O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti biologiya fakulteti


Download 427.5 Kb.
bet2/2
Sana24.12.2022
Hajmi427.5 Kb.
#1055605
1   2
Bog'liq
Palmanamolar qabilasi, oilalari, tavsifi va asosiy turlari

Palmanomalalar — bir pallali daraxtsimon oʻsimliklar oilasi. Tropik va qisman subtropiklarda oʻsadigan 240 tacha turkumi, 3400 tacha turi maʼlum. P.ning koʻp turlari Osiyoda (Indoneziya), Afrika va jan. Amerikada, P.ning past boʻyli turi esa Yevropada tarqalgan. Koʻpincha shoxlamay tik oʻsadi. Tanasining boʻyi 60 m cha, diametri 1 m ga yetadi.Baʼzi turlari butasimonlianasimon (300 m gacha). Barglari patsimon, daraxtsimonlarida tana uchida tuda boʻlib, butasimonlarida esa yer bagirlab osilib yotadi. Barglarining uz. hatto 15 m cha. P. bir va ikki uyli oʻsimlik. Ayrim turlari har yili, baʼzilari faqat bir marta gullab mevalaydi. Toʻpguli yirik, oq, sargʻish yoki koʻkish, ayrim jinsli, baʼzan qoʻsh jinsli mayda gullardan iborat. Mevalari — quruq yoki etli danak: kamroq rezavor-mevasimon, baʼzilari mayda, boshqalari esa kichik xandalakdek keladi. P. 5—12 yoshida gullaydi, 30—50 yil yashaydi.P. 2 oilachaga boʻlinadi. Koʻpgina P.ning mevasi yeyiladi. Xom mevasidan kokos suti olinadi. Pusti archilgan mevalaridan yogʻ va margarin olishda foydalaniladi (moyli palma). Poya tolalaridan juda pishiq arqon, barg tolalaridan savat, shlyapalar toʻqiladi. Poyasining kraxmalli oʻzagidan sago (sago palmasi, mavrikiya palmasi) olinadi. Finikiya palmasippnt mevasi isteʼmol qilinadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Matkarimova. A “Botanika”
2.”Botanika” S.Mustafoyev
3.” Botanika” G. Tursunboyeva
4. R. I. Toshmuhammedova
5. Botanika asoslari (G.Tursunboyeva, Sh.Komilova)


Foydalanilgan saytlar:
Vikipediya.
Agro.uz
Ziyo.net
Download 427.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling