimining 
joriy etilishini ta’minlash, aholi, biznes va davlat oʻrtasida samarali oʻzaro 
hamkorlikni yoʻlga qoʻyish uchun qoʻshimcha shart-sharoit yaratish 
maqsadida, shuningdek, 2017 – 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning 
beshta 
ustuvor 
yoʻnalishi 
boʻyicha Harakatlar 
strategiyasiga muvofiq, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish raqamli 
iqtisodiyotning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi; 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
Axborot 
texnologiyalari 
va 
kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Vazirlik) elektron hukumat 
sohasidagi hamda davlat boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etishda 
vakolatli organ hisoblanadi, ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab 
chiqish va amalga oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlarining 
faoliyatini muvofiqlashtirish uchun mas’uldir. 
Vazirlikning elektron hukumat sohasida, shuningdek, davlat 
boshqaruvida axborot tizimlarini joriy etish boʻyicha oʻz vakolati doirasida 
qabul qilgan qarorlari ijrosini ta’minlash respublikaning barcha vazirliklari, 
idoralari va tashkilotlari uchun majburiy hisoblanadi. Davlat boshqaruvida 
axborot tizimlari, resurslari va boshqa dasturiy mahsulotlarini yaratish va 
joriy etish boʻyicha loyihalar, shuningdek, bunday loyihalarni amalga 
oshirishni nazarda tutadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari 
Vazirlikda ekspertizadan oʻtkazilishi shart. 


113 
Vazirlik raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha vazifalarni amalga 
oshirish doirasida xalqaro moliyaviy institutlar va xorijiy hukumat 
moliyaviy tashkilotlar bilan bevosita oʻzaro hamkorlik qilish huquqiga ega. 
“Elektron hukumat” tizimini joriy etishda uning samaradorligi va 
shaffofligini oshirishni ta’minlaydigan, jumladan loyihalar boʻyicha 
yagona milliy distribyutorni tashkil etish orqali yaxlit jarayon (ishlab 
chiqish, loyihalashtirish, kelishish, loyihalar boʻyicha tovarlar, ishlar, 
xizmatlar xarid qilish, shuningdek, ularni foydalanishga topshirishning 
yagona tizimini) barpo etildi. 
2019-yil 18-maydagi “Raqamli iqtisodiyot va “Elektron hukumat” 
tizimi 
infratuzilmalarini 
yanada 
takomillashtirish 
chora-tadbirlari 
toʻgʻrisida”gi PQ-4321-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 
Qarorida “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-
quvvatlash jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan “UZINFOCOM davlat 
axborot tizimlarini yaratish va qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yagona 
integrator” MChJning ustav kapitalidagi davlat ulushini kamida 51 foizga 
oshirishni ta’minlash choralarini koʻrilib, uning ustav kapitalidagi davlat 
ulushini keyinchalik “Universal Mobile Systems” MChJga ustav kapitalini 
koʻpaytirish hisobiga belgilangan tartibda oʻtkazish taklifi ma’qullangan. 

Download 4.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling