O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo udug‘bek nomidagi samarqand davlat


-mavzu. ISH YURITISHDA HUJATCHILIKNING O‘RNI VA ULARNING ISH JARAYONIDA, ALOQA-MUNOSABATDAGI AHAMIYATI


Download 0.95 Mb.
bet15/69
Sana27.01.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1131505
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69
Bog'liq
иш юритиш мажмуа

2-mavzu. ISH YURITISHDA HUJATCHILIKNING O‘RNI VA ULARNING ISH JARAYONIDA, ALOQA-MUNOSABATDAGI AHAMIYATI
Reja:
1. Mustaqillik davrida o‘zbek tilida ish yuritishda hujjatchilikning shakllanish jarayoni va uning aloqa-munosabatida o‘rinlashuvi.
2. Hujjatlarning mazmun xususiyatlari va turlari haqida umumiy ma’lumotlar.
1. O‘zbek tilida ish yuritishda hujjatchilikning shakllanish jarayoni va uning aloqa-munosabatida o‘rinlashuvi. Ma’lumki, sobiq ittifoq davrlarida hujjatchiligimiz bevosita o‘zbek tili negzida rivojlantirilmadi, balki nusxa ko‘chirishdan nari o‘tmadi. Natijada o‘zbek tilining rasmiy ish uslubiga deyarli rioya qilinmadi. O‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan kundan boshlab o‘zbek tilida mukammal hujjatchilikni yaratish eng dolzar masala deb qaraldi.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq davlat tili haqidagi Qonun talablarida bilan o‘zbek tilida ayrim hujjatlarning yangicha andozasini yaratishga kirishildi. Lekin bu hujjalarning lisoniy tomoni o‘zbek tili grammatik qurilishi, uslubiy normalariga to‘liq mos keladi deb bo‘lmasdi. CHunki ular rus tiliga xos uslubiy tartib (qolip) asosda yozilgan edi. Bunday andozalarni, hatto hozir ham ba’zi mahalliy tashkilotlarda ko‘zatishimiz mumkin. Masalan, ma’lumotnomining bir ko‘rinishi: (Spravka sarlavhasi ostida) “Berildi ushbu spravkani Eshmat Toshmatovga shul haqdakim, haqiqatdan ham bu o‘rtoq shul joyda yashaydi” tarzidagi 20 yillarda rus tili qolipi asosida shakllangan andozalarini uchratish mumkin. Bu matn rus tiliga xosdir: “ Spravka (sarlavha) Dana nastoyaщaya spravka E.Toshmatovu v tom, chto on deytvitelno (tovarish Toshmatov) projivaet po takom-to adresu” kabi.
Ko‘rinib turibdiki, har qanday hujjat muayyan axborotni u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat qiladi. Demak, har qanday hujjatdagi birlamchi va asosiy vosta til va uning o‘ziga xos uslubiy qoidasidir. YUqorida bir qancha ma’lumotlar, tasdiqlangan hujjatlarning Davlat yagona nusxalarning barchasi, tabiiyki, rus tilidagi hujjatlar hisoblanadi, ular lisoniy jihatdan rus tili qoida-qonunlari, uslubiyatiga moslashtirilgan. Lekin bundan qayd etilgan hujjatlar o‘zbek hujjatchiligida tamomoman foydalnib bo‘lmaydi degan xulosa chiqmasligi lozim, albatta. Zero rus tilidagi hujjatshunolik bo‘yicha qo‘llanilayotgan juda ko‘plab tartibotlarni o‘zbek hujjatshunosligida tadbiq etib kelinmoqda. CHunki o‘zbek tilidagi hujjatchilikda bunday ishlar mutlaqo qilingan emas. Ammo rus tilidan nusxalashtirilgan hujjatchilik tartibotlarining barchasini o‘z holicha qabul qilib bo‘lmaydi. Bunda, albatta, har qaysi tilning o‘ziga xos qonun-qoidalari, ulubiy jihatlariga e’tibor berib, unga rioya qilish lozim bo‘ladi. CHunonchi, oddiy bir misol: hozirgacha o‘zbek tilida bitilgan hujjatlar sanasini belgilashda “5 sentyabr 2013 yil” shaklida yozish rus tilidan ko‘chirish oqibatida odat bo‘lib qolgan. CHunki rus tilida “5 sentyabrya 2013 goda” tarzida yoziladi. Bu shakl rus tilining tabiati va qonuniyatlariga to‘la mos keladi. O‘zbek tili uchun esa bu ibora mos kelmaydi. Ayni mazkur iboraning o‘zbek tili uchun mos shaklini “2013 yilning 5 sentyabri” yoki “2013 yil 5 sentyabr” tarzda yozish lozim bo‘ladi. Xususan, hujjatlarda so‘z birikmalari va gap tartiblari bilan aloqador, so‘z qo‘llash bilan bog‘liq juda ko‘p muammolar borki, ularni faqat milliy til tabiatidan va qonun-qoidalaridan kelib chiqqan holda hal etish mumkin.
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi” Qonunning 7-moddasida “O‘zbekistonda muassasa, korxona, tashkilot va birlashmalarda ish respublika davlat tilida yuritiladi” deb yozilgan va 22-moddasida ish qog‘ozlarining matnlari o‘zbek tilida bo‘lishi talabi qo‘yilgan ekan, bu vazifalarni amalga oshirishda qandaydir o‘zboshimchalik va o‘zibilarmon-lik tarzda yondashib bo‘lmaydi. Aks holda hujjatlar shaklida har xillik sodir bo‘lib, idoralararo tushunmovchiliklar yuzaga keladi.
Aytish joizki, hali ham o‘zbek hujjatchiligini zamonaviy talab asosida shakllantirish va rivojlantirish uchun markazlashtirilgan holda katta ishlarni amalga oshirish, aniq tashkiliy tadbirlar belgilash zaruriy holdir. Rus hujjatchiligining bugungi tarkib topgan anchagina mukammal sistemaga kelishida qanday tashkiliy tadbirlar belgilash, chora-tadbirlar oqibatida erishilgan bo‘lsa, ana shu tashkiliy ishlarni o‘zbek hujjatshunos-ligida ham amalga oshirish lozim bo‘ladi. Ma’lumki, rus hujjatchiligi hozirgi davrda anchagina mukammal sistemaga tushgan va bu sohada juda ko‘p adabiyotlar, darslik va qo‘llanmalar, yo‘riqnomalar mavjud. Bular ish yuritishda uslubiyat jihatdan yordam berishi bilan birga idoralar va korxona (ishlab chiqarish) ish qog‘ozlarida umumiylik, bir xillikni ta’minlaydi. Bunday imkoniyat o‘zbek hujjatchigida bo‘lmaganligi sababli mamlakatimizda ish yuritish rus tili hujjatchiligi tajribasidan foydalandi. SHu asosda so‘nggi yillarda o‘zbek hujjatshunosligida ham milliy tilimizga xos ish qog‘ozlari , ish yuritish hujjatlari shakllana boshladi. Bu borada H.Zununov, B.Turdiev (1975), M.I. SHaynin (1981), G.G‘afurova (1985), N.Mahmudov, A.Madvaliev, N.Mahkamov, M.Aminov (1990), S.Rizaev, A.Rafiev (1990,1992), T.Z. Imomova, L.A. To‘hfatulina (1992) kabi olimlarining turli yillarda yaratgan ishlari diqqatga molikdir.5 Ularning ishlarida rus hujjatchiligi asosida o‘zbek tilida ish yuritish hujjatlari, ish qog‘ozlari yaratilgan va ularning nusxalaridan namunalar berilgan. SHuningdek, hujatlarning shakllanish tarixi, hozirgi o‘zbek tilidagi hujjatlarning turlari, yozilish tartibi, tili va uslubiy xususiyatlari kabi qator masalalar yoritilgan. Ulardagi muhim xususiyatlar shundaki, muayyan bir hujjatning turi turli xizmat vaziyatlarida har xil ko‘rinishlarga ega bo‘lishi hisobga olinib, ulardan turli xizmat vaziyatlarini aks ettiruvchi bir necha namunalarini tavsiya etish lozim topilgan.
2. Hujjatlarning mazmun xususiyatlari va turlari haqida umumiy ma’lumotlar. Qayd etilganidek, hujjatlar jamiyat hayotila katta rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Davlat standarti bo‘yicha hujjatga shunday ta’rif berilgan: “Hujjat-ob’ektiv hayotga va inson tafakkuri bilan bog‘liq bo‘lgan voqea-hodisalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni turli usullarda maxsus tarzda tasdiqlash-rasmiylashtirish vositasi demakdir”. Ular tabiati va ahamiyatiga qarab turlarga ajratiladi.
Hujjatlarning mazmun xususiyatlari va turlari, miqdori ko‘p. Xususan, har bir tashkilot jamoasi manfaati uchun zarur bo‘lgan ichki va tashqi hujjatlar mavjud bo‘ladi. Ma’lumki, ichki hujjatlar ma’lum muassasaning o‘zida davlat qonunchiligi asosida tuzladi va mazkur muassasa jamoasi orasida amalda qo‘llaniladi. Tashqi hujjat muayyan massasa bilan boshqa tashkilot munosabatlarini yo‘lga qo‘yish zarurati uchun qo‘llaniladi. Bu ikki hujjat turi, ayniqsa, ichki hujjatlari har bir muassasa manfaatiga mos ravishda tuzilishi, lekin davlat standarti hujjatlaridan tamoman chetga chiqqmaslikni talab etadi. Xuddi ana shu talabga rioya qilish muassasa rahbariyatiga bog‘liq bo‘ladi. Aks xolda xatolikka yo‘l qo‘yiladi. Masalan, hozirgi paytda, jamiyatimizdagi barcha sohalarida katta o‘zgarishlar yuz bermoqda. Boshqa sohalar kabi hujjatchilik ishlarida texnikaviy (kopyuter) asos keng kirib kelmoqda. Hujjatchilik sohasi takomillashib bormoqda. Afsuski, keyingi yillarda ba’zi jamoalarda bu sohaga e’tibor butkul susayib ketgan. Bunday jamoa a’zolari, hatto oddiy hujjatni davlat tili asosida, ya’ni o‘zbek tili qoida-qonuni asosida yoza olishlari ham gumondir. Daryo suvi boshdan loyqalanadi degan xalq maqoli to‘g‘riga o‘xshaydi. Hatto Respublika markazidan kelayotgan ayrim hujjatlar davlat tili haqidagi Qonunga xilof ravishda rus tilida jo‘natiladi va rus tilida javob talab etiladi. Buni har bir tashkilotda kuzatish mumkin. Xususan, nofilologik-texnika fanlariga asoslangan bilim dargohlarida ham bunday holat mavjudligi ko‘zatiladi. Bilim dargoh jamoalari, ayniqsa, talaba-yoshlari murakkab hujjatlar u yoqda tursin, oddiy hujjalarni to‘g‘ri yoza olmasliklariga aminmiz. Buni Respublikamiz oliy o‘quv yurtlari jamoasi, talaba-yoshlar sinovida bemalol ko‘rishimiz mumkin. Xuddi shu narsani bila turib, ko‘pgina oliy o‘kuv yurtlarda kunlik turmush jarayonida zarur bo‘ladigan hujjatchilik fanini o‘quv tizimidan chiqarib tashlashi achinarli holdir. Hujatchilik ona tilini anglash va ona tili bo‘yicha savodxonlikni o‘rgatish bilan ham bog‘liq. CHunki har bir hujjatni yozishda ona tilini mukammal bilish talab etiladi. Axir, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat tili haqida” gi (yangi tahridagi) Qonunini bajarish to‘g‘risidagi Respublika Vazirligining 1996 yil 10 sentyabr, 311-sonli qarori va O‘zbekiston oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining 1996 yil 14 noyabridagi buyrug‘ining 2.13-bandida talabalar uchun 1997 yildan boshlab doimiy ravishda “Davlat tilida ish yuritish, hujjatchilik va atamashunoslik” fani o‘qitilishi qayd etilgan. Ona tili ta’limiga alohida e’tibor berish talab qilingan.
Xullas, muntazam ravishda, doimiy bajarilishi lozim deb topilgan bunday qaror va buyruqlarning, davlat nazoratidagi hujjatlarning amalga oshuvi Respublikamiz qonunchiligigining talabidir. Bu masala hozirgi kun va keyingi davrlarda ham dolzarbligicha qoladi. CHunki bunga tarix sahifalari guvohlik beradi. Bu kabi muhim masalani ichki doira qonuni hisobida, hech qanday hujjatlarsiz chetlashtirilib bekor qilish mumkin emas. CHunki, bu qaror va bo‘yruq o‘quv rejasi hamda talabalar kontingetiga bog‘liqlik joyi yo‘q, balki hukumatimiz ko‘rsatmasi asosida chiqarilgan “Davlat tili haqida”gi Qonun talabidir. Zero, qonunchilikni buzishga hech kimning haqi yo‘q! Xuddi shu talab asosida bizning Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2013- 2014 o‘quv yilidan boshlab “Ish hujjatlarini yuritish” (Hujjatshunoslik) fani qayta tiklandi. Ushbu fan bo‘yicha aslida 18 soat ma’ruza va 18 soat amaliy mashg‘ulot ajratilishi ko‘zda tutilgan. Ammo hozircha faqat 18 soatlik amaliy mashg‘ulot ajratildi.

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling